$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

BMW’ning yangi “yettiligi”

16:01 / 12.06.2015

BMW kompaniyasi yangi avlod 7-Series sedanining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. Model lazerli bosh faralarga ega bo‘ldi. Bunday faralar seriya avtomobillarida birinchi marta qo‘llanishi. Bundan tashqari, avtomatik parkovka tizimi ham bo‘lib, uning ishlashi uchun salonda haydovchining bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q.

Mashinaning gabarit uzunligi 5 098 mm ni, kengligi 1 902 mm ni, balandligi 1 478 mm ni tashkil qiladi. G‘ildirak bazasi o‘zgarmadi (oddiy modelda 3 070 mm, uzun versiyada esa 3 210 mm).

Uzun bazali variant asosiy versiyaga nisbatan 139 mm ga uzunroqdir (5 238 mm). Sedanning old g‘ildirak o‘qi 7 mm ga, orqa o‘qi esa 4 mm ga uzaydi. O‘qlar bo‘yicha massa taqsimoti – 50:50.

Yangi avlod 7-Series konstruksiyasida uglerod tolasi bilan armaturalangan plastik qo‘llandi, buning hisobiga umumiy massa hozirgi avlodga nisbatan 130 kg ga kamaydi. Kompozit materiallaridan markaziy va orqa tayanchlar, shuningdek, markaziy tonnel yasaldi. Eshik va tom alyuminiydan yasalgan.

Aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 15 foizga tushirildi. Bu tubning silliq qoplamasi, orqa qarash ko‘zgularining yangi shakli, g‘ildirak arkalaridan havoni chiqaradigan old qanotlardagi havo uzatuvchilar hisobiga ta'minlandi. Bundan tashqari, radiator panjarasiga havo qopqoqlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular agregatlarning ehtiyojlariga qarab kelayotgan havoni besh bosqichdan yo‘naltira oladi.

Yangi mashina yangi modul platformasiga qurilgan bo‘lib, ham orqa, ham to‘liq uzatmali variantlarda chiqariladi. Uning yangiliklaridan rul boshqaruvining elektromexanik kuchaytirgichlari va to‘liq boshqariladigan shassilarni aytib o‘tish mumkin. Bu yangiliklar orqa uzatmali versiyalar, shuningdek, xDrive’li “yettilik”larga opsiya sifatida taklif qilinadi.

Bu tizimda shahar ichidagi manyovrlar chog‘ida orqa g‘ildiraklar oldidagilariga nisbatan uch daraja qarama-qarshi tomonga, yuqori tezlikda esa old g‘ildiraklar bilan birga o‘sha tomonga ikki darajaga buriladi.

Yangi “yettilik”ka, shuningdek, Executive Drive Pro tizimi taklif qilinmoqda, u 740e’dan boshqa barcha versiyalarda bo‘ladi. U soxta ilgichlar, adaptiv amortizatorlar va elektromexanik yo‘naltiriladigan ko‘ndalang muvozanatning faol stabilizatorlari bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Tizim burilishdagi og‘ishlarni minimallashtiradi, shuningdek, oldindagi yo‘l sharoitlarini o‘rgana oladi va amortizatorlar qattiqligini shunga moslashtiradi. Oldindagi yo‘l haqida ma'lumotlarni tizim stereoskopik kamera, navigatsion ma'lumotlar va haydash uslubi tahlili yordamida oladi.

Bundan tashqari, “yettilik”da yangi avlod iDrive multimedia majmuasi paydo bo‘ldi. U sensorli markaziy displeyga ega bo‘lib, imo-ishoralar yordamida boshqarilishi mumkin. Ekran oldida qo‘l bilan ma'lum harakatlar amalga oshirish orqali ovoz balandligini boshqarish, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish, shuningdek, biror-bir harakatga biror-bir funksiyani biriktirib qo‘yish mumkin. telefonlarni simsiz quvvatlantirish ham ko‘zda tutilgan.

Navbatdagi yangiliklardan biri parkovkani masofadan boshqarishdir. Haydovchi avtomobildan chiqib, jyevakdagi tegishli tugmani bossa, mashina mustaqil ravishda parkovka o‘rniga kiradi yoki tor garajga joylashadi.

“Yettilik”ka 6 silindrli yangi avlod dvigatellari va modernizatsiyalashtirilgan sakkiz silindrli dvigatel o‘rnatildi. Eng ommabop variant 3 litrli 265 kuchli (620 Nm) 730d bo‘lib, u sedanga 5.8 sekundda 100 km/soat tezlikka erishish imkonini beradi. 750i esa 450 kuchli 4.4 V8 dvigateli bilan birgalikda o‘rnatiladi, u 4.4 sekundda 100 km/soat tezligiga erishadi.

Bundan tashqari, modelning 740e gibridli varianti bo‘ladi, uning kuch qurilmasi 4 silindrli 2 litrli dvigatel, 95 ot kuchiga ega elektromotor va litiy batareyalari komplektidan iborat bo‘ladi. Umumiy quvvati 326 ot kuchini tashkil qiladi. Bunday mashina 100 km/soat tezlikka 5.5 sekundda erishadi. Elektr quvvatida yurish zaxirasi – 40 km. Yoqilg‘ining o‘rtacha sarflanish hajmi – 100 km ga 2.1 litr.
Model uchun M Sport sport-paketini xarid qilish mumkin. Bunda kuzov va salonning o‘ziga xos shakli va disklarning eksklyuziv to‘plami diqqatga sazovor.

Bundan tashqari, Bowers and Wilkins auditizimini, tunda ko‘rish tizimini, oldi rang jilosidagi panoramali shisha tomni, ilgarigisidan 75 foizga kattaroq proyeksiyali displeyni to‘plamga qo‘shish mumkin.

Modelga havoni ionizatsiya va aromatizatsiya qiladigan iqlim qurilmasi, orqa qator markaziy suyanchig‘iga mustahkamlangan va butun axborot va ko‘ngilochar tizimni boshqara oladigan 7 dyuymli planshetni ilova qilish mumkin.

Mashina oktyabrda sotuvga chiqarilishi aytilmoqda.


Bu ham qiziq

Yigit kishiga qirq hunar oz

Yigit kishiga qirq hunar oz

Namangandagi koloniyadagi mahkumlarga oshpazlikdan saboq berildi
22:23 / 03.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

Ertaga, 5-iyul kuni ba’zi joylarda chang-to‘zon hodisasi kuzatilishi kutilmoqda

4-5-iyulda respublika hududi bo‘yicha havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 …
11:41 / 04.07.2025
Putin va Tramp yana telefonlashdi

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
09:48 / 04.07.2025
Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi
18:45 / 04.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:02 / 02.07.2025
Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Chexiyada elektr ta’minotining katta uzilishi ro‘y berdi

Mamlakatda jamoat transporti deyarli ishlamay qoldi
19:22 / 04.07.2025
Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:49 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!