$
12790.12 UZS
-4.9
130.03 UZS
-1.59
13936.11 UZS
42
18° Kechasi 12°

Toshkentdagi “pasport stol”larda nega aynan bir nomdagi sug‘urta kompaniyasi faoliyat ko‘rsatayotganiga izoh berildi

16:08 / 21.06.2021

Bugun, 21-iyun kuni AOKA majlislar zalida "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Xabardor.uz muxbiri IIV mutasaddilaridan Toshkent shahar IIBB tizimidagi ayrim “pasport stol”larida xorijga chiqish pasporti va ID-kartalarni sug‘urta polisisiz (“Gross Insurance” sug‘urta kompaniyasi xizmati) rasmiylashtirilmayotgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishlarini so‘radi. 
–  Nega aynan bitta sug‘urta kompaniyasi? Chunki bu ko‘pchilikda "o‘zaro qandaydir yozilmagan kelishuvlar bor" degan shubhani uyg‘otyapti.
Joylardagi xodimning eshikdan kirib kelgan oddiy aholiga sug‘urta qildirishi kerakligi haqidagi “tavsiya”si qanchalik qonuniy? – deb so‘ragan muxbir.

IIV Migrasiya va FRBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Xodjayevga ko‘ra, mazkur sug‘urta kompaniyasi va vazirlik tizimidagi markaz o‘rtasida o‘zaro shartnoma mavjud bo‘lib, muxbir nazarda tutayotgan holat aynan shu shartnoma asosida tartibga solingan.

–  Haqiqatan oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan xorijga chiqish biometrik pasporti va ID-kartalarni sug‘urta qilish yuzasidan ayrim xabarlar va ma’lumotlar  kelib tushmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 389-sonli qaroriga asosan IIV huzurida “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish” DUK tashkil etilgan. Ushbu unitar korxona va “Gross Insurance” MChJ sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida 2020-yil 2-noyabr kuni shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi xodimlari “Gross Insurance” MChJ sug‘urta kompaniyasini sug‘urta agentlari, deb belgilangan. Sug‘urta agentlari xorijga chiqish biometrik pasportlari va ID-kartalarni yo‘qotish, yaroqsiz holatga keltirish xavfidan sug‘urtalash uchun mijozlarni qidirish va ular bilan ixtiyoriy ravishda sug‘urta shartnomasini tuzish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlarni tayyorlab rasmiylashtirish bilan shug‘ullanadilar, – deydi Shuhrat Xodjayev.


Bu ham qiziq

Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Infarktdan so‘ng yurak faoliyatini tiklash yo‘li topildi

Nature Cardiovascular Research xalqaro jurnalida inson tanasidagi GPNMB oqsili infarktdan keyin yurak to‘qimasi tiklanishi m…
11:56 / 04.11.2024
Toshkentda “Yashil shahar” kuni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “Yashil shahar” kuni bo‘lib o‘tadi

Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:03 / 03.11.2024
Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Toshkentda 7-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi

Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.
11:45 / 04.11.2024
5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

5-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-noyabr kuni havo biroz bulutli bo‘ladi…
22:46 / 04.11.2024
Peruda futbolchi yashin urushi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Peruda futbolchi yashin urushi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
14:11 / 04.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi aholi tomonidan loybo‘ron qilindi

Ispaniya qiroli va qirolichasi aholi tomonidan loybo‘ron qilindi

“Meduza” nashri xabar berishicha, suv toshqinidan katta zarar ko‘rgan Valensiya chekkasidagi Payporta shahriga tashrif buyur…
11:27 / 04.11.2024
FVV sel xavfidan ogohlantirdi

FVV sel xavfidan ogohlantirdi

Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lum qilmoqda.
17:29 / 04.11.2024
Ramzan Qodirov qizini medal bilan mukofotladi

Ramzan Qodirov qizini medal bilan mukofotladi

“Respublika rahbari qo‘lidan “Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti Axmat-Xajji Qodirov xotirasi” medalini olish…
20:51 / 03.11.2024
“Qamchiq”dagi tunnelda avtomashinalar bir tasmada harakatlanmoqda

“Qamchiq”dagi tunnelda avtomashinalar bir tasmada harakatlanmoqda

Bunga sabab ushbu hududda ta’mirlash ishlari olib borilayotganidir.
12:40 / 04.11.2024
Metroning “Choshtepa” bekatida nosozlik sabab poyezd to‘xtab qolgan

Metroning “Choshtepa” bekatida nosozlik sabab poyezd to‘xtab qolgan

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.
10:18 / 04.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!