$
12591.71 UZS
-84.4
160.18 UZS
-1.38
14821.70 UZS
-153.86
40° Kechasi 25°

Eng tez internetga ega davlatlar

10:22 / 10.11.2014

Turli davlatlarda Internetga ulanish tezligi tig‘iz paytdagi o‘rtacha aloqa tezligi bilan o‘lchanadi. U o‘zida ma'lum hududda barcha ro‘yxatdan o‘tgan IP-adreslar tezligining o‘rtacha qiymatini aks ettiradi. Turli davlatlarning aloqa tizimlari turlicha quvvatga ega hamda optik-tolali yuqori tezlikdagi tarmoqlar bilan qamranganligi ham turlichadir. Quyida eng tez internetga ega bo‘lgan 10 ta davlat ro‘yxatini keltiramiz.

Singapur Bu davlat o‘rtacha internet-tezligi sekundiga 30.7 megabit bo‘lgan dunyodagi eng boy texnik markazlardan biri hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich dunyo bo‘yicha o‘rtacha internet-tezligidan deyarli 2 marta ko‘p deganidir. Bu davlatda 6 ta internet-xizmatlarni yetkazib beruvchi kompaniya va 300000 dan ziyod keng polosali internet foydalanuvchilari mavjud. Bunday tezlik 2010 yili qurilishi boshlangan ultra tezlikga ega bo‘lgan tolali tarmoq evaziga ta'minlanadi.

Isroil Isroil Internetga o‘rtacha ulanish tezligi sekundiga 30.9 megabit bo‘lgan Yaqin Sharq davlati hisoblanadi. Internet kommunikatsiya sohasidagi ikkita yirik kompaniya – “HOT” va “Bezeq” kompaniyalarining kabel va telefon tarmoqlari orqali taqdim etiladi.

Bolgariya Bu davlatda internet tezligi sekundiga 32.1 megabitgacha yetadi. Bu mamlakatda 50% internet-foydalanuvchilar lokal tarmoqdan foydalanadilar. Bolgariyada ma'lumotlarni uzatishning yaxshilanishiga imkon bergan assimetrik raqamli liniya telekommunikatsiya sohasining erkinlashuvi bilan bir qatorda kiritilgan.

Shveytsariya Shveytsariya dunyodagi eng tez keng polosali tarmoqqa va qit'adagi hududi internet bilan eng ko‘p qoplangan davlatlardan hisoblanadi. Hozirgi davrda bu davlatda internet tezligi o‘rtacha sekundiga 32.4 megabitni tashkil qiladi. Bu yerda ADSL va VDSL liniyalar ommaviylashgan, biroq kompaniyalar ko‘proq yo‘ldoshli va xDSL aloqaga tayanadilar.

Belgiya Belgiyada ADSL aloqa ilk bor paydo bo‘lgan 1999 yildan boshlab hozirga qadar internetga ulanish o‘rtacha tezligi sekundiga 32.4 megabitgacha oshdi. Bundan tashqari, bu davlatning tezligi sekundiga 100 megabitgacha yetadigan keng miqyosda yoyilgan kabel tarmog‘i ham mavjud.

Chexiya Chexiya Respublikasi Yevropada eng tez internetga ega bo‘lgan davlatlardan biridir. Bu davlatda kabel orqali ta'minlanadigan internetning maksimal tezligi sekundiga 120 megabitgacha yetadi. Internetdan mamlakat aholisining kattagina qismi foydalanadi.

Irlandiya Irlandiya ham eng tez internetga ega bo‘lgan davlatlar qatoridan joy olgan. Aholining 50% dan ortig‘i keng polosali internetga 70-100 megabit tezlik bilan bilan kirish imkoniga ega. Kabelli internet, 3-avlod texnologiyalari va DSL aloqa Irlandiyadagi eng ommaviylashgan aloqa turlari hisoblanadi.

Ruminiya Hattoki, o‘rtacha tezligi 3.2% ga tushib ketgan bo‘lishiga qaramasdan, Ruminiya eng tez internet-ulanishga ega bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda keng polosali aloqa sekundiga 32.5 megabitni tashkil qiladi va undan Ruminiya aholisining 50% qismi foydalana oladi.

Janubiy Koreya Bu davlat dunyodagi eng tez internet-ulanishga ega bo‘lgan Osiyo davlatlaridan biri hisoblanib, bu yerda internetga ulanish o‘rtacha tezligi sekundiga 48.8 megabitni tashkil qiladi. Janubiy Koreyada, shuningdek, sekundiga 2 megabitdan 8 megabitgacha tezlikni ta'minlay oladigan ADSL aloqa tarmog‘i ham mavjud.

Gonkong Gonkongda internetning o‘rtacha tezligi sekundiga 54.1 megabitni tashkil qiladi. Har bir uyga tortilgan optik-tolali tarmoq evaziga keng polosali internet sekundiga 1000 megabitgacha tezlikkacha yetishi mumkin. Hukumat aholining internetga ulanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun tarmoq mamlakatning 70% aholisini qamrab olgan. Bu yerda kontentga kirish bo‘yicha hech qanday to‘siq yo‘q, veb-sayt yaratish uchun esa hech qanday litsenziya talab etilmaydi.

Manba: econet.ru


Bu ham qiziq

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

Telekanal mualliflik huquqini buzganligi aytilmoqda.
12:52 / 03.07.2025
Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Donald Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, may oyi o‘rtalarida Suriyaning yangi yetakchisi Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvi oldidan berg…
11:06 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025
2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

2-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:19 / 01.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!