$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 24°

Maydanak observatoriyasi yaqinida "Yulduzli osmon" mehmonxonasi quriladi

19:37 / 29.09.2019

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hududidagi Maydanak baland tog‘ observatoriyasi oldida "Yulduzli osmon" mehmonxonasi quriladi.

Hisor tog‘ tizmalarining 2750 metr baland nuqtasida barpo etiladigan mehmonxona 100 nafar kishiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Loyiha qiymati 6,5 million dollarga baholanmoqda.

Bu haqda 27-28-sentabr kunlari Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan Qashqadaryo investisiya forumida viloyat hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Mehmonxona qachon qurilib, foydalanishga topshirilishi ochiqlanmadi. Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, loyiha ishga tushishi bilan 70ta ish o‘rni yaratiladi.

Qayd etilishicha, o‘zining astroiqlimi hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangani tufayli jahondagi eng yetakchi astronomiya observatoriyalaridan biri hisoblangan Maydanak majmuasi xorijlik sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz. Observatoriya joylashgan hudud nihoyatda sokin bo‘lib, ko‘pchilikda tovushli gallyusinasiyalar kuzatiladi. Quyoshning chiqishiga guvoh bo‘lish ham kishiga o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli bu observatoriyaga 1970-yilda Shahrisabz shahridan 45 kilometr janubda joylashgan Maydanak platosida asos solingan.

Qo‘shimcha qilish joiz, Shahrisabzda ikki kun davom etgan xalqaro forumda Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Hindiston kabi yigirmaga yaqin davlatdan 150 nafardan ortiq ishbilarmonlar va turli kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, tadbir doirasida umumiy qiymati 300 million dollarga teng bo‘lgan 11 ta shartnoma imzolandi.


Bu ham qiziq

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ozodlikka chiqqan fuqarolarga nafaqa tayinlash tartibi belgilandi

Ma’lumot uchun, nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini tashkil etadi.
16:34 / 17.07.2025
Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Fransiya va Italiya Ukraina mudofaasi uchun pul ajratmoqchi emas

Ikki mamlakat ham o‘zining harbiy xarajatlari muhimroq deb hisoblaydi
21:35 / 16.07.2025
Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi 18 mln so‘m pora bilan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
17:45 / 17.07.2025
Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
09:53 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Iroqdagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 50 yaqin kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda yong‘in qurbonlari uchun uch kunlik motam e’lon qilindi.
12:46 / 17.07.2025
Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Mars sayyorasining bir bo‘lagi auksionda qimmatbaho summaga sotildi

Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan auksionda xaridor “Qizil sayyora”ning bir bo‘lagini qimmat narxga sotib oldi
18:56 / 17.07.2025
Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

Buxgalteriya xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi

2025-yilda buxgalterlar ko‘rsatgan xizmatlar narxi 1 milliard so‘mdan oshgan
21:19 / 17.07.2025
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

Hamyurtlarimiz eng ko‘p sayohatni qaysi davlatga amalga oshirgan?
19:55 / 16.07.2025
Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Ai-80 benzini rekord darajada qimmatladi

Mazkur markadagi benzin narxi qariyb 44% ga qimmatlagan
22:53 / 16.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!