“Xorazm Avtosavdo” MChJ dilerlik korxonasi faoliyatida bir qator xato va kamchiliklarga hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi, deb xabar bermoqda UzAuto Motors matbuot xizmati.
“Avtosalon hamda ta’mirlash uchastkasida xavfsizlik, sanitariya holati belgilangan tartibga mos emas, avtosalon savdo bo‘limi zarur va yetarli darajada xodimlar bilan ta’minlanmagan. Avtomobillarni saqlash va mijozga yetkazib berish bo‘ycha bir qancha kamchiliklar majud bo‘lgan. Sotuv oldi ko‘rigi uchastkasi standart asosida tashkil qilinmaganligi sababli ayrim avtomobillarda bunday ko‘rik umuman amalga oshirilmagan”, deyiladi xabarda.
Tekshiruv davomida avtosalonning avtomobillar saqlash omborida kamomad borligi, avtomobil ta’mirlash uchastkalarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimlar faoliyat yuritayotganligi holatlari ham aniqlangan.
Shuningdek, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalar bo‘yicha muddatli to‘lovga sotilgan avtomobillar ham notariusdan tegishli tartibda rasmiylashtirib, taqiqqa qo‘yilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!