Eyzenxaur jadvali AQShning 34-prezidenti Duayt Eyzenxaur tomonidan ishlab chiqilgan. U Amerika Qoʻshma Shtatlari tarixidagi eng sergʻayrat prezidentlardan biri boʻlgani aytiladi.
Eyzenxaur jadvali – taym-menejmentdagi eng mashhur usullardan biri boʻlib, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va uni keraksiz narsalarga sarf etmaslikka oʻrgatadi. Jadval toʻrtta boʻlimdan iborat: Ular shoshilinch, muhim, shoshilinch boʻlmagan va muhim boʻlmagan ishlar bilan toʻldiriladi.
Ushbu jadval insonga oʻz vaqtini toʻgʻri boshqarish, ishlarni aniq va tezkorlik bilan taqsimlash imkoniyatini beradi. Mazkur jadval yordamida muhim va tezkor ishlarni osongina aniqlab olish mumkin. Jadvaldan samarali foydalanish uchun bir nechta qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:
1. Ishlar roʻyxatini bir kun avvaldan tayyorlab oling. Jadvalni butunlay toʻldirib tashlashingiz shart emas. Unga asosiy ishlarni yozib qoʻysangiz yetarli, jadvalni ertasi kuni ham toʻldirib, tizimlashtirib borsangiz boʻladi.
2. Avvaliga maʼlum bir kun uchun moʻljallangan ishlaringizni bitta qogʻozga yozing. Ularni tahlil qiling va muhimlik darajasiga qarab baholang. Hayolingizdagi ishlar qogʻozga tushirilgan vaqtda ularni tahlil qilish nisbatan osonroq boʻladi.
3. Roʻyxatdagi har bir ishga alohida eʼtibor qarating. Ijodiy jarayonlar, oʻylash va fikrlash talab etiladigan vazifalar uchun koʻproq vaqt ajratish lozim ekanligini unutmang.
4. Ishlarning bir qismini ertangi kunga qoldirishga majbur boʻlsangiz ham tushkunlikka tushmang. Eyzenxaur jadvali oʻta muhim ishlarni zudlik bilan bajarish uchun yaratilgan, oʻzingizga boʻlgan ishonch darajasini pasaytirish uchun emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!