$
11839.59 UZS
6.22
140.42 UZS
0.63
13569.35 UZS
-8.26
31° Kechasi 18°

Prezidentning Sirdaryoga tashrifi “River Med Pharm” korxonasidan boshlandi

12:35 / 04.12.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Safarning birinchi manzili Sirdaryo tumanidagi “River Med Pharm” korxonasi bo‘ldi.

Mazkur korxona O‘zbekistonda infuzion dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan infuzion eritmalarning 20 foizi aynan ushbu korxonaga to‘g‘ri keladi.

Loyihaning umumiy qiymati 30 million dollardan ortiq bo‘lib, hozirgi kunda korxonada 750 nafar odam doimiy ish bilan ta’minlangan. Korxona yiliga 135 milliard so‘mlik qiymatda 70 turdagi, umumiy hisobda 114 million dona dori vositalarini ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarning 20 foizi eksport qilinayotgani korxonaning xalqaro raqobatbardoshligini ko‘rsatadi.

Noyabr oyida loyihaning ikkinchi bosqichi ishga tushirilib, ishlab chiqarish quvvatlari yanada kengaytirildi. Korxona 30 million dona infuzion eritmalar, 70 million donadan ortiq quruq antibiotiklar va qariyb 20 million dona ko‘z-burun tomchilarini ishlab chiqaradi.

Davlat rahbariga korxona mahsulotlari va navbatdagi rejalari haqida ma’lumot berildi.

Kelgusida korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot turlari 200 xilga yetkaziladi. Bu bosqichda shisha va plastik idishlardagi inyeksiya uchun eritmalar, shuningdek, tabletka hamda kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ish o‘rinlarining soni mingtagacha oshiriladi.

Prezident shu yerda viloyat faollari va nuroniylar bilan muloqot qildi.

Iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, yoshlar tarbiyasi va hududning kelajagiga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq suhbat bo‘ldi. Davlat rahbari odamlardagi tashabbuskorlik islohotlar samarasini oshirishda hal qiluvchi omil ekanini ta’kidladi.

“O‘zgarishlar, avvalo, mahallalarda sezilishi kerak. Sizlar odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishingiz zarur. Hammamiz uyg‘oq va faol bo‘lsak, harakatlarimiz, olib borayotgan islohotlarimiz albatta natija beradi. Sirdaryoga katta rejalar bilan kelganmiz. Sizlarni eshitib, bamaslahat bu rejalarni amalga oshiramiz”, – dedi Prezident.

 


O‘zbekiston


														
														Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va tog‘ muzliklari massasi kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, mintaqadagi muzliklar to‘p…
12:13 / 20.09.2026

														
														Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Chirchiqda 17 yoshli maktab o‘quvchisi 600 ming dollarlik gashish bilan ushlandi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiyadan yuborilgan 852,2 gramm gashishni qabul qilib …
11:20 / 20.09.2026

														
														“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi.
10:22 / 20.09.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonga tashrif doirasida Prezident bilan birgalikda hududdagi qator ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar ko‘zdan kech…
12:28 / 19.09.2026

														
														Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi yirik YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yil muddatga ozodlik…
14:31 / 18.09.2026

														
														Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

Istanbulda qiyin vaziyatga tushgan ona uch farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol uch nafar farzandi bilan Turkiya…
14:25 / 18.09.2026

														
														Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Toshkent viloyatida qurilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent xalqaro aeroporti hududida joylashgan 7 ta qabriston ko‘chiril…
14:21 / 18.09.2026

														
														Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganchda pensiyani oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi

Urganch shahrida fuqaroning turmush o‘rtog‘i pensiyasini oshirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi. Bu haqda …
14:13 / 18.09.2026

														
														Toshkent maktablarida davomat sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinmoqda

Toshkent maktablarida davomat sun’iy intellekt yordamida nazorat qilinmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi maktablarda o‘quvchilar davomatini sun’iy intellekt yordamida nazorat qilishga mo‘lja…
10:27 / 18.09.2026

														
														Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

Samolyotda janjal ko‘targan yo‘lovchi skotch bilan bog‘landi

AQSHda samolyot bortida tartibsizlik chiqargan 67 yoshli yo‘lovchi ekipaj va boshqa yo‘lovchilar tomonidan o‘rindig‘iga yopi…
10:06 / 18.09.2026

Bu ham qiziq

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026
Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdi

“O‘zbekfilm” kinostudiyasiga borib, uning joriy holati va faoliyati bilan tanishdim. “O‘zbekfilm” shunchaki kinostudiya emas…
09:11 / 18.09.2026
Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgartirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari sanasi o‘zgartirildi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlarini o‘tkazish sanasi o‘zgartirildi. Jogorku Kenesh reglamentiga kiritilgan tuzatishga k…
09:38 / 18.09.2026
Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

​Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan m…
16:09 / 17.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026
Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

Tramp AQSHda sun’iy intellekt kuchlarini yaratishni taklif qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatda sun’iy intellektdan foydalanuvchi yangi kuchlarni tashkil etish rejasini ma’lum qild…
12:23 / 20.09.2026
Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyodagi muzliklar yo‘qolib bormoqda — tadqiqot

Markaziy Osiyoda suv zaxiralari va tog‘ muzliklari massasi kamayib bormoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, mintaqadagi muzliklar to‘p…
12:13 / 20.09.2026
Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyada 12 ta mashina bilan to‘qnashib, uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokidagi yirik YTHga sabab bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi 9 yil muddatga ozodlik…
14:31 / 18.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!