$
12067.76 UZS
-70.91
145.64 UZS
0.28
14141.00 UZS
-35.75
31° Kechasi 18°

Dunyodagi birinchi avtomobilni kim va qachon ixtiro qilgan?

10:46 / 02.09.2019

Eng birinchi benzin bilan ishlaydigan avtoulov avstriyalik muhandis Zigfrid Markus tomonidan ishlab chiqilgan. Tajribalar paytida u tasodifan havo bilan benzin bug'lari aralashmasining yonayotganiga guvoh bo‘ldi. Bu esa unda keyinchalik benzindan yoqilg'i sifatida foydalanish g'oyasi tug‘ilishida turtki bo‘ldi. Shu bilan Markus tufayli benzin bilan ishlaydigan dastlabki dvigatel “dunyoga keldi”. 1864-yilda dvigatel oddiy vagonga o'rnatildi va sinovdan o‘tkazildi.

Ammo taqdir doim ham o‘z egasini siylayvermaydi. Ya’ni Markusning ilk dvigatelidan 11 yil o‘tib ixtiro qilingan dastlabki avtomobil sabab — uloq Karl Benz va Gottlib Daymlerlarda ketdi.

Xo‘sh, ilk avtomobil ixtirochilari kimlar edi? 

Rasmiy manbalarga ko'ra, dunyodagi birinchi avtomobilni yaratish Karl Benz, Gottlib Daymlerning qobiliyatli muhandislarining xizmatlaridir. Ammo Daymler benzin bilan ishlaydigan birinchi dvigatel ixtirochisi sifatida tanilgan. Dvigatel 1883-yilda ishlab chiqilgan bo'lib, u ilk o'zi harakatlanadigan ekipajni yaratishga turtki bo'lgandi.

Dastlabki avtomashina qachon yaratilgan? 

Uning yaratilishi 1885-yilda ichki yonish dvigateliga ega birinchi avtomobilni yaratgan Karl Benz bilan bog‘liq. Bir yil o'tgach, u innovatsion ixtiro uchun patent oldi va shu bilan benzinda harakatlanuvchi dvigatelli mashinalarni yaratishga ruxsat oldi. Karl Benz nafaqat avtomashina dizaynini ishlab chiqdi va patent oldi, balki keyinchalik turli modellarni yaratdi va konveyer usulida ishlab chiqarishni ham yo'lga qo'ydi.

Birinchi mashina nima edi?

Karl Benzning ilk avtomashinasining ba’zi elementlari o'sha yillarda mashhur bo'lgan uch g‘ildirakli velosipedga o'xshash edi. Dizayn zanjirli disk, naycha (truba)li “rama”lar va zanjirli uch g'ildirak bilan jihozlangandi. Avtomobil soatiga 13 km tezlikda harakatlana olardi. Ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan Benz 8 yil davomida 69 dan ortiq mashinalarni foydalanuvchilarga yetkazib berdi. 1894-yildan so'ng esa u pnevmatik shinalari bo'lgan ikki silindrli dvigatelga ega to'rt g'ildirakli transport vositalariga e'tibor qaratishni boshladi. O'sha yili taxminan 67 ta mashina sotilgan bo‘lsa, 1900-yilga kelib bu ko'rsatkich o'n barobarga ko'paydi - 603 donaga yetdi.


Bu ham qiziq

Ayni paytda bemor bolalarning ahvoli va bugungi vaziyat qanday?

Ayni paytda bemor bolalarning ahvoli va bugungi vaziyat qanday?

Toshkent viloyati bog‘chalaridagi zaharlanish holatidan so‘ng shifoxonalarda davolanayotgan bolalarning salomatligi haqida m…
10:49 / 28.09.2025
O‘zbekistonda iste’mol muddati yaqinlashgan oziq-ovqat mahsulotlariga chegirmalar joriy qilinadi

O‘zbekistonda iste’mol muddati yaqinlashgan oziq-ovqat mahsulotlariga chegirmalar joriy qilinadi

Mahsulotlar narxi har 10 kunda bosqichma-bosqich pasaytiriladi.
14:31 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi

Toshkent viloyatida yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar berdi.
09:29 / 28.09.2025
O‘zbekistonda AES qurilishi elektr energiyasi narxini pasaytiradi

O‘zbekistonda AES qurilishi elektr energiyasi narxini pasaytiradi

26-sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan “Jahon atom haftaligi” forumi doirasida Azim Ahmadxo‘jayevning Spot nashriga bergan …
16:28 / 28.09.2025
Tramp oilasining boyligi u prezidentlikka saylangandan keyin keskin ortdi

Tramp oilasining boyligi u prezidentlikka saylangandan keyin keskin ortdi

Forbes’ning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp 2024-yil noyabridan beri boylikl…
16:21 / 28.09.2025
Qozog‘istonda qor yog‘di

Qozog‘istonda qor yog‘di

“Birinchi qorning suratlari hudud aholisi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rilmoqda”, – deya xabar bermoqda Kazinform.
09:21 / 29.09.2025
O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini sotib ola boshladi

O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini sotib ola boshladi

Rossiya neft ta’minotidagi uzilishlar fonida O‘zbekiston yoqilg‘i importni diversifikatsiya qilmoqda.
08:45 / 28.09.2025
Netanyaxuning BMTdagi nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmagan

Netanyaxuning BMTdagi nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmagan

Ynet nashri nutq boshlanishidan avval zalni ommaviy tark etgan yoki umuman qatnashmagan davlatlarni sanab chiqdi.
15:22 / 28.09.2025
O‘zbekistonga 8 oyda 7,5 mln turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 8 oyda 7,5 mln turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 7,5 mln nafar chet el fuqarolari …
11:29 / 29.09.2025
Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Xitoyda sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri poraxo‘rlikda ayblanib, o‘limga hukm qilindi

Agar u ushbu muddat tugagunicha yangi jinoyatlar sodir etmasa, jazo umrbod qamoqqa almashtirilishi mumkin.
14:32 / 29.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!