Plastik paketlar ekologiyaga zarar keltirishi aniq, ammo ularning o‘rniga qog‘oz paketlardan foydalanish – yechim emas. Qog‘oz paketni tayyorlash uchun 4 barobar ko‘proq suv talab qilinadi. Bundan tashqari, dehqonchilik va qog‘oz ishlab chiqarishda ishlatiladigan o‘g‘it va kimyoviy moddalar kislota yomg‘irlari yog‘ishiga olib keladi va evtrofikatsiya (biogen moddalarning ko‘payishi tufayli suvning ifloslanishi, suv osti o‘simliklari va tirik jonzotlarning toksinlar bilan zaharlanishi)ni tezlashtiradi.
Shu bilan birga, qog‘oz paketlardan qayta foydalanish qiyinroq: ular namlikka chidamsiz, o‘tkir predmetlar tufayli yirtilishi oson, og‘ir narsalarni ko‘tarishga yaramaydi. Ularni boshqa maqsadlarda: mahsulotlarni o‘rashda, biror narsa yasashda, kompost sifatida qo‘llash yoki makulaturani qayta ishlash uchun topshirish mumkin.
Plastik paketlarga kelsak, son-sanoqsiz marotaba qayta ishlash mumkin. Ayni vaqtda ular qog‘oz paketlar, paxta yoki sintetik iplardan tayyorlangan ko‘p martalik sumkalarga nisbatan kamroq ekologik iz qoldirmoqda (ishlab chiqarish va qayt ishlash arzonligi uchun)
To‘g‘ri, plastik atrof-muhitga zarar keltiradi. Ammo shuni tushunishimiz kerakki, urfga kirgan “ekologik yechimlar” aslida, ifloslanish muammosini hal etmaydi va ekologiydan ko‘ra ko‘proq modani qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!