Barchamiz har kuni non iste’mol qilamiz. Lekin ba’zi hollarda uning yaroqlilik muddatiga amal qilmaymiz va mahsulotni yomon ahvolga keltirib qo‘yamiz. Natijada aziz ne’matni isrof qilib, tashlab yuborishimizga to‘g‘ri keladi. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun nonni qanday qilib asrash kerakligini bilish lozim. Mazkur maqolani o‘qib chiqib, qoidalarga amal qilsangiz nonni boshqa hech qachon tashlab yubormaysiz.
Mana bu yangi non.
Bu esa 4 kundan keyingi holati. U yaxshigina mog‘orlagan.
Non yangidek turishi uchun bir nechta usullarni qo‘llash mumkin.
Birinchi usulni amalga oshirish uchun bizga “kinder” ichidagi plastik idishcha, yod va paxtali disk (paxtali yostiqcha – kosmetikani tanadan tozalash uchun foydalaniladi) kerak bo‘ladi.
Igna yordamida idishchada mayda-mayda teshiklar hosil qilamiz.
Keyin paxtali diskka 4 tomchi yod tomizib, idishcha ichiga solib qo‘yamiz.
Undan keyin esa paxtali idishni non idishining ichiga qo‘yamiz.
Mana bu rasmlarda 4 kun avval va keyingi holat ko‘rsatilgan. Ko‘rib turganingizdek nonda hech qanday mog‘or yo‘q. Nonda eskirganlik hidini ham sezmaysiz.
Aytgancha, idishda mog‘orlagan non bo‘lsa, yangisini solishdan avval eskisini olib tashlab, idishni yuving. Ana undan keyin yangi nonni solib, yuqoridagi amaliyotni qo‘llasangiz kutilgan natijaga erishasiz.
Bundan tashqari, tadqiqot davomida yana 3 usul qo‘llab ko‘rildi. Ya’ni bunda non saqlanadigan idishlarga olma, tuz, kartoshka bo‘laklari solib qo‘yildi.
4 kundan keyin nonlar tekshirilganda ularda hech qanday mog‘or izlari topilmadi.
To‘g‘ri, bu usullar orqali nonni yaxshi saqlash mumkin. Ammo ularni qo‘llash biroz qaltisroq, chunki bu holatda non juda uzoq vaqt yangidek bo‘lib turaveradi, ammo o‘tgan vaqt oralig‘ida unda juda ko‘p bakteriyalar yig‘iladi. Bakteriyalar esa inson salomatligi uchun salbiy ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Shuning uchun birinchi usul eng maqbuli hisoblanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!