$
12915.07 UZS
15.07
156.43 UZS
-0.89
14659.90 UZS
64.84
35° Kechasi 18°

Eng yirik kema halokatlaridan 3 marta omon qolgan eng omadli qiz

17:03 / 02.11.2016

Vayolett Jyessopning ajoyib hayot yo‘li to‘liq metrajli film olishga arziydi. Sababi, u birdaniga o‘tgan asrning uchta ulkan kemasida yashashga muvaffaq bo‘ldi. Bolalik chog‘ida qiz sil kasalligiga chalinadi, shifokorlarning yomon tashxisiga qaramay, u tuzalib ketdi. 23 yoshida Vayolett transatlantik reyslar o‘tkazuvchi kompaniya — White Star Line'ga styuardessa bo‘lib ishga kiradi.

Vayolett ulkan «Olimpik» kemasining bortida ishlaydi. 1911 yil kemaning omadsiz manevra qilinishi natijasida boshqa kemaga to‘qnashib ketadi va buning oqibatida 14-metrli teshik hosil bo‘ladi. Hayriyatki, bu halokat qurbonlarsiz bo‘ladi.

Qiz kompaniyada ishlashda davom etadi va 1912 yil 12 aprel kuni ekipajning boshqa a'zolari bilan «Olimpik»ning boshqa egizagi — «Titanik»ga ishga o‘tadi. Avvaliga, qiz bu kemaga chiqishni istamaydi, biroq do‘stlari «Titanik»da ishlash yaxshi tavsiyanoma bo‘lishini aytishgani tufayli u kemada qoladi. 

14 dan 15 aprelga o‘tar kechasi ulkan layner halokatga uchraydi, Vayolett esa boshqa styuardessalar bilan 16 raqamli qayiqda kemani tark etishga muvaffaq bo‘ladi. U o‘z xotiralarining birida qayiqga o‘tirgach, ofitserlardan biri yosh chaqaloqni qo‘liga topshiradi. Bolakay bilan qiz «Karpatiya» kemasiga chiqadi. U yerda bir ayol bolani qo‘lidan tortib olib, bir so‘z ham demay, qochib ketganini aytib o‘tgan. 

XX asrning eng katta kema halokati Vayolettni ishdan ketishiga sabab bo‘lmaydi. Birinchi jahon urushida qiz «Britanik» qutqaruv kemasida Qizil Xoch hamshirasi bo‘lib ishlaydi.

1916 yil noyabrida kema nemis minasida portlab ketadi. Qutqaruv opretsiyasi davomida ikkita kema suvga tushadi, biroq baxsiz hodisa yuz beradi: qayiqlarni «Britanik»ning aylanayotgan vintlari torta boshlaydi . Vayolett Jyessop shu qayiqlarning birida bo‘ladi, biroq u sakrab, tushib qoladi.

42 yoshida Vayolett Jyessop yo‘lovchi laynerlarida xizmat qiladi, «Belgenland» kemasida ikki marta dunyo bo‘ylab sayohat qiladi. Bu ajoyib ayol uzoq umr kechiradi va  83 yoshida vafot etadi.


Bu ham qiziq

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqandda yigit qiz bola sinfdoshidan tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 21-maktab o‘quvchilari aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘l…
21:27 / 03.05.2025
Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum

O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi Naoya Inoue o‘rtasida super jang bo‘lib o‘ta…
19:20 / 04.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan 7 kishi qutqarildi

Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan 7 kishi qutqarildi

Bu haqda viloyat FVV xabar bermoqda.
09:49 / 05.05.2025
Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metandan so‘ng propan ham 21 foizga oshdi

Metanning keskin ko‘tarilishi fonida sakkiz kun ichida propan narxi 1130 so‘mdan ortiqqa yoki 21,4 foizga oshgan.
19:07 / 03.05.2025
Toshkentda Orlando yonib ketdi

Toshkentda Orlando yonib ketdi

Bugun, 3-may kuni soat 11:52 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida Orlando rusumli avtomobilda yong‘in …
12:52 / 03.05.2025
Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Ertaga O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” bunday harorat may oyining boshiga qaraganda ko‘proq yoz mavsumi uchun xos ekanini ma’lum qildi.
12:16 / 03.05.2025
Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Rayan Garsiya faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi

Nyu-Yorkdagi “Times Square” arenasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
12:28 / 03.05.2025
Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Tramp xorijiy filmlarga 100 foiz boj joriy qilishga va’da berdi

Donald Trampning fikricha, bu “katta tezlikda” halokatga uchrayotgan Amerika kino sanoatini himoya qiladi.
12:42 / 05.05.2025
Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Oliy toifali o‘qituvchilarga pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etiladi

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Maktab…
14:15 / 04.05.2025
Isroilning G‘azoga bo‘lgan so‘nggi hujumlarida 39 kishi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga bo‘lgan so‘nggi hujumlarida 39 kishi halok bo‘ldi

“SAXALning Xon-Yunisdagi ko‘chirilganlar lageriga uyushtirgan zarbalarida 11 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida 3 …
16:41 / 04.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!