Avvalroq Toshkentda mast holatda avtomobil boshqarib, PPX xodimiga musht tushirgan erkak protsessual tartibda ushlangan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘layotgan mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi sifatida jalb etilgan B. P.ga (1990-yilda tug‘ilgan) nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining mazkur ajrimi (03.04. 2026-yil) Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi.
Sud muhokamasi yakunida birinchi instansiya sudining ajrimi o‘zgarishsiz, ayblanuvchining advokati keltirgan apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 497-34-moddasiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudining mazkur ajrimi uzil-kesil hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!