$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...

16:59 / 23.02.2020

Hozirgi kunda deyarli hamma sohada kompyuterda ishlashni bilish talab qilinadi. Kompyuterda tez va samarali ishlay oladigan xodim hamma joyda qadrlanadi. Chunki bunday xodim bilan ish samarasi oshadi, topshiriqlar qisqa fursatda, osongina bajariladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, idorada ishlaydigan oddiygina xodim bir daqiqada 200 tagacha belgini bosa olish tezligiga ega ekan. Demak, ozgina mashq qilinsa, bu miqdorni 300-400 tagacha ham yetkazish mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Ushbu maqolada, xuddi “mashinkadek” tez harf terishni o‘rgatamiz.

1. Tez va bexato harf terish klaviaturaning turiga ham bog‘liq

Как научиться печатать на клавиатуре быстро и без ошибок

Klaviaturalar orasidan eng ko‘p qo‘llaniladigan 3 turiga to‘xtalib o‘tamiz:
Mexanik klaviatura. Ularda harf terish oson. Shu sabab bo‘lsa kerak, bunday klaviaturalar sizga uzoq yillar xizmat qiladi. Harflarni taqillatmasdan terish ham mumkin. Ammo bu turdagi klaviatura biroz qimmatroq turadi.
Membranali klaviatura. Bunday klaviaturalarda harf tugmalari orasida mayda chiqit va changlarning yig‘ilish xavfi kam. Qolaversa, ular mexanik uslubdagilariga qaraganda biroz arzonroq turadi. Ammo bu turdagi klaviaturalarda bir harfni terish uchun tugmaga qattiq bosish kerak bo‘ladi.   
Mexanik-membranali klaviatura. Aralash turdagi bunday klaviatura har ikkala turning xususiyatlarini o‘zida jamlagan. Harf tugmalari oson bosiladi. Bunday turdagi klaviatura hozirgi notbuklarga ana shunday klaviaturalar o‘rnatilyapti. 
Agar siz matnni tez va oson terishni istasangiz, e’tiborni mexanik turdagi klaviaturalarga qarating. Matn terilishini osonlashtirish uchun klaviatura “oyoqchalarini” yoyib qo‘ying. Burchak ostida turgan klaviaturada ishlash osonlashadi. 

2.  Qo‘llarni klaviatura yuzasiga to‘g‘ri joylashtirish ham harf terishni osonlashtiradi

Как научиться печатать на клавиатуре быстро и без ошибок

Matnni tez yozishning eng osoni bu 10 barmoqli usuldir. Bu usulni bundan 130 yil avval amerikalik stenografist Frank Makgurrin o‘ylab topgan. Bu usul klaviaturaga qaramasdan matn terish, harflarning joylashgan joyini eslab qolishdan iborat.  Buning uchun qo‘llarni tugmachalar qatoriga to‘g‘ri qo‘yish lozim. Harflarni tez terish uchun barmoqlarni to‘g‘ri joylashtirish kerak. Buning uchun qo‘l barmoqlari uyacha qatorida turishi lozim. Bu qator Caps Lock tugmasidan boshlanadi. Chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i A harfi,  o‘ng qo‘lniki esa O harfiga to‘g‘ri kelishi kerak (rasmga qarang). Biroq bunday yozishda qo‘llar bir-biri bilan chalkashib ketmasligi kerak. 

3.  Qancha tez eslab qolinsa, shuncha tez yoziladi

Как научиться печатать на клавиатуре быстро и без ошибок

10 barmoqli yozish usuli barcha barmoqni ishlatishdan iborat. Bunda har bir barmoq o‘z sohasidagi harflarga javob beradi. Buni yodlab qolish uchun quyidagi eslab qolish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda barmoqlarga harflar yozilgan qog‘ozchalarni yopishtirib chiqing. Tez yozishni harflarning joylashgan yerini eslab qolmasdan turib amalga oshirish tavsiya etilmaydi. Kerakli tugmani topguningizcha vaqt ketib qolishi mumkin.

4. Stolning holati ham muhim

Как научиться печатать на клавиатуре быстро и без ошибок

Stol to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushmaydi, ishingiz samarali kechadi. Biroq bunda klaviaturani tizza sohasida ushlash tavsiya etilmaydi. Kompyuter monitoriga egilib olgancha yozish ham mumkin emas. Me’yorga ko‘ra monitor ko‘zdan 45-70 sm. uzoqlikda turishi kerak. Tirsaklar klaviatura turgan sohada, bir tekis yuzada turishi zarur. Umurtqa pog‘onasi bir tekis, yelkalar bo‘shashtirilgan. Oyoq ostida yostiqcha yoki pastgina tirgakcha qo‘yilsa, yana-da qulay bo‘ladi.   

5. Klaviaturaga qarash yozish tezligini pasaytiradi
Buning uchun esa ko‘zlarni yumgancha, terilgan harf yoki so‘zni baland ovozda ayting. Haftada bir marta sizga aytib turilgan matnni yozishni mashq qiling. Yo‘l qo‘yilgan xatoni klaviaturadan emas, monitordan qidiring. Har bir harfni terganingizdan so‘ng barmoqlarni yuqorida aytilgan uyacha qatoriga qo‘ying.

6.  Tez harf terishga to‘sqinlik qilayotgan muammoni toping

Как научиться печатать на клавиатуре быстро и без ошибок

Harf terish vaqtida xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, uni harf terish vaqtida to‘g‘rilab keting. So‘zni klaviaturada to‘liq terib bo‘lgach, ustidan yana bir marta qayta o‘qing. Agar siz tugmalarni qattiq bosib, taqillatib harf tersangiz, bunga ko‘p kuch sarflayotgan bo‘lasiz. Oqibatda harf terilishga ham shuncha ko‘p vaqt sarflanadi.  Tez harf terishga shoshilmang. Tajriba asta-sekin paydo bo‘lishini unutmang.

Bu qiziq!
1946-yilda stenografist Stella Pajunas matn terish tezligi bo‘yicha rekord o‘rnatgan ekan. Stella harf terish mashinkasida bir daqiqada 1080 ta belgini bosishga ulgurgan. Ulgurish ham mayli, terilgan so‘zlarda xatolik deyarli bo‘lmagan. Xo‘sh, siz bir daqiqada qancha harf terasiz?


Bu ham qiziq

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!