$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
36° Kechasi 19°

Talabalari uchun eng ko‘p stipendiya ajratadigan davlatlar

20:00 / 14.12.2019

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida davlat nafaqat universitetlarni qo‘llab-quvvatlaydi, talabalar ta’limi uchun pul ajratadi, balki kam sonli talabalarga mo‘ljallangan yirik stipendiya dasturlarini moliyalashtiradi. Ayniqsa, Yevropa davlatlarida katta miqdorda stipendiyalar beriladi, biroq stipendiya olish uchun shunchaki talaba bo‘lish kamlik qiladi – bunda oilaning ta’lim uchun daromadi yetarli emasligini tasdiqlash ham kerak.

Fransiyada davlat stipendiyasi

Fransuz universitetlarining aksariyati davlatga tegishli bo‘lishiga qaramay, ularda o‘qish bepul yoki nominal miqdorga teng bo‘lsa ham, Fransiyada barcha talabalar uchun mo‘ljallangan stipendiyalar mavjud emas. Shu bilan birga, Fransiya hukumati stipendiyalarni ijtimoiy mezonlar asosida belgilaydi – bunda ta’lim vazirligi taqsimlash uchun javobgar. Asosiy mezon – oila daromadlari. Ota-ona daromadiga qarab, talaba yiliga 5,5 ming yevrogacha pul oladi, shuningdek, alohida akademik muvaffaqiyatlari uchun qo‘shimcha rag‘batlantirilishi mumkin.
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘shimcha pul ajratiladi – mintaqa yoki yashash joyiga qarab, talabalar kichik ijtimoiy stipendiyalarni olishlari mumkin. 2014-yilda Fransiya hukumati stipendiya dasturlariga qariyb 2 milliard yevro sarfladi va 562 ming talaba stipendiya oldi.

Germaniyada davlat stipendiyalari 
Nemis tizimi fransuz tizimiga juda o‘xshash – stipendiyalar oila va talabaning  daromadiga qarab belgilanadi: maksimal miqdor – oyiga 670 yevro. Biroq ushbu miqdorning yarmi qaytarib berilmaydi, yarmini talaba foizsiz ssuda sifatida oladi va bitirgandan keyin 20 yil ichida qaytaradi. 
Germaniya hukumati fransuzlarning stipendiyalariga teng miqdorda – taxminan, 1,9 milliard yevro sarflaydi. 600 mingga yaqin talabaga stipendiya beradi.

Daniyada davlat stipendiyasi
Daniya stipendiya tizimi bo‘yicha nafaqat Yevropada, balki dunyodagi eng g‘amxo‘r davlatlardan biridir. Ushbu maqsadlar uchun har yili qariyb 1,4 milliard yevro sarflanadi, bu mamlakat aholisini hisobga olganda juda katta miqdorni tashkil etadi.
Har bir talaba, oilasining daromadidan qat’i nazar, 70 yevro oylik stipendiya olish huquqiga ega. Ota-onasi bilan yashashni davom ettiradiganlar alohida yashaydiganlarga qaraganda kamroq miqdorda pul oladilar. Birinchi holatda, maksimal stipendiya 380 yevro, yakka tartibda yashash uchun – 770 yevro beriladi. Ushbu to‘lovlar Daniyada yashash narxidan past bo‘lishiga qaramay, hukumat o‘z talabalariga o‘ta saxiylik bilan pul ajratadi.


Bu ham qiziq

Buxoroda besh ishchi kanalizatsiyaga tushib ketdi

Buxoroda besh ishchi kanalizatsiyaga tushib ketdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishining jasadi topilgan.
10:09 / 05.09.2025
MIB: Toshkentda Jetour haydovchisi 354 marta qoida buzib, jarimalarni to‘lamay kelgan

MIB: Toshkentda Jetour haydovchisi 354 marta qoida buzib, jarimalarni to‘lamay kelgan

U qoidabuzarliklar sabab jami 328,7 mln so‘mlik jarimalarni ishlab olgan.
15:04 / 04.09.2025
Toshkent viloyatida IIB tergovchisi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida IIB tergovchisi qamoqqa olindi

Jinoyat kodeksi 210-moddasiga ko‘ra, pora olish BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqd…
09:26 / 04.09.2025
5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:49 / 04.09.2025
Vladimir Putin: “Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, biz buni Moskvada ham tashkil qilishga tayyormiz”

Vladimir Putin: “Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, biz buni Moskvada ham tashkil qilishga tayyormiz”

Rossiya rahbari Xitoydagi tashrifi so‘ngida OAV vakillari bilan tashkil etilgan brifingda qatnashdi
22:05 / 03.09.2025
Namangan va Andijon viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Namangan va Andijon viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
22:56 / 04.09.2025
Qaysi hududda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sishi qayd etildi?

Qaysi hududda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining yuqori o‘sishi qayd etildi?

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 21,9 foizga oshgan
20:50 / 04.09.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bil…
09:20 / 05.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!