$
12603.52 UZS
25.31
160.94 UZS
0.63
14676.80 UZS
43.31
42° Kechasi 26°

Sindzo Abe Shavkat Mirziyoyev taklifini qabul qildi 

09:24 / 20.12.2019

Yaponiya “Reyva” – “Go‘zal uyg‘unlik” davrining birinchi yilida O‘zbekiston  bilan strategik sherikning yangi davrini boshladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi asosiy tadbirlari 19-dekabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.
Kantey qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston davlat rahbarini Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe kutib oldi. 
Shundan so‘ng ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar boshlandi.  
Muzokaralarda Yaponiya hukumati rahbari O‘zbekiston Prezidentini samimiy qutlab, ushbu tashrif “Reyva” (“Go‘zal uyg‘unlik”) davrining birinchi yilida o‘tayotganini alohida ta’kidladi. 

Uchrashuvda Tokio O‘zbekiston bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratayotgani qayd etildi. 


Sindzo Abe O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni yuksak baholadi va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni jonlantirishga faol hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Yaponiya hukumati rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, yapon xalqini “Reyva” davri boshlangani bilan tabrikladi. 

Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama ko‘p qirrali sheriklikni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish borasidagi intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.
Yaponiya hukumatiga O‘zbekistondagi islohotlar va iqtisodiy modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlayotgani, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuvda konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Dolzarb xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tomonlarning yondashuvlari yaqinligi qayd etildi.

Parlamentlararo aloqalar, jumladan, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasining faol ishtiroki doirasida jonlangani qayd etildi.
Muzokarada asosiy e’tibor O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishni taklif etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yaponiyaga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining natijalari tilga olindi.
Energetika, qazib olish tarmog‘i, mashinasozlik, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda, avvalo, Yaponiya yetakchi kompaniya va banklarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ma’qullandi.
Delegatsiyalar rahbarlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi orqali moliyaviy va moliyaviy-texnik sheriklik kengayib borayotganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, hududlararo aloqalarni, tartibli mehnat migratsiyasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish va ilgari surishning institutsional mexanizmlari kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrini boshlash borasida qat’iy ekanlarini ta’kidladi.
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini minnatdorlik bilan qabul qildi. 


Bu ham qiziq

“Puremilky” kompaniyasi hali kelmagan sanada mahsulotni sotuvga chiqardi

“Puremilky” kompaniyasi hali kelmagan sanada mahsulotni sotuvga chiqardi

Bloger Dilshod Dadaboyev sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyani qonunni buzishda aybladi
23:02 / 21.07.2025
“Tolibon” ayrim ayollarni hibsga olmoqda

“Tolibon” ayrim ayollarni hibsga olmoqda

“Tolibon” harakati 2021-yil avgust oyida AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng mamlakat nazoratini qo‘…
16:02 / 22.07.2025
Bishkekda mast erkak yigitlarga o‘q uzdi

Bishkekda mast erkak yigitlarga o‘q uzdi

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan “Bezorilik” va “Qurolni noqonuniy saqlash” moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.
12:11 / 22.07.2025
DXX: “22 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi”

DXX: “22 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi”

Tezkor tadbir davomida bir nechta holatlar joyida fosh etildi
21:32 / 21.07.2025
“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

“Daraxt kesishga isyon, pivo festivaliga sukunat” – Feruza Muhamedjonova

Milliy tiklanish partiyasi raisi o‘rinbosari pivo festivaliga o‘zining keskin munosabatini bildirdi.
14:37 / 21.07.2025
Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 milliard so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 17 milliard so‘m zarar yetkazildi

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda viloyat Ichki Ishlar boshqa…
16:45 / 21.07.2025
Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryodagi vahshiy qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat ostiga olingan
18:30 / 21.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyada qiyin moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol oilasi bag‘r…
12:37 / 21.07.2025
Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik o‘smir mashinada jarlikka qulab vafot etdi

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik o‘smir mashinada jarlikka qulab vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
12:10 / 22.07.2025
Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi

Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi

Tashrif davomida bir qator muhim masalalar muhokama qilindi
20:43 / 21.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!