$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

Chuchvara tayyorlash borasida 8 ta eng katta xato

13:25 / 21.02.2020

Ko‘pchilik chuchvara tayyorlashni juda oson yumush, deb o‘ylaydi. Yillar davomida qon-qonimizga singib ketgan ko‘nikmalar bilan buni, hatto ko‘zim yumuq holatda ham uddalayman, deydiganlar topiladi. Biroq uning o‘ta injiq taom ekanligini ham tan olish lozim. Chunki, agar sal adashsangiz, tansiq taomga emas, ezilgan xamir bo‘laklariga ega bo‘lishingiz hech gap emas.
 
Xo‘sh, chuchvara tayyorlash uchun qancha miqdorda un ishlatish lozim? Xamirni qanday yoyish kerak? Tugilgan chuchvarani qanday suvga tashlash lozim? Shu kabi qator savollarga javob topish maqsadida biz chuchvara tayyorlash borasidagi xatolar xususida so‘z yuritamiz.

Masalliqlar proporsiyasi

Chuchvara tayyorlash mobaynida ichidagi masalliqlar proporsiyasiga e’tibor qarating. Xamir juda qattiq bo‘lib ketsa, uni yoyishga ham qiynalasiz. Suvga tushganda esa pishishi ham qiyin bo‘ladi. 
Bundan qochish uchun quyidagi retsyeptdan foydalaning:
3 stakan un
0,5-0,75 stakan suv;
1 choy qoshiq tuz;
1 dona tuxum.
Tuxum katta-kichikligiga qarab suvni kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin. Qattiq bo‘lib ketsa, biroz suv qo‘shish ham mumkin. Faqat buni birdaniga qilmang. Agar xamir juda yumshoq bo‘lib qolsa, unga ozroq un qo‘shish ham mumkin.

Xamir uchun issiq suv ishlatish

Juda ko‘p retseptlarda xamir qilish uchun issiq suvdan foydalanish lozimligi tavsiya etiladi. Biroq bu maslahat chuchvara xamiriga to‘g‘ri kelmaydi. Unga faqat sovuq suv kerak. Hatto, xona haroratidagi suvda ham xamir zich va qattiq bo‘lib qoladi. 

Yaxshisi suvni muzlatgichda sovutib olgan ma’qul. Oxir-oqibat siz yumshoq va elastik xamirga ega bo‘lasiz. Undan ideal chuchvaralar tugish mumkin.

Xamir qilgan zahoti yoyishni boshlash

Ko‘pchilik uy bekalari chuchvara uchun xamir qilgan zahoti uni yoyishga tushib ketishadi. Oxir-oqibat uni yupqa qilib yoyguncha qiynalib ketishadi. Yaxshisi xamirni plyonka paketga o‘rab, bir soat muzlatgichda saqlang. Bu vaqt davomida un xamirni elastik qilish xususiyatiga ega kleykovina ishlab chiqaradi.

Chuchvara ichiga juda ko‘p miqdorda qiyma solish

Albatta, chuchvara ichida ko‘p qiyma bo‘lgani yaxshi, biroq me’yoridan oshirmagan ma’qul. Birinchidan, juda ko‘p qiyma solinsa, uni tugish qiyinlashadi. Ikkinchidan, qaynash davomida chuchvara ichidagi qiyma shishib, xamir yorilib ketadi. Shu tariqa chuchvara ichidagi suv chiqib ketadi va u bemaza, quruq bo‘lib qoladi. 

Chuchvaralarni muzlatmasdan pishirish

Oshpazlar tavsiyasiga ko‘ra, chuchvaralarni muzlatib, so‘ng pishirish kerak ekan. Muzlatilmagan chuchvaraning xamiri juda ingichka va yumshoq bo‘ladi. Suvga bo‘kkan chuchvara ezilib ketishi turgan gap. Muzlatilgan chuchvaralarning tirik qolish imkoniyati yuqori.
Muzlatilmagan chuchvarani faqat oz-ozdan, katta kastryulkaga solib pishirish kerak.

Sovuq suvga solib pishirish

Ko‘pchilik bu tajribaning achchiq mevasini allaqachon tatib ko‘rgan. Yana bir bor eslatamiz: chuchvarani faqat qaynab chiqqan suvga tashlash lozim. Sovuq suvga tushganda u ezilib, ochilib ketadi.

Chuchvarani ko‘p-ko‘pdan pishirish

Chuchvaralar me’yorida qaynashi uchun qozonda o‘z “shaxsiy hududi”ga ega bo‘lishi kerak. Agar siz birdan ko‘p miqdorda chuchvara solsangiz, suv sovub qoladi. Sovuq suvda pishgan chuchvara qay ahvolga tushishini esa aytib o‘tdik. 

Pishgan chuchvaraning suvi oqib ketishini kutmaslik

Mana, taom ham tayyor bo‘ldi. Siz mazali, yoqimli, xushxo‘r chuchvaralarni pishirib oldingiz. Biroq endi shoshilmang. Chuchvaralarni durshlagga solib, ortiqcha suv chiqib ketishini kuting. 

Ana shunda unga keyinroq qo‘shiladigan yog‘ va qatiq chuchvara tarkibiga singadi va ularni yanayam mazali qiladi.
Agar shu tavsiyalarimizga amal qilsangiz, chuchvaralaringiz doim xushxo‘r va ideal shaklda bo‘lishi turgan gap.


Bu ham qiziq

2023-yildan buyon G‘azodagi hujumlarda 237 nafar jurnalist halok bo‘lgan

2023-yildan buyon G‘azodagi hujumlarda 237 nafar jurnalist halok bo‘lgan

Rasmiylarning xabariga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroilning G‘azodagi hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 2…
10:34 / 11.08.2025
Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trend ortidan quvish, go‘yoki boshqalardan orqada qolmaslikka urinish insonni o‘zidan uzoqlashtiradi. U Instagram’dagi “idea…
12:17 / 10.08.2025
Odessadagi plyajda mina portladi

Odessadagi plyajda mina portladi

Keyinroq Odessa viloyati politsiyasi o‘z saytida suzish paytida yuz bergan ikkita portlash natijasida bir ayol va ikki erkak…
16:14 / 10.08.2025
11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025
Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Shifokorlar alstgeymerga shifo topdi

Olimlar hatto unutilgan xotirani tiklashni ham o‘rganishdi
21:51 / 10.08.2025
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test si…
16:33 / 10.08.2025
Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Sud qarori bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirilishi belgilangan. Davlat bojlari va boshqa xarajatlar bilan…
17:19 / 09.08.2025
Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borib, yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va s…
09:24 / 11.08.2025
Olmaotadagi vertolyot halokati qurbonlari 2 nafarga yetdi

Olmaotadagi vertolyot halokati qurbonlari 2 nafarga yetdi

Qozog‘istonda EC-145 vertolyoti halokatida ikkinchi qurbonning jasadi topildi.
14:39 / 10.08.2025
Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
21:01 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!