$
11778.52 UZS
-39.55
138.96 UZS
-2.73
13733.75 UZS
-54.39
31° Kechasi 18°

Tramp oilasining boyligi u prezidentlikka saylangandan keyin keskin ortdi

16:21 / 28.09.2025

Forbes’ning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp 2024-yil noyabridan beri boyliklarini 3 milliard dollarga oshirib, jami 7,3 milliard dollarga yetkazishgan. Forbes tomonidan tuzilgan dunyoning eng boy odamlar ro‘yxatida Donald Tramp 118 pog‘ona yuqorilagan va hozir 201-o‘rinni egallab turibdi.

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, boylikning katta qismi, taxminan 2 milliard dollar, Trampning kriptovalyutalarga qilgan investitsiyalari bilan bog‘liq.

Tramp, shuningdek, Nyu-York shtati apellyatsiya sudi firibgarlik ishida unga belgilagan jarimani bekor qilganidan so‘ng 500 million dollar tejagan. Bundan tashqari, Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp o‘z ismini poyabzal, soatlar va parfyumeriya kabi mahsulotlarga litsenziyalash orqali qo‘shimcha 400 million dollar daromad olgan.

Donaldning rafiqasi Melaniya o‘zining chiqishlari, kitoblari va shaxsiy memkoin chiqarishi orqali oilaviy boylikni yana 200 million dollarga oshirgan.

“Prezidentning o‘g‘illari — kichik Donald va Erikning boyligi o‘tgan yildan beri mos ravishda 50 dan 500 million dollarga va 40 dan 750 million dollarga oshgan. Ular, shuningdek, American Bitcoin va World Liberty Financial kriptovalyuta kompaniyalaridagi ulushlarga egalik qilishadi. Qizi Ivankaning eri Jared Kushner esa Affinity Partners investitsiya kompaniyasi orqali asosan Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA investorlaridan jami 4,6 milliard dollar jalb qilgach, milliarderga aylangan. Kushner, shuningdek, Trampning ko‘chmas mulk kompaniyasida 560 million dollarlik ulushga ega”, – deb yozmoqda Forbes.



														
														Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026

														
														Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026

														
														Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026

														
														Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026

														
														AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

“Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Todd Blansh yakshanba kuni kechqurun prezident Tramp tarafdorlariga kompensatsiya to‘la…
17:29 / 03.08.2026

														
														Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi.
16:40 / 02.08.2026

														
														Eron Yevropa Ittifoqini tinch aholiga qarshi hujumlarda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

Eron Yevropa Ittifoqini tinch aholiga qarshi hujumlarda AQSh va Isroilni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

“Yevropa Ittifoqi Eron tinch aholisiga qaratilgan hujumlarda AQSh va Isroilga bevosita yordam ko‘rsatdi”, – dedi Eron Tashqi…
12:27 / 25.07.2026

														
														Tramp AQSh Ukrainaga qurol sotmasligini aytdi

Tramp AQSh Ukrainaga qurol sotmasligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurol sotmasligini aytdi.
22:24 / 24.07.2026

														
														Isroil havo kuchlari Livan janubidagi hududlarga zarbalar berdi

Isroil havo kuchlari Livan janubidagi hududlarga zarbalar berdi

Isroil samolyotlari 11-iyul shanba kuni Livan janubidagi bir nechta hududlarga zarba berdi, deb xabar berdi Livan harbiy man…
16:09 / 11.07.2026

														
														AQShda kamida 25 kishi anomal issiqdan halok bo‘ldi

AQShda kamida 25 kishi anomal issiqdan halok bo‘ldi

O‘limlarning birinchisi payshanba kuni sodir bo‘lgan va marhumlarning yoshi asosan 30 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan.
14:56 / 06.07.2026

Bu ham qiziq

Sherzod Asadov xalqaro mediaforum ochilishida ishtirok etdi

Sherzod Asadov xalqaro mediaforum ochilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkent va Samarqandda o‘tkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi n…
14:08 / 25.08.2026
26-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-avgust kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

26-avgust kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:07 / 25.08.2026
Shavkat Mirziyoyev: 35 yil — tarix uchun juda qisqa davr

Shavkat Mirziyoyev: 35 yil — tarix uchun juda qisqa davr

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topsh…
12:54 / 26.08.2026
AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashladi

AQSh Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan olib tashladi

AQSh 24-avgust kuni Suriyani “terrorizm homiylari” davlatlar ro‘yxatidan rasman chiqardi. Qaror mamlakatning 1979-yildan buy…
09:35 / 25.08.2026
Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026
O‘zbekistonda qimorni targ‘ib qilgan 76 ta sayt bo‘yicha chora ko‘rildi

O‘zbekistonda qimorni targ‘ib qilgan 76 ta sayt bo‘yicha chora ko‘rildi

2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi 76 ta veb-sayt …
16:06 / 25.08.2026
Netanyaxu: Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga uringan

Netanyaxu: Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirishga uringan

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron uning o‘g‘illaridan birini o‘ldirishga uringanini ma’lum qildi. Biroq u voqea qac…
09:31 / 25.08.2026
Tolibon Afg‘onistondagi xususiy universitetlarda uchta yo‘nalishni yopmoqchi

Tolibon Afg‘onistondagi xususiy universitetlarda uchta yo‘nalishni yopmoqchi

Afg‘onistonda “Tolibon” xususiy oliy ta’lim muassasalarida ayrim ta’lim yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich yopishni rejalasht…
15:29 / 26.08.2026
Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026
Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlari…
20:03 / 26.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!