Moliya vazirligi 2020-yil yanvar holatiga ko‘ra, Davlat tashqi qarzining xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari kesimida taqsimlanishi bo‘yicha ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Davlat tashqi qarzlari quyidagi xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘lar evaziga shakllangan:
Osiyo Taraqqiyot Banki – 3,9 mlrd. AQSh dollari;
Xitoy Eksimbanki, Xitoy taraqqiyot banki – 3,3 mlrd. AQSh dollari;
Jahon banki – 2,7 mlrd. AQSh dollari;
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi - 1,9 mlrd. AQSh dollari;
Islom taraqqiyot banki - 0,8 mlrd. AQSh dollari;
Janubiy Koreya eksim banki, Iqtisodiy taraqqiyot hamkorlik jamg‘armasi - 0,8 mlrd. AQSh dollari;
Fransiya taraqqiyot agentligi - 0,4 mlrd. AQSh dollari;
Germaniya taraqqiyot banki (KFW) - 0,3 mlrd. AQSh dollari;
Rossiya Federatsiyasi tashqi iqtisodiy faoliyat banki - 0,2 mlrd AQSh dollari:
Boshqa xalqaro moliya tashkilotlar - 0,1 mlrd. AQSh dollari.
Qayd etilishicha, mazkur qarz mablag‘lari asosiy qismi O‘zbekistondagi davlat korxonalari tomonidan yuqori rentabelli va eksportga yo‘naltirilgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etilgan bo‘lib, kreditlarning katta qismi uzoq muddat (30 yilgacha) hamda imtiyozli foiz stavkalarida taqdim etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan qarz mablag‘larini jalb qilishda konservativ yondashuvga va xatarlarni boshqarish tamoyillariga amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarzi departamentining 2019-yil uchun ma’lumotnomasi – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasi sharhi” nashrdan chiqqani va dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i 17,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!