$
12049.44 UZS
52.23
163.92 UZS
2.4
14024.34 UZS
75.18
31° Kechasi 18°

Yer yuzidagi katta ko‘zli hayvonlar TOP 5taligi

23:57 / 21.10.2019

Bugun biz ko‘zlari tanasiga nisbatan katta bo‘lgan hayvonlar haqida so‘z yuritamiz. Ular bu ko‘zlari bilan xuddi multfilm qahramonlariga o‘xshaydi. Keling, katta ko‘zli rekordchilar bilan tanishishni ularning eng kichigidan boshlaymiz

5. Afrika tuyaqushi

Tuyaqush sayyoradagi eng katta qushdir. Uning bo‘yi 270 sm., og‘irligi esa 156 kg.gacha tosh bosadi. Tuyaqushlar Afrika va Yaqin Sharqda yashaydi. Ulkan qushlar odatda zebra va boshqa hayvonlar bilan birgalikda o‘tlab, tinchlikda yashaydi. 

U g‘ayrat bilan bir harakatda 3 km.dan 15 km.gacha yugurishi mumkin. Agar g‘azablansa, raqiblarini telbalarcha quvadi. Urg‘ochilari tuxum bosib o‘tirishi bilan yangi tuyaqushlar dunyoga keladi.  

Ammo kechasi haqiqiy oila boshlig‘i sifatida faqat erkak tuyaqushlar tuxumlarni qo‘riqlab o‘tiradi. Tuyaqush tuxumlarining og‘irligi ikki kilogrammgacha yetishi mumkin. Ular juda katta va go‘shti to‘yimli bo‘lgani uchun atrofdagilar ularni ovlash ilnjida yurishadi. Shuning uchun tuyaqushlar doimo xavotirda yashaydi. 

Agar bu qushlar xavfni sezib qolsa, balandlikka sakrab chiqadi va soatiga 70 km. tezlikda harakatlanadi. Bu vaziyatda uning har bir qadami 4 metrgacha yetadi. Qushning katta-katta ko‘zlari esa uzoq masofani yuqori aniqlikda ko‘rishga yordam beradi. 

4. Baqaloq lori

Bu boqibeg‘am hayvon Hindiston, Indoneziya va Filippin mamlakatlarida, odatda  daraxtlarda hayot kechiradi. Kichkina hayvonning vazni 1,5 kg. Yoqimtoygina maymun. Ammo zaharli. U zaharni old oyoqlari bilan ishlab chiqaradi. U zahrini butun tanasiga surtib olib, hujum qilmoqchi bo‘lgan hayvonlarni qo‘rqitadi.

Lori yomon tishlaydi. Uning tishlashidan nafaqat hayvon, hatto odam ham o‘lishi mumkin. Hayvonning ko‘zlari katta, ularning atrofida esa qora “ko‘zoynaklar”i bor. Bularning hammasi ko‘rinishidan yoqimtoy bo‘lgan hayvonni zaharli yirtqichga aylantiradi.  

3. Buqalamun

Buqalamun kaltakesaklar oilasiga mansub. Ular ranglarini osongina o‘zgartirish bilan bir qatorda, bir tekis harakatlanadigan katta ko‘zlari bilan ham mashhur. Bu katta ko‘zlar ularga ov qilishda juda qo‘l keladi. 

O‘lja yaqinlashganda buqalamun qurbonga ikki katta ko‘zi bilan qarab soniyasiga 1/20 tezlikda tilini o‘lja tomon yo‘naltiradi. Natijada, o‘lja tilga yopishib qoladi va tezda og‘ziga kirib ketadi. Bir zumda o‘lja ham nima bo‘lganini payqamay qoladi. 

2. Ulkan kalmar

Dengizdagi ulkan kalmarlar ilmiy tarafdan hali yetarlicha o‘rganilmagan. Bu yirtqich mollyuskalarning eng kattasi hisoblanadi. Uning uzunligi 8 metrga yetadi. Unda 8 ta qo‘l va ikkita uzun ov qo‘llari bor. Kalmar o‘ljasini tortib oladi va so‘rg‘ichlardan foydalanib uni yeya boshlaydi. 

U barcha tirik mavjudotlar ichida katta ko‘zlari bilan ajralib turadi. Kalmar ko‘zining diametri 27 sm., qorachig‘i esa 9 sm.ni tashkil etadi. Biroq ko‘z kattaligi tanaga nisbatan o‘lchanganda birinchi o‘rin boshqa hayvonga nasib qilgan. 

1. Flippin tarisius (dolgopiyat)

Va nihoyat, bizning rekordchimiz dolgopiyat. Uning uzunligi 10 sm., xolos. Bu tarisius oilasidan kelgan – mayda maymun. Uning vazni atigi 130 gramm. Bu hayvon filippindagi bambuk tog‘larida yashaydi. Kichkina bo‘lishiga qaramay u xuddi kaptar kabi chaqqon. 1,5 km. masofani osongina bosib o‘tadi. 

U 360°gacha harakatlana oladigan katta boshga ega. Bu orqali u orqasida bo‘layotgan voqealarni ham osongina ko‘ra oladi.

Kulgili fiziologik tuzilishga ega bo‘lgan maymuncha tez-tez harakatlanadigan katta quloqlari va aql bovar qilmas darajadagi katta ko‘zlari bilan barchani hayratda qoldiradi. Bu ko‘zlar zulmatda yanada yaxshiroq ko‘rishga yordam beradi.


Bu ham qiziq

Aura.uz — O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolar jamlangan ilk media bank ishga tushdi

Aura.uz — O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolar jamlangan ilk media bank ishga tushdi

Kontent markazi tomonidan O‘zbekistonning boy madaniyati, betakror tabiati va zamonaviy qiyofasini aks ettiruvchi Aura.uz me…
19:09 / 06.06.2026
1,5 gektar yer uchun 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

1,5 gektar yer uchun 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti…
09:42 / 04.06.2026
“Navbatdagi sinovga tayyormiz!” – Kannavaro

“Navbatdagi sinovga tayyormiz!” – Kannavaro

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCh-2026 oldidan ichidan o‘tayotgan kechinmalari haqida fikr…
18:09 / 05.06.2026
Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Litva Vashington bilan o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish ehtimolini muhokama qilmoqda.
14:23 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva BMTning nufuzli sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva BMTning nufuzli sessiyasida milliy ma’ruza bilan ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasining 35-se…
13:10 / 04.06.2026
4-iyun kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

4-iyun kuni O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
12:36 / 03.06.2026
Surxondaryoda tungi poyga fojia bilan yakunlandi

Surxondaryoda tungi poyga fojia bilan yakunlandi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia avtomobillari o‘rtasida uyushtirilgan tezlik poygasi oqibatida ikki ki…
13:10 / 03.06.2026
O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 4 oyda 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 417,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
12:52 / 03.06.2026
Baxmal tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi

Baxmal tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq korrupsion holat fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Baxmal tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ham…
04:58 / 05.06.2026
6-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
18:25 / 05.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!