$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
31° Kechasi 18°

Kefirdan mazali pishiriqlar tayyorlaymiz

00:49 / 02.12.2014

Kechasi ichilgan 1 stakan kefir — ko‘pchilik uchun shifobaxsh ichimlik. Lekin bu qatiq mahsulotidan kengroq foydalanish, masalan, mazali pishiriq pishirish mumkin. Quyida kefir bilan pishiriladigan mazali pishiriqlarni tayyorlash usuli bilan tanishing.   

Murabboli pirog

Kerakli mahsulotlar: 1 stakan kefir, 2 ta tuxum, 1 stakan har qanday murabbo, yarim stakan shakar, 2 stakan un, bir chimdim tuz. 

Tuxum, shakar, kefir, murabboni ko‘pchitib, un, soda qo‘shing. Xamirni gaz patnisiga quyib, qizib turgan duxovkaga tiqing. 

50 daqiqa davomida 180 daraja issiqda pishiring. Xamir tayyor bo‘lib, sovigandan so‘ng ikki bo‘lakka kesib, murabbo yoki smetana va shakarli krem suring.   

Kefirli manna

Kerakli mahsulotlar: 1 stakan kefir, 1 ta tuxum, 1 stakan manna yormasi, 1 stakan un, 1 stakan shakar, 1 osh qoshiq o‘simlik moyi, 1 chimdim tuz, 1 chimdim soda, 1 choy qoshiq dolchin.

Tuxum, kefir, shakar, manna yormasi, un, soda, tuz, dolchinni aralashtiring. Xamirni 20 daqiqa tindiring.

Gaz patnisiga quyib, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada yarim soatcha pishiring. 

Pirojka 

Kerakli mahsulotlar: 1 stakan kefir, yarim stakan o‘simlik moyi, 3 stakan un, 1 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq tuz, 10 g xamirturush.

Kefir, yog‘, shakar, tuz, un, xamirturushni aralashtiring. Xamir qorib, taxminan 1 soatcha qoldiring. 

Bu vaqtda xamir ichiga solinadigan mahsulotni tayyorlang. Bu karam, qaynatib, ezilgan kartoshka, meva yoki boshqa narsa bo‘lishi mumkin. Pirojka yasab, duxovkada qizarguncha pishiring.

Nachinkali pirog

Kerakli mahsulotlar: yarim litr kefir, 5 ta tuxum, 1 stakan un, 1 chimdim tuz. 

Hammasini aralashtiring. Xamir tayyor. Ichiga istagan narsangizni solishingiz mumkin: jyem, to‘g‘ralgan piyoz bilan aralashtirilgan konservadagi sayra, to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va tuxum aralashmasa, pishloq va dudlangan go‘sht aralashmasi...

Qolipga yog‘ surib, xamirning yarmini quying, ichiga solinadigan mahsulotni joylab, qolgan xamirni ustidan quying. 170 darajagacha qizdirilgan duxovkada yarim soat davomida pishiring. 

Multivarkadagi pishiriq

Kerakli mahsulotlar: 250 ml kefir, yarim kg tvorog, 4 ta tuxum, yarim stakan manna yormasi, 150 g shakar, 1 chimdim tuz, 1 chimdim soda, bir siqim mayiz yoki boshqa quruq meva (ta'bga qarab).

Mikserda tuxum, shakarni ko‘pirtiring. Ko‘pirtirishni to‘xtatmasdan tvorog, kefir, manna, soda, tuz, oxirida mayizni qo‘shing.

Idishga yog‘ surib, suyuq xamirni quying. Multivarkani “pishiriq” rejimiga taxminan bir soatga yoqing. 

Keks tayyor bo‘lgach, ehtiyot bo‘lib devoridan ko‘chirib oling. Idishdan ag‘darib, likopchaga joylang. Ustini qand upasi, jyem, qaymoq bilan bezatishingiz mumkin. 

Shokoladli korjlar  

Bu xamirning hammasini birdaniga ishlatmasa ham bo‘ladi. Bir juft korj pishirishingiz mumkin. Qolgan xamirni sovutkichga qo‘yib, kechki ovqat yoki keyingi nonushtaga yangi biskvit pishiring.

Kerakli mahsulotlar: yarim litr kefir, 5 osh qoshiq o‘simlik moyi, 2 stakan shakar, 1 stakan kakao kukuni, 3 stakan un, 1 chimdim soda, 1 chimdim soda.   

Tuxumni shakar bilan ko‘pirtiring. Kakao, moy, kefir, un, sodani qo‘shib, hammasini aralashtiring. Korjlarni yog‘ surilgan tovada o‘rtacha olovda, qopqog‘ini yopib, eng ma'quli — shaffof tovada (pishgan-pishmaganini ko‘rib turish uchun) pishiring. 

Tayyor korjlarni tovadan yassi likopchaga ag‘daring. Silliq jigar rang desert issiq choy bilan ichganda, lazzat bag‘ishlaydi. 


Bu ham qiziq

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

AQShga noqonuniy kirishga uringan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Joriy yilning 7-may kuni AQSh Havo va dengiz operatsiyalari xodimlari Viekes oroliga noqonuniy kirishga uringan to‘rt nafar …
14:12 / 10.05.2025
11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
00:58 / 11.05.2025
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 54 foizgacha pasaytirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Pekin bilan muzokaralar chog‘ida Xitoy importiga 145 foizlik bojlarni 50-54 foizgac…
22:00 / 09.05.2025
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 12–14-may kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
09:26 / 11.05.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni  g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi

Putin, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari, Gruziya va Moldova xalqlarini g‘alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi.
21:08 / 08.05.2025
Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

Afg‘onistonda shaxmat taqiqlandi

“Tolibon” bu o‘yinni man etib, mamlakat shaxmat federatsiyasini yopishga qaror qildi.
12:31 / 11.05.2025
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi

Joriy yil 1-may holatiga ko‘ra, respublika oltin-valyuta zaxiralari qiymati 49 mlrd 255 mln dollarga yetdi. Bu tarixiy rekor…
10:47 / 10.05.2025
10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

10-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.
03:38 / 10.05.2025
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi sulh boshlanmasdan nihoyasiga yetdi

Eslatib o‘tamiz, kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan to‘liq otashkesim e’lon qilingan va Hindiston va Pokiston rasm…
19:06 / 11.05.2025
Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi World Boxing kubogida ishtirok etadi

Tarkibda Olimpiada va jahon chempioni ham bor.
12:29 / 10.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!