$
12676.11 UZS
-18.86
161.56 UZS
-0.04
14975.56 UZS
97.06
37° Kechasi 24°

O‘zbekistonda aviachiptalar narxi tushishi kutilmoqda 

15:19 / 24.09.2019

Kuni kecha, 23-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbariyati va masʼul xodimlari hamda jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi rahbari Abdulaziz Akkulov va boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi hamda sohaning normativ asoslarini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan vazifalar, ichki turizmni rivojlantirish, turizm salohiyati targ‘iboti, kadrlar salohiyatini kuchaytirish kabi masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. 

Tadbir davomida, mutasaddi xodimlarga O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar, asosan, yoshi kattalarni tashkil etishi, shuningdek, yurtimizga bir bor kelgan sayyoh ikkinchi marta qaytib kelish hollari kamdan-kam qayd etilishi yuzasidan savollar berildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi Behruz Hamzayev yuqoridagi savollarga javob berib, jumladan, shunday dedi:

“Fikringizga qo‘shilaman, lekin yaqinda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan “World Influencers Congress” I Xalqaro influyenserlar kongressidan so‘ng “Amadeus” (dunyodagi barcha aviakompaniyalar ushbu dastur orqali bilet sotib oladi) dasturining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning sentyabriga qadar aviachiptalarni bron qilish amaliyoti o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga oshgan. Bu ijobiy ko‘rsatkich, ammo O‘zbekistonga sayohat uchun kelish ancha qimmat. Birgina misol, Yevropadan Avstraliyaga bir haftaga sayohat qilishdan ko‘ra O‘zbekistonga sayohat qilish qimmatroqqa tushadi. Chunki milliy aviakompaniya chiptalari, mehmonxonalar – barcha-barchasida raqobat bo‘lmaganligi uchun bizda ko‘pgina xizmatlarimiz qimmat. Shu sababdan katta yoshli chet ellik sayyohlar guruh bo‘lib sayohat qilishni ma’qul ko‘radilar. Bu esa nisbatan arzonroqqa tushadi. Ya’ni, bir kishiga 1000 AQSh dollari ketsa, guruh bo‘lib sayohat qilganlar uchun, aynan shu xizmatlar kishi boshiga 700 AQSh dollaridan tushadi. Aslida, bu ham yomon segment emas”. 

Lekin hozir tendensiyalar o‘zgarmoqda. Aviakompaniya monopoliyasi olib tashlanishi yurtimizda ko‘plab avialiniyalarning joriy etilishiga va natijada aviachiptalar narxining tushishiga olib keladi, deya uning so‘zlarini keltirmoqda xabardor.uz muxbiri. 

Dildora MAMANOVA, Xabardor.uz


Bu ham qiziq

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

843 nafar fuqarolarni aldab, 50,1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan guruh qo‘lga olindi

Ular avtomobillarni arzon kredit yoki lizingda yetkazib berishni va’da qilgan. IIV guruhdan jabrlanganlarni 102 qisqa raqami…
17:54 / 30.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Ozarbayjon Rossiyada fuqarolarining vafot etishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, Qafqazinfo xabar berdi.
16:51 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Nogironlik pensiyalari ham fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi

Ushbu ma’lumot fuqarolarga SMS-xabar ko‘rinishida yuboriladi.
13:07 / 01.07.2025
Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025
Toshkentda 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bil…
09:23 / 02.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan qutladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetk…
16:24 / 29.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!