$
12768.26 UZS
-62.87
162.63 UZS
1.56
14400.04 UZS
-142.76
31° Kechasi 17°

Kun tarixi: Eyfel minorasi qurib bitkazilganiga 130 yil bo‘ldi  

11:51 / 25.10.2019

Mana 130 yildirki, Butun dunyoga mashhur Eyfel minorasi odamlarni o‘ziga mahliyo qilib kelmoqda. Minora 1889-yil 25-oktabr kuni qurib bitkazilgan. 

Nima maqsadda qurilgan?

Eyfel minorasi inqilobning 100 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilayotgan butunjahon ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun qurilgan. 

Nega aynan Eyfel deb nom berilgan?

Картинки по запросу Gustav Eyfel

Sababi bu betakror bino dizaynini yuqori darajali temiryo‘l ko‘priklarini qurish tajribasiga ega bo‘lgan muhandis Gustav Eyfel ishlab chiqqan. Odamlarga go‘zallik ulashuvchi inson sharafiga bino hamon Eyfel nomi bilan atab kelinadi.

Qurilishi

Эйфелева башня, июль 1888

Bino qurilishi 1887-yili boshlangan va ikki yil davomida 300 kishilik quruvchilar jamoasi bilan aniq hisob-kitoblar asosida juda tez sur’atda qurib bitkazilgan. Qurilishda 12 000 dan ortiq metal detallar va 2,5 mln. dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. 300 metrlik "Temir xonim" huddi bolalarning "konstruktor" o‘yinchig‘iga o‘xshab qurilgan. 
Metall konstruksiyalar ogʻirligi 7 300 tonnani tashkil etadi (umumiy ogʻirligi esa 10 100 tonna). Poydevor beton asosdan iborat. Kuchli shamol vaqtida minora 15 sm. gacha chayqalishi mumkin.
Avvaliga muhandislar bino qurilganidan 20 yil o‘tgach, ya’ni 1909-yilda Eyfelni demontaj qilishni rejalashtirishgan. Ammo bu yerdagi tinimsiz sayyohlar oqimi sabab ular binoni o‘z holicha qoldirishga qaror qilishgan. Tashrif buyuruvchilarning ko‘pligi sabab bino ochilganidan bir yil o‘tib qurilish uchun sarflangan xarajatning to‘rtdan uch qismi to‘li qoplangan.

Minoraga kirish

Hozirda binoga kirish uchun avvaldan chipta buyurtma qilib qo‘yish kerak. Bo‘lmasa yarim soat, bir soatlab navbat kutib qolishingiz mumkin. Binoning birinchi darajali ko‘rish zaliga liftda chiqish uchun 11 yevro to‘lanadi, ikkinchi balandlikdagi zal uchun esa 17 yevro to‘lash kerak. Umuman olgan 7 yevro to‘lab, tepaga piyoda chiqsangiz ham bo‘ladi. Biroq biz sizga buni maslaxat bermaymiz, chunki Eyfelga chiqib tushganingizdan keyin qattiq charchab qolib, Parijning boshqa go‘zal joylarini ko‘rolmay qolishingiz mumkin. 

Ma’lumot uchun

Shuningdek, yurtimizda qad rostlab turgan Toshkent teleminorasining balandligi 375 metrni tashkil etadi. Teleminora 1978-yildan boshlab 6 yil davomida qurilgan va 1985-yilning 15-yanvarida ishga tushirilgan.
 


Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etadi

Ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda Italiya bosh vazirining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
09:07 / 30.05.2025
Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

Toshkent metrosining ikkita bekati vaqtincha yopiladi

“Toshkent metropoliteni” Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich 3 …
21:41 / 30.05.2025
AQSh Mudofaa vaziri Xitoy 2027-yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkinligini aytdi

AQSh Mudofaa vaziri Xitoy 2027-yilda Tayvanga bostirib kirishi mumkinligini aytdi

AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Pit Xegset tinch okeanidagi ittifoqchilarni Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi 2027-yilda bo…
18:32 / 31.05.2025
Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dori vositalari va 400 mln so‘mlik tibbiyot jihozlari savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
09:13 / 31.05.2025
Rossiyalik deputat Sibirni o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi

Rossiyalik deputat Sibirni o‘zbeklarning tarixiy yerlari deb atadi

Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansi avtonom okrugi Dumasi deputati Xolid Tagizade Sibir xonligini esladi va mintaqani o‘zb…
19:17 / 31.05.2025
Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Zelenskiy, Trump va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor ekanligini aytdi

Turkiya Rossiya federatsiyasi, Ukraina va AQSh rahbarlari Vladimir Putin, Vladimir Zelenskiy va Donald Trampning uchrashuvin…
21:07 / 30.05.2025
Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Xorazmda bojxonachilar 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
20:21 / 29.05.2025
Muhojirlarga Sankt-Peterburgda kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi

Muhojirlarga Sankt-Peterburgda kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlash taqiqlanadi

Sankt-Peterburg hukumati muhojirlarga patentlar asosida kuryer va taksi haydovchisi sifatida ishlashni taqiqlashni taklif qi…
21:11 / 29.05.2025
“Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror” – Nurmat Otabekov

“Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror” – Nurmat Otabekov

So‘nggi paytlarda ba’zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi to‘lqini dunyoni qamrab olmoqda, de…
12:05 / 30.05.2025
Bayden saratonga qarshi davolanayotganini ma’lum qildi

Bayden saratonga qarshi davolanayotganini ma’lum qildi

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden saraton kasalligini davolash uchun unga buyurilgan dori-darmonlarni qabul qila boshlagan…
11:33 / 31.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!