XXI asrda bizni yangi va yuqori texnologiya doirasi qamrab oldi. Bizning ota-bobolarimiz bir asr avval insoniyat uyali telefon, plazmali televizor, elektr mashina, 3D-printer va boshqa texnikaviy buyumlardan foydalanishini tasavvur ham qila olmagan.
Ushbu foydali narsalar bilan odamlar hayoti tubdan o‘zgardi. Bugun ovqat pishirish, idishlarni va kirlarni yuvish qo‘lda bajarilmayapti. Mahsulotlarni pishirgichga tashlash kifoya va bir zumda istagan ovqatimiz tayyor bo‘ladi. Chang yutgich uylarni tozalaydi, kir mashinasi qo‘limizni sovuq suvga urdirmaydi. Ammo yigirma yil o‘tgach, bular bo‘lmasligi ham mumkin, chunki dunyo juda o‘zgaruvchan. Xo‘sh, kelajakda qaysi buyumlar birinchi navbatda ahamiyatini yo‘qotadi?
Masofadan boshqarish pulti
Pultlar Xitoy va boshqa mamlakatlarda allaqachon dolzarbligini yo‘qotgan, chunki uning vazifasini uyali telefonlar bajaradi. Bu juda qulay, qolaversa, u har doim yonimizda yuradi.
Naqd pul va kredit kartalari
Bugungi kunda katta shaharlardagi odamlar to‘lov va xaridlarni amalga oshirish uchun gajetlardan foydalanadilar. Oradan vaqt o‘tgach, ushbu tizim kichik shaharlarga ham yetib keladi.
Kalitlar
Uy va mashinamizni barmoq izlari yoki ovozli boshqaruv bilan ochish imkoniga ega bo‘lishimiz sababli, kalitlarga ehtiyoj qolmaydi.
Simlar
Kelgusida simlar hech narsaga yaramay qoladi. Odamlar qurilmalarni Wi-Fi’dan foydalanib quvvatlantira boshlaydi.
Igna va shprits
Xalqaro olimlar jamoasi dorilarni shprits bilan yuborgandan ko‘ra, organizmga tezroq kirib boruvchi suyuqlikdan foydalanish bo‘yicha tajriba o‘tkazdilar. Shu sababli, yaqin kelajakda ignalardan voz kechish va yoqimsiz og‘riqdan xalos bo‘lish imkoniyati mavjud.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!