$
12758.36 UZS
-19.76
163.34 UZS
-0.67
14820.11 UZS
-111.12
38° Kechasi 24°

Yaponiyada sun'iy marvaridlar qanday yetishtiriladi?

11:38 / 01.06.2019

Bir necha asrlar muqaddam marvarid juda qimmat edi. Marvaridni barcha mollyuskalardan ham topib bo‘lmasdi, u o‘ntadan bittasida uchrardi. Marvaridning o‘sishi uchun ham ko‘p vaqt talab etilardi. Keyinchalik xitoyliklar chig‘anoqqa tashqi jism solib qo‘yilsa, mollyuskalar uni marvaridga aylantirishining guvohi bo‘lishdi. Marvarid yetishtirish ana shu tarzda boshlandi. Biroq bir necha asrlardan keyingina Yaponiyada u juda keng masshtabga yetkazildi. Aynan bu yerda 20 tonnaga yaqin marvarid yetishitiriladi. Bugun yaponlar mazkur sohada yetakchi o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Travelask.ru tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar ana shu haqida.

Foto: TravelAsk

Ago-Bey qo‘ltig‘idagi Sakaguchi Akoya marvarid fermasi. Bu marvarid yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Sakaguti oilasining uchinchi avlodi. Ularning marvarid donalari diametri 3 millimetrdan 1 santimetrgacha yetadi.

Foto: TravelAsk

Aynan shu yerda ilk marta sun'iy marvarid yetishtirishni boshlashgan. Keyinchalik amaliyot butun dunyoga tarqaldi. 1893 yilda mahalliy aholi vakillaridan biri chig‘anoqqa tashqi jismni sun'iy tarzda kiritdi. Umuman olganda, bari xuddi tabiatdagi kabi: qum zarrasi marvarid cho‘ntagiga tushadi, keyin esa mo‘jiza yuz beradi.

Foto: TravelAsk

Fermer ustritsali to‘rni olmoqda. Yana o‘n yil o‘tgach ideal darajadagi dumaloq marvaridlarni yetishtirish uchun mazkur usul takomillashtirildi.

Foto: TravelAsk

Dastlab Sakaguchi Akoya mahsulotini bachkana deb hisoblashdi, biroq vaqt o‘tishi bilan uning mashhurligi tobora ortdi.

Foto: TravelAsk

Fermerlar ustritsaga yadroni joylashtirishmoqda. Odatda mollyuskadan olingan sharcha va boshqa ustritsaning donorlik qobig‘i yadro sifatida qo‘llaniladi. Ana endi ish boshlanadi: bir necha oy davomida ustritsa tirishqoqlik bilan sadaf ajratadi va tashqi jismni «yashiradi».

Foto: TravelAsk

Ago-Bey qo‘ltig‘idagi mollyuskali to‘r.

Foto: TravelAsk

Marvaridni ko‘rfazda suv sovuq bo‘lganida, dekabr oyida yig‘ib olinadi.

Foto: TravelAsk

Yig‘ib olingach, sun'iy marvarid saralanadi. Ustritsaning bor-yo‘g‘i 5 foizi ishlab chiqarishga yuboriladigan ideal marvaridni yetishtirib beradi. Ayrim ustritsalarda esa umuman hech narsa hosil bo‘lmaydi.

Foto: TravelAsk

Ustritsalarni tozalash.

Foto: TravelAsk

So‘nggi o‘n yil ichida Yaponiyada 20 tonna marvarid yetishtirilgan. Bu taxminan 150 million dollarga teng. 2027 yilga kelib yaponlar ko‘rsatkichni 180 million dollarga yetkazishni rejalashtirishgan. Biroq bu o‘tmishdagi ko‘rsatkichlarga qaraganda ancha past. 1980-yillarda Yaponiya umumiy qiymati taxminan 800 million dollarga teng bo‘lgan 70 tonna marvarid yetishtirgan.

Foto: TravelAsk

Sakaguchi Akoya fermasidagi ustritsadagi marvarid.

Foto: TravelAsk

Yaponiyada marvariddan yasalgan buyumlar oilaviy yodgorlik hisoblanib, avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi. An'ana tarzida marvaridli taqinchoqlar to‘ydan oldin kelinga sovg‘a qilinadi. Aynan ular – yapon kelinlarining asosiy aksessuarlaridan biridir.

Foto: TravelAsk

Bu ham qiziq

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Fransiya hukumatining iqtisodiy prognozi: 2030 yilga kelib Yevropada katta urush boshlanadi

Bu urushdan eng ko'p aynan fransuzlar jabr ko'rishi taxmin qilinmoqda
22:06 / 15.07.2025
Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rossiyada muhojirlarning pul o‘tkazmalariga cheklov kiritish taklif qilindi

Rasmiylar mehnat muhojirlari uchun davlat bojini oshirish va kengaytirish masalasini ham muhokama qilmoqda.
10:22 / 16.07.2025
Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

Surxondaryoda 23 bosh ilon tabiatga qaytarildi

6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan bo‘lgan.
17:49 / 15.07.2025
Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Rossiya Ukrainaning uchta shahriga hujum qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar jabrlanganlardan besh nafariga kuyish tashxisi qo‘yilgan.
11:59 / 16.07.2025
17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:36 / 16.07.2025
Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Armaniston AQShga Zangazur yo‘lagi nazoratini topshirishni rad etdi

Bosh vaziri matbuot kotibi Nazeli Bagdasaryan bayonot berdi.
17:01 / 15.07.2025
Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi
21:25 / 15.07.2025
Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar muhokama qilingan
20:24 / 15.07.2025
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident f…
10:08 / 16.07.2025
Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Donald Tramp Rossiya - Ukraina urushi borasida o‘z fikrlarini bildirdi

Siyosatchining fikriga ko‘ra, bu urushda baribir imkoniyatlar noteng bo‘lib qolmoqda
19:54 / 15.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!