$
12101.84 UZS
53
153.75 UZS
0.87
13811.83 UZS
70.13
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Zahiriddin Muhammad Boburdek umr ko‘rgan Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligi. Shoir haqida siz bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

11:09 / 26.04.2020

Bugun o‘zbekning hassos shoirlaridan biri Muhammad Yusuf tavalludining 66 yilligi. Shu munosabat bilan quyida “O‘zbekiston xalq shoiri” Muhammad Yusuf haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Hayoti
Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijon viloyatining Marhamat tumanida oddiy zahmatkash insonlar oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga kiradi va uni 1978-yilda bitiradi. Uning dastlabki she’rlari “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”) haftaligida chop etilgan. Muhammad Yusuf Respublika kitobsevarlar jamiyati, “Toshkent oqshomi” gazetasi, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida turli lavozimlarda ishlagan. 1995-1997-yillarda “Tafakkur” jurnalida bo‘lim mudiri, 1997-2001-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ijodi

Muhammad Yusufning she’rlari gazeta va jurnallarda tez-tez chop etilib turishiga qaramasdan, ilk kitobi birmuncha kech – 1985-yilda chop etilgan. Shundan keyin shoirning “Bulbulda bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Osmonimga olib ketaman” singari o‘nlab she’riy to‘plamlari o‘quvchilar e’tiboriga taqdim etilgan. Uning “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” singari yirik dostonlari ham mavjud. Yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

Qiziqarli ma’lumotlar
•  Muhammad Yusuf Zahiriddin Muhammad Bobur, Shavkat Rahmon kabi 47 yil umr ko‘rgan.

•  Shoir taxallusini Tohir Malik qo‘ygan. Tohir Malikga shoirning she’rlarini keltirishganida u iliq fikrlar bildiradi. “Ammo imzoni o‘zgartiramiz, “Muhammad Yusupov” emas, “Muhammad” ham “Yusuf” ham Payg‘ambarlarimizning ismlari. Ularga “ov” qo‘shimchasini qo‘shib, o‘zimizdan begonalashtirmaylik” – deydi. Shundan buyon shoir Muhammad Yusuf taxallusi ostida ijod qiladi.

•  Shoirning “Samarqandga borsam men agar” she’ri Muhammad Yusuf tushida oppoq kiyingan bir nuroniy qariyani ko‘rgan kuni – tongda dunyoga kelgan.

•  Muhammad Yusuf vaqtini ko‘p kitob o‘qishga sarflagan. U Bobur, Mashrab, Bedilni sevib mutolaa qilar edi. Anna Axmatova, Sergey Yesenin kabi rus shoirlari va Abdulla Oripovni ko‘p o‘qir edi.

•  Shoirning o‘zi suhbatlardan birida “Men har yili, ko‘pincha, bir she’rim ta’siri bilan yuraman. Bu yilgilaridan “Biz baxtli bo‘lamiz, Xudo xohlasa…” degan she’rimni yoqtiraman” degan edi.

Muhammad Yusuf 2001-yilning 31-iyulida Qoraqalpog‘istoning Ellikqal’a tumanida, yuzlab muxlislar qarshisida she’r o‘qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etgan.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

O‘zbekistonda elektr iste’moli sakkizinchi kun tarixiy rekord o‘rnatdi

Anomal issiq tufayli O‘zbekistonda elektr energiyasiga talab tarixda ilk bor 300 mln kWhdan oshdi.
17:31 / 21.07.2026
Jizzaxda 3 qiz sun’iy hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzaxda 3 qiz sun’iy hovuzda cho‘kib, vafot etdi

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida sun’iy hovuzga cho‘milishga tushgan 3 nafar voyaga yetmagan qiz cho‘kib ketib, vafot…
10:33 / 21.07.2026
2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi mumkin

2030-yilgi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi mumkin

Bu haqda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi prezidenti Alejandro Dominges o‘zining X sahifasida ma’lum qildi. Uning so‘…
17:27 / 21.07.2026
Toshkentda yana bir ko‘cha to‘rt kunga yopiladi

Toshkentda yana bir ko‘cha to‘rt kunga yopiladi

Toshkentning Sergeli tumanidagi Sugdiyona ko‘chasida o‘tkaziladigan MANGAL FEST 2026 tadbiri munosabati bilan 23–26-iyul kun…
13:42 / 23.07.2026
Britaniya immigrantlar uchun viza olish tartibini o‘zgartirdi

Britaniya immigrantlar uchun viza olish tartibini o‘zgartirdi

Buyuk Britaniya immigratsiya tizimini to‘liq raqamlashtirib, jismoniy immigratsiya hujjatlari o‘rniga E-Visa tizimini joriy …
10:34 / 23.07.2026
So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi.

So‘nggi uch yilda eksportbop mahsulot chiqaradigan 509 ta yangi quvvat ishga tushirilgan. Ushbu loyihalar qiymati 11 milliard dollarni tashkil etadi.

Lekin bu korxonalarning 208 tasi haligacha eksportga chiqmagan. Agar ular mahsulotining kamida 30-40 foizini eksportga chiqa…
16:25 / 21.07.2026
Rossiya cheklov qo‘ygan O‘zbekistonning 5 ta eksportchi korxonasi tekshirilmoqda

Rossiya cheklov qo‘ygan O‘zbekistonning 5 ta eksportchi korxonasi tekshirilmoqda

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Rossiya cheklov qo‘ygan O‘zbekistonning 5 ta eksportchi kor…
10:39 / 23.07.2026
O‘zbekistonda har ikki qarzdordan biri daromadining yarmidan ko‘pini qarzga sarflamoqda

O‘zbekistonda har ikki qarzdordan biri daromadining yarmidan ko‘pini qarzga sarflamoqda

Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovnoma O‘zbekistonda qarz yuki aholining katta qismi uchun dolzarb muammoga aylanganini ko‘rsatd…
15:13 / 23.07.2026
Tojikistonda 400 dan ortiq voyaga yetmagan shaxs nikohdan o‘tdi

Tojikistonda 400 dan ortiq voyaga yetmagan shaxs nikohdan o‘tdi

2026-yilning dastlabki olti oyida Tojikistonda 18 yoshga to‘lmagan 423 nafar shaxs nikohdan o‘tish uchun sud ruxsatini oldi.
14:27 / 23.07.2026
Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi.

Yig‘ilishda iqtisodiy barqarorlik uchun eng muhim masalalardan biri – inflyatsiya muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bozorda tovar va xizmatlar taklifini ko‘paytirish orqali inflyatsiyani jilovlash vazifasi qo‘yilganini es…
16:46 / 21.07.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!