$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

IMEI-kod qancha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

10:27 / 02.12.2019

Ayni kunlarda mobil qurilmalarining IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi keng muhokama qilinmoqda. Har bir fuqaro uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim haqida ko‘plab savollar yuzaga kelmoqda. Shuni e’tiborga olib, Axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT) vazirligi IMEI-kod eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga yana bir bor oydinlik kiritdi. Bu hamma bilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, chunki IMEI-kodlarni bepul ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan muddat 30-noyabr kuni tugadi.

1. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Demak bundan ko‘rinib turibdiki, mobil qurilmani sotib olayotgan fuqaro ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas. Ushbu qurilmaning ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini bilish uchun:
1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
2) 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
3) USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida bilib olish mumkin.
Agar siz sotib olayotgan mobil qurilma ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa bilingki, bu qurilma O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilgan bo‘lishi mumkin, ushbu ma’lumot asosida siz huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin. IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan.

2. IMEI-kod nima?

Mobil qurilmaning 15 xonalik seriya raqami IMEI-kod deyiladi. IMEI-kod SIM-kartalar ishlashini ta’minlovchi barcha mobil qurilmalarda mavjud. U SIM-kartaning har bir slotiga alohida beriladi. Agar mobil qurilmada SIM-kartalarning ikki yoki undan ko‘p slotlari mavjud bo‘lsa, ushbu mobil qurilma ikki yoki undan ortiq IMEI-kodlarga ham ega bo‘ladi.

Demak, agar sizda ikkita SIM-karta bilan ishlaydigan mobil qurilmangiz bo‘lsa, ikkita IMEI-kod olishingiz lozim bo‘ladi.

3. IMEI-kod nimaga kerak?

Mobil qurilmalarning IMEI-kodi/kodlarini tekshirish orqali sifatsiz, inson sog‘lig‘iga zarar keltiradigan va respublika hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan qurilmalar savdosining oldini olish uchun;
mobil qurilma yo‘qolib qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda uning qidiruv ishlarini tezkor amalga oshirish uchun;
mobil gajetlarni qo‘llagan holda sodir etiladigan jinoyatlarni samarali va tezkor fosh etish uchun;
soliq va bojxona tizimida korrupsiya xavfini qisqartirish uchun.

4. Qurilmaning IMEI-kodini qayerdan bilish mumkin?

IMEI-kod qurilmaning klaviaturasida *#06# buyrug‘ini terish orqali bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ushbu kod qurilmaning qutisida, kafolat kartasida va ayrim qurilmalarning batareyasi ostida yozilgan bo‘ladi.

 5. Qachon ro‘yxatdan o‘tkazish kerak?

Qurilma orqali birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgandan so‘ng (ya’ni birinchi marta SIM-karta qo‘yilganidan keyin) 30 kun ichida IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Hozirda foydalanilayotgan mobil qurilmalarning IMEI-kodi 1-noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazilgan (tekshirib ko‘rishingiz mumkin).

Demak, mobil qurilmalar tizim operatoriga murojaat qilish orqali:
1-noyabrdan 1-dekabrgacha – bepul edi;
1-dekabrdan – to‘lov asosida ro‘yxatga olinadi.

Sotib olingan, ammo shu kungacha ishlatilmagan (yangi) mobil qurilmalar taqdiri nima bo‘ladi?
Unday qurilmalarni, afsuski, jismoniy shaxslar endi ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydilar. Yuridik shaxslar esa tizim operatoriga murojaat asosida, kerakli hujjatlarni taqdim etgandan so‘ng, bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

IMEI-kod qancha to‘lov evaziga ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

bitta IMEI-kodi uchun BHMdan foiz hisobida:
import qiluvchi uchun – 20% (44 600 so‘m);
ishlab chiqaruvchi uchun – 10% (22 300 so‘m).

jismoniy shaxs (rezident) uchun birinchi tarmoq hodisasidan boshlab:
30 kun ichida – 20% (44 600 so‘m);
30 kun o‘tgandan keyin – 25% (55 750 so‘m).

jismoniy shaxs (norezident) uchun:
chet el SIM-kartasidan (roumingdan) foydalanilganda – bepul;
mahalliy SIM-kartadan 30 kun ichida foydalanilganda – bepul;
mahalliy SIM-kartadan 30 kun o‘tgandan keyin foydalanilganda – 20% (44 600 so‘m). 

6. Tizim operatoriga qanday murojaat qilinadi?
Buning 5 ta yo‘li bor:
1) uzimei.uz sayti orqali;
2) my.gov.uz sayti orqali;
3) 1170 raqamiga SMS yuborish orqali;
4) *1170# ga USSD so‘rov yuborish orqali;
5) Pochta aloqa bo‘limiga yoki tizim operatoriga (Sebzor, 18-A manziliga) shaxsan borish orqali.

7. SIM-kartani o‘zgartirganda, IMEI-kodni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi?
Yo‘q. IMEI-kod 1 marotaba UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. SIM-karta o‘zgartirilganda IMEI-kodni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi.

8. IMEI-kod kim tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
IMEI-kod mobil qurilmani O‘zbekiston hududiga olib kirgan yuridik yo jismoniy shaxs tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

9. IMEI-kodning holatini qanday tekshirsa bo‘ladi?
1) UZIMEI rasmiy veb-sayti orqali;
2) 1170 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali;
3) USSD *1170# yoki SMS 1170 so‘rovlari yordamida.


Bu ham qiziq

3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:02 / 02.07.2025
Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go haydovchilari va kuryerlari 2024-yilda 530 million dollar daromad qilishgan

Yandex Go‘ning O‘zbekistondagi haydovchilari, kuryerlari va hamkorlari 2024-yilda umumiy hisobda 530 million dollar daromad …
13:47 / 04.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A. Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
14:45 / 02.07.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Toshkentda bankdan 90 ming AQSh dollari o‘g‘irlandi

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
15:10 / 03.07.2025
Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:02 / 02.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!