$
12957.14 UZS
29.97
156.56 UZS
0.83
14702.47 UZS
-15.11
37° Kechasi 21°

MIB fuqarolarning bankdagi omonatlariga taqiq qo‘yishga haqlimi?

20:39 / 17.12.2019

Fuqarolarning bankka qo‘yadigan omonatlari sir saqlanadi, biroq ayrim organlarga, agarda mijozning qarzdorligi bo‘lsa, omonat haqidagi ma’lumot ochiqlanadi va omonatga band solinadi. 

Bu haqda bugun, 17-dekabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Jismoniy shaxslarning hisobraqamlariga qo‘yilayotgan taqiq(cheklov) masalalari” mavzusida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi. 


Bank tomonidan sir saqlanishi kerak bo‘lgan omonatlarga MIB tomonidan band solinishi qanchalik huquqiy asosga ega? 

–“Banklar to‘g‘risida”gi qonunda ijtimoiy shaxslarning omonatlari kafolatlangan. Biroq ushbu qonunga ko‘ra, ayrim organlarga omonatlar haqidagi ma’lumotlarni berish mumkin. Shu jumladan Majburiy ijro byurosi (MIB)ga ham. Tergov organlari, soliq organlari hamda Hisob palatasi ham shular qatorida. Bunda omonatning summasi ochiqlanmaydi, - deydi Markaziy bank vakili Shavkat Rasulov.

Shuningdek, omonatga pul mablag‘ini qo‘yadigan mijoz va bank o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnomada fuqaro (mijoz) qarzdorlikka kirib qolguday bo‘lsa, uning qo‘ygan omonatiga taqiq qo‘yilishi haqidagi band kiritilgan yoki yo‘qligi to‘g‘tisidagi savolga Markaziy bank vakili “bu qonunlar va bank tizimidagi me’yoriy hujjatlarda, hozircha kiritilmagani, lekin endilikda mijozni oldindan ogohlantirishni nazarda tutuvchi normalar ko‘zda tutilayotgani”ni ta’kidlab o‘tdi.

Qanday hollarda bankdagi omonatlar xatlanadi?
 
Byuro direktori o‘rinbosari Sh.Haydarov “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, qarzdorlarning banklardagi yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha hisobraqamlarida hamda omonatlarida turgan yoki saqlashga qo‘yilgan pul mablag‘lari va o‘zga qimmatliklari to‘g‘risida axborot bo‘lganda, ular xatlanishi belgilanganini aytdi.

Davlat ijrochilarining qarzdorga tegishli banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobraqamlarini xatlab, band solish haqidagi qaroriga asosan banklar tomonidan jismoniy shaxslarning hisobraqamlari, shu jumladan, plastik kartochkadagi mablag‘lariga band solinishi mumkin.

Davlat ijrochisi tomonidan ijro ish yurituvi tamomlanishi (tugatilishi) munosabati bilan hisobraqamlarga qo‘yilgan bandlar ham bekor qilinadi, bu haqda esa manfaatdor tomonlar xabardor qilinadi.

Shuningdek, Byuro organlari iste’molchilarga yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzlarni har oyda eng kam ish haqining ikki baravaridan oshmaydigan summada mazkur iste’molchilarning plastik kartalariga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobraqamlaridan hisobdan chiqarish huquqiga ega.

Bank plastik kartochkasidan energiya resurslari uchun pul yechib olinmaydi

Biroq, aholi e’tirozlarining oldini olish maqsadida energiya resurslari uchun qarzdorlikni tegishli sud qarori bo‘lmagan holda hisobraqamlardan yechib olish amaliyoti joriy qilinmaydi.

Ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning hisobraqam (bank plastik kartochkasi)dan energiya resurslari uchun byuro tomonidan mablag‘lari yechib olinayotgani haqidagi fikrlar asosga ega emasligi aytib o‘tildi.

Chunki ushbu murojaatlar o‘rganilganida aksariyat holatda Byuroning tegishli davlat ijrochilari ish yurituvida sud buyruqlari yoki boshqa organlardagi qarori mavjud ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Majburiy ijro byurosi mas’ul xodimlari tomonidan Byuro, bank muassasalari va boshqa hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi elektron axborot almashish tizimi integratsiyalashuvi, shuningdek banklar tomonidan jismoniy shaxslarning Yagona identifikatsiya tizimi yo‘lga qo‘yilgunga qadar – sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha qarzdor jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatiladigan bank hisobraqamlariga taqiq qo‘yilishi – taqiqlanishi ta’kidlab o‘tildi.

Xabardor.uz


Bu ham qiziq

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi aniqlandi

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari savdosi aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
08:23 / 27.04.2025
Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodd…
09:35 / 27.04.2025
Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadaning Vankuver shahridagi Filippin festivalida mashina olomonni bosib ketdi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, h…
19:12 / 27.04.2025
Isroil Livan poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi

Isroil Livan poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi

Livan prezidenti idorasi mazkur hujumni qoraladi va sulh imzolanishida vositachilik qilgan AQSh va Fransiyani Isroilga bosim…
11:20 / 28.04.2025
Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Navoiyda “zapravka” 26 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

AGTKShda gaz sarfini o‘lchash kompleksiga o‘rnatilgan qurilmaning kirish-chiqish qismidagi gaz jo‘mraklariga davlat standart…
12:12 / 28.04.2025
Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada hukumati G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun BMTga 100 million Kanada dollari  (72 million AQSh dollari…
19:42 / 26.04.2025
Erondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi

Erondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi

Shuningdek, yaradorlar soni esa 1200 kishidan oshgan.
09:45 / 28.04.2025
Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Turkiyada “avtomoyka” qulab tushdi

Oqibatda bir oila halok bo‘lgan.
10:38 / 28.04.2025
Eronda kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Eronda kuchli portlash oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Eronning Bandar Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 14 kishi vafot etdi, 750 nafar…
12:09 / 27.04.2025
Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshken…
13:04 / 27.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!