Bugun, 11-avgust kuni soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga, Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borib, yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va soat 04:46 da o‘chirilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.
Yong‘inda tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!