$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Kelajak uylari: turar-joylar bir necha yillardan so‘ng qay darajada o‘zgaradi?

14:06 / 19.09.2016

Sovutgichda xaridlar ro‘yxati turadi, ko‘zgu esa qizlarning pardoz qilishiga yordam beradi, derazalar esa ob-havoga qarab qanday kiyinish kerakligini aytadi. Kelajak uylariga xush kelibsiz!

"Aqlli uy barcha buyruqlarni tushuna oladi: «Eshikni yop va chiroqlarni o‘chir». Aqlli uy barcha oila a'zolarning ovozini va ohangni ajrata oladi.

Oshxona

Buvijonlarimizning fikricha, mikroto‘lqinli pech va elektron qozonlarning paydo bo‘lishi — bu chinakam texnologik mo‘jiza. Biroq texnologiyalarning ishtahasi karnay — bizlarni butunlay o‘zgacha oshxona landshaftlari kutmoqda.

Albatta, tez kunda uy bekalarining yonida Moley yoki Care-O-bot kabi robotsimon yordamchilar paydo bo‘lib qolmaydi. Biroq taom tayyorlash va mahsulotlarni saqlashga bo‘lgan yondoshuv tamoman o‘zgaradi.

Robot-bosh-oshpaz Moley internetdagi istalgan retseptdan ovqat tayyorlay oladi.

2015 yilda mahsulotlarni aniqlay oluvchi, ularning kaloriyasini aytib, retseptlar taklif qiluvchi oshxona stoli loyihasi taqdim etilgan edi.

Hozir bozorda kechiktirilgan start funksiyasi va videokamera bilan intellektual pechli shkaflar mavjud. Siz uyga kelayotganda telefon ekranidan tovuq qanday pishayotganini tomosha qilishingiz mumkin.

Sovutgichlar ham ixchamroq va aqlliroq bo‘la boshlaydi. Ikki metrli qutilarga boshqa ehtiyoj qolmaydi (uylarning katta megapolislarga ko‘chishi natijasida ular kichiklashadi).

2010 yil Xalqaro yengil sanoat dizayni tanlovida Mettyu Gilbrayd (Matthew Gilbride) moduli oshxona rejasini taqdim etgan edi, unga ko‘ra, tokchalar bir vaqtning o‘zida sovutgich, plita va konditsioner o‘rnini bosadi.

Sovutgich sizning ovqatlanishingizni nazorat qiladi. Elektron belgilar qaysi mahsulot aynigani, qaysi biri oz qolgani haqida xabar beradi. Har uch kunda sizning smartfoningizga xaridlar ro‘yxati kelib turadi.

Bozor bo‘ylab og‘ir yuk ko‘tarib yurish zamonaviy inson uchun begona ishga aylanadi. Onlayn xaridlar odatiy hol bo‘lib, birgina tugmani bosishingiz bilan barcha mahsulotlar oldingizda muhayyo bo‘ladi.

Yuvinish xonasi

Taniqli futurolog Yan Pirson (Ian Pearson) fikricha, 10–20 yildan so‘ng yuvinish xonasida juda ko‘p datchik va sensorlar ishlay boshlaydi.

Hojatxona stoli oldiga to‘shalgan gilamcha og‘irligingiz, tana harorati, yurak urishi va boshqa narsalarni o‘lchaydi.

Aqlli ko‘zgu nafaqat salomatlik haqida balki o‘zingiz haqida qayg‘urishingiz to‘g‘risida ham maslahat beradi. Qanday qilib husnbuzarlarni yo‘qotish kerak? Qanday pardoz bugun mos keladi? Bunday ko‘zgu prototipi CES-2015 ko‘rgazmasida taqdim etildi.

Ko‘p e'tibor ekologiyaga qaratiladi. Hozir yuvinish xonalarida suv va energiya chiqimiini nazorat qilishga yordam beruvchi qurilmalar mavjud. Kelajakda bu jarayonlar avtomatlashtiriladi. Qurilma qancha suv zarur bo‘lsa, shuncha suv tushiradi, sizga qulay bo‘ladigan suv haroratini ta'minlab beradi. Shuningdek, suv kanalizatsiya quvuri bo‘ylab ketmaydi. Insoniyat oldida muhim vazifa turibdi — tozalashni o‘rganish va suvni qayta ishlatish.

Xonalar

Xonalardagi barcha mebellar yengil, ixcham va ko‘pfunksional bo‘la boshlaydi. Birgina urinish bilan stol-transformer ish stolidan ovqatlanadigan stolga aylanadi, karavot esa divanga.

Interer budushchego

Aqlli xonalar uyquga yotishingizdan avval sizning dam olishingiz haqida qayg‘uradi. Xonani shamollatish uchun konditsionerni yoqadi, organizm melatonin — uyqu garmonini ishlab chiqarishi uchun deraza pardalarini mahkam qilib yopadi.

Muhim narsa — yoritish. Yorug‘likning sun'iy manbalari inson ritmiga bo‘ysunadi.

Kelajak uylaridagi derazalar yanada ko‘payadi. Ular ko‘proq kuyosh nuri taratib, maksimal tabiiy ranglarni o‘tkazib, qo‘shimcha funksiyalarni ishlab chiqaradi.

MeteoGlass opsiyali Kaleva kompaniyasining derazalari ob-havo indikatoriga ega. Harorat oynaning o‘zida aks etadi.

Bugun shapka kiyish uchun endi internetdan havoni qidirish shart emas. Oynaga qarashning o‘zi yetadi.

MeteoGlass indikatori har qanday yorug‘likda ishlaydi. Kechasi uyquga xalaqit bermaslik uchun avtomatik tarzda sustlashadi.

Ikki rejimdan birini tanlash mumkin:

• Faqat aktual harorat darajasini yoritish;

• −30 °C dan joriy haroratni yoritish.

Bu derazalarning ishlash tamoyili juda oddiy. Ko‘chada harorat va yorug‘lik datchiklari ishlaydi va ular ob-havo haqidagi aniq ma'lumotlarni to‘playdi.

Kelajakning yangi imkoniyatlari —MeteoGlass opsiyali derazalar.

Ob-havo indikatorili derazalar barcha uchun muntazir bo‘lgan eski ixtiro. Ularni Kaleva kompaniyasi ishlab chiqaradi va ko‘proq e'tiborni innovatsion oyna tizimlarini ishlab chiqarishga qaratadi. 


Bu ham qiziq

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!