Yorqin, g‘ayrioddiy, mukammal simmetrik shakl va sirli go‘zalligi ko‘pchilikni o‘ziga maxliyo qiluvchi dengiz yulduzi dunyo bo‘ylab okeanlarning sayoz joylarida kun kechiradi.
Ignaterililar turiga mansub bu hayvonlarning ko‘rinishi juda ajabtovur, uning nurli oyoqlari haqida ko‘pchilik bilmasa kerak. Ularning haqiqiy yirtqich dengiz mavjudotlari ekanligini isbotlovchi bir qator ajoyib xislatlari bor.
1.Fantastik qayta tiklanish qobiliyati
Ularning yangilanish qobiliyatiga faqat hasad qilish mumkin. Agar sudralib yuruvchi umurtqali hayvonlar orasida kaltakesaklarning dumini o‘stirish qobiliyati ulkan yutuq deb hisoblansa, yulduz baliqlarining ikkinchi yarimini hosil qila olish qobliyatidan hayratlanmaslikning iloji yo‘q. Bundan tashqari, yulduz butun tanani nur va qorin bo‘shlig‘ining bir qismi bilan qayta tiklaydi. Gap shundaki, har bir nur ovqat hazm qilish tizimidan tortib to reproduktiv organlargacha ta’sir ko‘rsata oladi. Aniqlanishicha, yulduz nurlari kichik bir mustaqil organizm bo‘lib, u boshqa sheriklari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
2.Ikki ko‘z o‘rnidagi – bir qancha ko‘z dog‘lari
Dengiz yulduzlarining ko‘zlari animatsion film rassomlari tasvirlaydigandek emas. Umuman olganda dengiz yulduzlari ko‘zlarini ko‘z deb bo‘lmaydi.Dengiz yulduzlarining atrofni ko‘rish vositalari ko‘z dog‘lari deb ataladi. Ular har bir nurning oxirida joylashgan. Juda ham ko‘p bo‘lgan ko‘z dog‘larining har biri tana tuzilishining umumiy tamoyiliga mos keladi: Har bir nur katta mavjudot ichidagi mustaqil boshqa bir organizmdir.
3.Jinsini osongina o‘zgartirishi mumkin
Bir kuni tanasi nar bo‘lsa, ertasiga modaga aylanib qoladi. Bu hayoti davomida jinsini qayta-qayta o‘zgartirishga qodir bo‘lgan ba’zi turdagi dengiz yulduzlarida juda keng tarqalgan holat. Hozirda mazkur mavjudotlarning yoqolib ketish xavfi mavjud, chunki rivojlanish davrida erkaklar yoki faqat urg‘ochilar hukmronlik qila boshlashi mumkin. Bunday ajoyib qobiliyatga ega bo‘lgan har qanday ikkita dengiz yulduzi, tug‘ilishidan oldin kim bo‘lganidan qat’iy nazar to‘laqonli ota-ona bo‘la oladi. Olimlarning ta’kidlashicha, dengiz yulduzlarida jinsiy metamorfozlar nasl berish davrida ham, mustaqil ravishda ham paydo bo‘lishi mumkin.
4.Qon o‘rniga suv va miya yetishmasligi
Tana bo‘ylab aylanib yuradigan ozuqaviy modda sifatida, yulduz dengiz suvidan foydalanadi, shuning uchun u qon aylanish tizimiga ega emas. Ushbu o‘ziga xos suv-qon tomir tizimi yulduz organizmini kislorod va boshqa mikroelementlar bilan ta’minlaydi. Ularda miya ham, asab tizimi ham yo‘q. Chunki ular juda oddiy jonzotlardir. Asab tizimining organlari sifatida har bir nur asab hujayralariga xizmat qiladi.
5.Qo‘rqinchili ovqatlanish tizimi
Dengiz yulduzining tana tuzilishi o‘zgacha bo‘lsada, uning qay tarzda ovqatlanishidan hayratdan yoqa ushlaysiz. Ushbu dengiz jonzotlarining og‘zi qorin bo‘shlig‘ida (markazda) joylashgan, ammo dengiz yulduzi o‘ljalarni og‘izlari bilan yemaydilar. Ovqatlanish uchun ular oshqozonini tashqariga chiqaradi. Dengiz yulduzlarda ikkita oshqozon bo‘ladi. Ulardan biri juda harakatchan bo‘lib, dengiz umurtqasizlari, mollyuskalar va qisqichbaqasimonlar kabi ozuqalarni hazm qiladi. Ularning oshqozoni, hatto chig‘anoqlarni ham hazm qilishga qodir. Umuman olganda, ovqatlanayotgan yulduz baliq tasviri dahshatli filmga o‘xshaydi.
6. Katta dengiz yulduzi o‘z bolasini ham yeydi
Albatta, ikkita katta dengiz yulduzlari bir-biriga nonushta sifatida qarashmaydi. Lekin, kichik dengiz yulduzlari kattalari uchun yaxshigina gazakka aylanadi. Katta yoshli ayrim yulduzlar ko‘pincha o‘ziga o‘xshagan kichik yoshdagi yulduzlarni tanavvul qilishni rad etishmaydi. Bu qurbonlar ba’zida ularning o‘z farzandlari bo‘lishi ham mumkin. Beshavqat katta yulduzlar buni bilishsa ham hech qachon afsuslanmaydi.
7. Ular quruqlikda ham yurishi mumkin
Ko‘pgina dengiz jonzotlari, tasodifan qirg‘oqqa tushib qolib tezda nobud bo‘ladi. Ammo qahramonlarimiz bunday kichik qiyinchiliklardan bemalol o‘tib ketishadi. Dengiz yulduzi istalgan yo‘nalishda osongina harakat qiladi. Ular quruqlikda deyarli noqulaylikni his qilmaydi. Dengiz yulduzini ko‘rmoqchi bo‘lgan sayyohlar avval quyidagi videoni ko‘rishsa, asl dengiz yulduzlarini ko‘rganda qo‘rqib ketishmaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!