$
12634.34 UZS
-18.98
162.37 UZS
0.48
14821.34 UZS
-0.76
36° Kechasi 23°

“Bizni baribir kuzatishadi”: Nega brauzerning inkognito rejimi foydasiz?

13:48 / 03.05.2020

Inkognito – bu yashirin degan ma’noni bildirib, o‘z ismini yashirgan holda, taxallus yoki o‘ylab topilgan ismdan foydalanish.

Inkognito rejimida sizning internet orqali izlagan va ko‘rgan ma’lumotlaringiz boshqa qurilmadagi foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi. Chrome brauzer tarixidagi ma'lumotlarni saqlamaydi. Inkognito rejimidan chiqishda cookie-fayllar va sayt ma'lumotlari yo'q qilinadi.

Bu rejimning boshqalardan farqi nima?

•  Internet orqali ko‘rgan narsalaringiz tarixi o‘chib ketadi;
•  Qidiruvlaringiz tarixi saqlanmaydi;
•  Yangi parollar yozib olinmaydi;
•  Vaqtinchalik fayllar va saytlardagi ma’lumotlar saqlab qolinmaydi;

Inkognitoning bu va boshqa bir qancha qulayliklari mavjud. Ammo ushbu rejim ma’lumotlaringizni katta qismini himoya qila olmaydi. Google va Mozilla bu haqida ochiqdan-oydin ogohlantiradi. Chrome foydalanuvchilari ushbu rejimni ishga tushirayotganlarida bu haqida ma’lumotga ega bo‘lishadi. Apple va Microsoftning brauzerlari bu haqida ogohlantirib, foydalanuvchilarni bezovta qilishmaydi.

Chrome va Firefoxning ogohlantirishlariga qaramasdan, foydalanuvchilar xavfsizliklari yo‘lida ushbu rejimdan foydalanishmoqda. Olimlar Chrome, Firefox, Edge, Safari, Opera va Brave foydalanuvchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazishdi. Mana natijalar:

•  56,3% foydalanuvchilar xavfsizlik rejimida qidiruvlari tarixi o‘chib ketishiga ishonishar ekan.

•  40,2% foydalanuvchilar inkognito rejimida saytlar ular turgan joyni aniqlay olmaydi, deb hisoblashadi.

•  37% insonlar internet-provayderlar, ish beruvchilar va hukumat ularni inkognito rejimida kuzata olmaydi deb o‘ylashadi.

•  27,1 % foydalanuvchilar inkognito rejimi viruslardan ximoya qiladi deb hisoblashadi.

Nega inkognito rejimi xavfsiz emas?

•  Agar inkognito rejimi siz tashrif buyurgan saytlarni brauzer tarixiga yozib qolmayotgan bo‘lsa ham, bu ma’lumotlarni sizning IP-manzilingiz orqali kuzatishlari ham mumkin. Bu holda siz qaysi saytlarga kirayotganingizni sizning internet-provayderingiz, ish joyingizdagi mahalliy tarmoq administratori, Wi-Fi-hududning egasi yoki har qanday IP-manzilingizni kuzatayotgan inson bilib olishi mumkin.

•  Agar brauzerlar orqali Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga kirsangiz, qidiruv so‘rovlaridan tashqari ushbu ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rilgan har bir sahifa saqlanib qolinadi.

Brauzerning aniqlash (идентификация) tizmi qanday ishlaydi?

Googlening faol foydalanuvchilarini aniqlashning o‘z uslublari bor. Qidiruv tizimlari buni “brauzer barmoq izi” deyishadi. Agar siz ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz va hatto cookies fayllarini ishlatmasangiz ham, quyidagi ma’lumotlar orqali saytlar baribir sizning brauzeringizni aniqlab olishadi:

•  Brauzer sarlavhalari orqali (User Agent, HTTP, ACCEPT, Do Not Track);
•  Ekran parametrlari orqali;
•  Brauzerga o‘rnatilgan kengaytmalar orqali;
•  Operatsion tizimining vaqti;
•  Tizim tili yordamida;
•  Shriftlaringiz sozlanmasi va hajmi orqali.

Agar siz qo‘llayotgan brauzer qay darajada himoyalanganini bilmoqchi bo‘lsangiz, buni Panopticlick sayti orqali tekshirishingiz mumkin.

Haqiqiy maxfiylikni nima ta’minlaydi?

Qidiruv tizimidagi targetlashgan reklama uchun mo‘ljallangan ushbu ayyorliklar oddiy foydalanuvchilar uchun ham asqatishi mumkin.

VPN

Virtual xususiy tarmoq sizning IP-manzilingizni yashiradi va uni o‘rniga o‘chib ketgan VPN-serverni ko‘rsatadi. Shunday qilib, reklama platformalarida IP-manzilingizni brauzeringiz bilan bog'lash yanada qiyinlashadi.

Tor

Ushbu anonim tarmoq sizni belgilangan serverga ulashdan oldin trafikingizni bir nechta tasodifiy xostlar orqali o'tkazadi. Tezligi bilan sizni hayron qoldira olmasligi mumkin, ammo bu brauzerda xavfsizlik choralari yuqori.

Ghostery

Reklama platformalarida brauzerlarni aniqlashni qiyinlashtiradigan bir nechta kengaytmalar mavjud. Ulardan biri – Ghostery. U sahifalardagi kuzatuv trekerlarini ortiqcha trafik sarflamasdan o‘chirib tashlaydi.


Bu ham qiziq

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Samarqandda sifatsiz qurilayotgan maktablar buzib tashlandi

Ularda rekonstruksiya ishlari sifatsiz holda amalga oshirilayotgani aniqlangan.
17:34 / 12.07.2025
Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ozarbayjonga keldi

Ozarbayjon rahbari bu uchrashuvni o'ta muhim deb atagan
19:59 / 12.07.2025
Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Fransiyada X va uning rahbariyatiga nisbatan tergov boshlandi

Milliy matbuotda chop etilgan xabarlarga ko‘ra, Parij Bosh prokurori Laure Beccuau yozma bayonotida, Parij prokuraturasi X p…
10:57 / 12.07.2025
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yaponiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda kun tartibidagi bir qancha masalalar muhokama qilindi
19:01 / 12.07.2025
Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Putin AQShdan sanksiyalar kutmoqda

Amerikaning The New York Times nashri yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Moskvag…
12:22 / 12.07.2025
O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Afg‘oniston va Pokiston transport idoralari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
22:43 / 11.07.2025
O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

O‘zbekiston 10,6 mln dollarlik quritilgan o‘rik eksport qilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 ming tonnaga yoki 36 % ga oshgan
18:10 / 12.07.2025
“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

“Qalpoq” yumoristik jamoasi aktyori hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda jamoa asoschisi Rahmonali Suropov ma’lum qildi
18:29 / 13.07.2025
Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkentda sun’iy intellektga asoslangan kameralar ishga tushdi

Toshkent shahridagi 10 ta piyodalar o‘tish joyida AI (sun’iy intellekt) texnologiyasiga asoslangan kuzatuv kameralari ishga …
09:50 / 12.07.2025
Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyati IIB haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
17:31 / 13.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!