$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
27° Kechasi 17°

Ularning iste'dodiga hech kim ishonmagan edi...

14:58 / 13.04.2015

Jamiyat hayotga o‘zgacha yondashadigan odamlarni qabul qilishni istamaydi. Ularga “iqtidorsiz”, “istiqbolsiz”, “umidsiz” qabilida yorliq yopishtirishadi. Lekin qalbida buyuk g‘oyalarni tashigan insonlarga bunday yorliqlar va ayblovlar to‘sqinlik qila olmaydi.

Agar siz ham birortadan shunday ayblovlar eshitgan bo‘lsangiz, hech umidsizlikka tushmang. Siz shunchaki dunyoga boshqacha ko‘z bilan qaraysiz va bir kuni albatta o‘z maqsadingizga erishasiz. Buni isbotlash uchun mana shunday qoliplardan chiqib keta olgan 15 nafar buyuk shaxsni eslab o‘tamiz.

 

Fyodor Shalyapin

Bir kuni ikkita qashshoq talaba – Fyodor Shalyapin va Aleksey Peshkov tirikchilik payida cherkov xoriga va gazetaga ish qidirib borishgan. Eng qizig‘i shundaki, Shalyapinni qo‘shiq aytishga iqtidori yo‘q deb hisoblab, xorga Peshkovni olishgan, Shalyapin esa o‘z navbatida “adabiyotga iqtidori bor” deb baholanib, gazetaga ishga qabul qilingan. Taqdirni qarangki, oxir-oqibat Shalyapin buyuk qo‘shiqchiga, Peshkov esa keyinchalik Maksim Gorkiy nomi bilan tanilgan buyuk yozuvchiga aylandilar.

 

Mixail Vrubel

Tarixiy kitoblarda qiziq voqea o‘z aksini topgan: 1884 yil yozida Korovin va Vrubel Kiyevning tamaddixonalaridan birida ovqatlanishgan. Pul o‘rniga Vrubel muassasa xo‘jayiniga o‘z rasmlaridan birin taklif qilgan. Xo‘jayinning jahli chiqib, ikki rubl o‘rniga unga allaqanday bo‘lmag‘ur rasm taklif qilinganidan noroziligini bildirgan. Ikki kundan so‘ng Vrubel restoranga ikki rubl olib kelib, garovga tashlab ketgan “Sharqona ertak etyudi” kartinasini olib kelgan. Bu kartina rassomning eng buyuk asarlaridan sanalib, bir asrdan buyon Rus muzeyida saqlanadi.

 

Vladimir Nabokov

1916 yilda Tenishev bilim yurti talabasi bo‘lgan Nabokov o‘z hisobidan she'riy to‘plam chop ettirdi. Kitobdan joy olgan 67 she'rning barchasi bilim yurti o‘qituvchisi V. Gippius tomonidan yer bilan bitta qilindi. Nabokov tanqidga qo‘shilsa ham, she'r yozishdan to‘xtamadi va zamonasining eng mashhur ijodkorlaridan biriga aylandi.

 

Alfons Muxa

Praga nafis san'at akademiyasiga hujjat topshirgan yosh rassom Alfons Mariya Muxani imtihon oluvchilar “mutlaqo iqtidorsiz” deb baholashdi. Ammo oradan bir necha yil o‘tib, imtihondan yiqilgan abituriyent ar-nuvo uslubining asoschisiga aylandi.

 

Faina Ranevskaya

1992 yilda Ranevskaya Angliyada chiqadigan Who is who ensiklopediyasi muharrirlari tomonidan XX asrning 20ta eng buyuk aktrisalari ro‘yxatiga kiritildi. Shunga qaramay, Moskva tashqarisidagi teatrlardan biriga ish qidirib borgan yosh aktrisa “mutlaqo iqtidorsiz” degan baho olib, ishga qabul qilinmagan edi.

 

Uolt Disney

Mikki Mausni yaratgan buyuk multiplikator, Disney kinostudiyasi asoschisi butun dunyoga mashhur bir necha yuz animatsion personajlar muallifi Uolt Disney karerasini bir nashrda karikaturist sifatida boshlagan edi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay uni “rasm chiza olmaslikka bo‘lgan g‘aroyib qobiliyati va fantaziyaning yo‘qligi” tufayli ishdan bo‘shatishgan.

 

Stiven Spilberg

Mashhur rejissyorni “iqtidorning yo‘qligi” uchun kinofakultetga qabul qilishmagan. Ammo u taslim bo‘lishni istamay, Universal kompaniyasiga “Amblin” nomli 20 daqiqali qisqa metrajli filmini eltib bergan. Bu filmni ko‘rgan kompaniya mutasaddilari yosh rejissyor bilan shartnoma tuzib, uning iste'dodini kashf qilishdi.

 

Albert Eynshteyn

Nobel mukofoti sovrindori Albert Eynshteyn 4 yoshiga gapira olmagan, kollejda esa uning uchun eng qiyin fan fizika bo‘lgan. Maktabda ham, kollejda ham muntazam ravishda “ikki” baho olgan Eynshteyn o‘zining fizikaga qobiliyati borligiga ishonishda davom etdi. U yaratgan ehtimollar nazariyasini esa, olimning fikricha, dunyoda faqat o‘n kishi tushunishi mumkin.

 

Aleksandr Butlerov

Kimyoviy qurilish nazariyasi asoschisi bo‘lmish Butlerov Qozon universitetida o‘qib yurgan kezlari laboratoriyada yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan edi. Jazo tariqasida uning ko‘kragiga “buyuk kimyogar” degan yozuv ilib, barcha talabalar ichida aylanib chiqishga majbur qilishgan edi. Bu haqorat pirovardida haqiqatga aylandi – Butlerov zamonasining eng buyuk kimyogarlaridan biri bo‘la oldi.

 

Juzeppe Verdi

1832 yilda Milan konservatoriyasiga bir yosh yigit kelib, direktordan uning asarlarini tinglab ko‘rishni iltimos qildi. Bunga javoban direktor yosh ijodkorga “Agar musiqa bilan shug‘ullanishni xohlasa, shahardagi daydi musiqachilar ichidan ustoz qidirib ko‘rishini” maslahat berdi. O‘n yillardan so‘ng mana shu Milan konservatoriyasi bir vaqtlar o‘z bag‘riga qabul qilishni istamagani bastakor Juzeppe Verdi nomini olish uchun boshqa musiqa bilim yurtlari bilan shafqatsiz kurashishiga to‘g‘ri keldi.

 

Lyudvig van Betxoven

Lyudvig van Betxoven bilim yurtida olti yil o‘qiy oldi xolos. Undan so‘ng ustozlari tomonidan “umidsiz” deb baholanib, o‘qishdan chetlashtirildi.

 

Sergey Prokofev

Prokofevning ”Romeo va Juletta” baletiga yozib bergan musiqasi shunchalar “yoqimsiz” deb topilgan ediki, sahna asari muxlislar tomonidan sovuq kutib olinishidan qo‘rqqan orkestr jamoasi premerani bir necha kunga qoldirishga va musiqani qayta ishlashga qaror bergan edi. Lekin bu ish teskari natija berdi, aynan Prokofevning musiqasi orkestrning shuhratini ta'minladi.

 

Shuningdek...

Ammo bu shaxslar bilan o‘z vaqtida tan olinmay, keyinchalik muvaffaqiyat cho‘qqisiga chiqa olgan mashhurlar ro‘yxati tugab qolmaydi. Isaak Nyuton sinfidagi eng “bilimsiz” o‘quvchi sanalgan, Dmitriy Mendeleyev Peterburg universiteti kimyo fakulteti imtihonidan o‘tolmagach, pedagogika universitetiga kirishga majbur bo‘lgan, fizika bo‘yicha Nobel mukofotining bo‘lajak sovrindori Pyotr Kapitsa esa Kronshtadt bilim yurtidan haydalgan. Lekin bu ularga buyuk maqsadlarga erishishga xalaqit bermagan. Axir asosiysi senga berilgan baho emas, sen o‘zingni kim deb bilishingdir.


Bu ham qiziq

Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi

Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha besh yillik dastur qabul qilinadi

O‘zbekistonda bolalardagi onko-gematologik kasalliklarning yarmidan ko‘pi so‘nggi bosqichlarda aniqlanmoqda.
16:10 / 07.05.2025
Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Andijonda Farg‘ona kanali qirg‘oqlari shikastlanishi natijasida xonadonlarni suv bosdi

Ayni paytda viloyat Norin Qoradaryo Irrigatsiya tizimlari boshqarmasi tomonidan suv butkul to‘xtatilgan.
13:06 / 08.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

9-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
21:16 / 08.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Fridrix Mersga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Fridrix Mersni ushb…
20:08 / 07.05.2025
Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank soxta ma’lumot tarqatuvchilardan ogohlantirdi

Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.
12:19 / 08.05.2025
O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga aprel oyida bir milliondan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonda 2025-yil aprel oyida sayyohlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir oy ichida bir milliondan ortiq chet ellik…
09:06 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz”

Prezident raisligida tibbiyot sohasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
15:11 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!