$
12374.55 UZS
-48.35
153.13 UZS
-1.17
14425.01 UZS
-32.76
36° Kechasi 21°

"Legatium Institute" farovon davlatlar ro‘yxatini e'lon qildi

08:52 / 11.11.2014

Buyuk Britaniyadagi Legatium Institute 142 ta mamlakati bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, bu davlatlarda aholining turmush darajasi qanday ahvolda ekanini aniqladi. Institut xodimlari mamlakatlardagi iqtisodiyot, ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimlaridagi ahvol, inson huquqlari qay darajada ta'minlangani, xavfsizlikda yashash sharoitlari, aholining ish bilan bandligi va ijtimoiy himoya qilinishi masalalarini o‘rganib, ko‘rsatkichlarni belgilab chiqishdi hamda umumiy ro‘yxatni tuzishdi.

Institut tomonidan bunday tadqiqotlar 2009 yildan beri o‘tkazib kelinadi.

Ushbu ro‘yxatning ilk o‘nligidan Norvegiya, Shveytsariya, Yangi Zelandiya, Daniya, Kanada, Shvetsiya, Avstraliya, Finlyandiya, Niderlandiya va AQSh joy egalladi.

Norvegiya

Skandinavlar har yilgidek bu safar ham (6 marta ketma-ket) birinchi o‘rinda qoldi. Bu davlat fuqarolarining 94,9 foizi o‘z kelajaklariga ishonch bilan qarashlari ma'lum bo‘lgan. 66,1 foiz aholi esa o‘z ishlarini yo‘qotishdan xavotir olmagan holda umr kechirishadi.

Eng yuqori ko‘rsatkich: aholini ijtimoiy himoyalash (1-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: boshqaruv va biznes ishlari bo‘yicha (7-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 2,1 foiz

Shveytsariya

Shveytsariya o‘tgan yilgi natijasini takrorladi. Markaziy Yevropadagi bu davlatda iqtisodiy o‘sish va boshqaruv sohasidagi ulkan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, ta'lim tizmi uchun qo‘yilgan past baholar birinchi o‘rinni egallashga xalaqit berdi. Lekin, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilganida, shveysariyaliklarning 84,6 foizi ta'lim tizimidagi ahvoldan qoniqishlarini bildirishgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich: iqtisod va boshqaruv (1-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: ta'lim tizimi (21-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 0,2 foiz

Yangi Zelandiya

2013 yilda 5 chi bo‘lgan Yangi Zelandiya 2 pog‘ona yuqorilashga erishdi. Mamlakatdagi ishsizlik darajasi – 6,9 foiz. Aholining 96 foizi esa davlat hukumatiga ishonch bildirgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich: so‘z erkinligi (1-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: sog‘liqni saqlash tizimi (20-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 0,9 foiz

Daniya

Daniyaning reytingdagi natijalari bu yil yaxshilangan. Lekin ishsizlik darajasi 7,5 foizni tashkil etmoqda va ijtimoiy so‘rovnomaga ko‘ra, aholining 22,1 foizigina ishsizlikdan qo‘rqmasligini bildirgan.

Eng yuqori ko‘rsatkich: biznes imkoniyatlari (2-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: iqtisod (18-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 0,8 foiz

Kanada

Kanada ham bu yilgi ko‘rsatkichlarini 2 o‘ringa yaxshilab, 4 chi o‘ringa chiqdi. Tahlilchilar kanadaliklarning so‘z erkinliklari yuqori darajada kafolatganligini va migrantlarga munosabat yaxshi ekanini qayd etishgan. Ammo bu erkin sharoitlar boshqa bir muamoni yuzaga keltirib chiqargan, Kanada iqtisodiga korrupsiya xavf soladi.

Eng yuqori ko‘rsatkich: ta'lim tizimi (2-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: biznes imkoniyatlari (17-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 0,9 foiz

Shvetsiya

Shvetsiya 2013 yilgi o‘rnida qoldi – yuqorilamadi ham, pastlamadi ham. Legatium Institute vakillari bu davlatdagi iqtisod va biznes sharoitlarini a'lo darajada deb baholadi.

Eng yuqori ko‘rsatkich: biznes imkoniyatlari (1-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: ta'lim tizimi (16-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 0,0 foiz

Avstraliya

Avstraliya bu ro‘yxatda ketma-ket ikkinchi marta 7 chi o‘rinni band etmoqda. Avstraliyadagi ta'lim tizimi darajasi juda yuqori sifatda deya qayd etilgan, shuningdek, Avstraliya hukumatining chet-elliklarga keng himmatli ekani ham e'tirof etilgan. Biroq shu bag‘rikenglik avstraliyaliklarning u darajada xavfsiz yashay olmasliklariga ham sabab bo‘ladi.

Eng yuqori ko‘rsatkich: ta'lim tizimi (1-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: aholi xavfsizligi (16-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 2,4 foiz

Finlyandiya

Ro‘yxatdagi uchinchi Skandinaviya mamlakati 8 chi o‘rinni egalladi. Finlyandiya iqtisodi u qadar rivojlanmagan bo‘lsa-da, finlandlar mamlakatdagi tartibli boshqaruv va siyosiy-harbiy nizolar o‘choqlaridan olisda bo‘lgani uchun o‘zlarini baxtli his qila oladilar. Ishsizlik muhim muammolardan biri, atigi 17 foiz aholigina ishidan ayrilib qolmaslik haqida qayg‘urmay umrguzaronlik qila oladi.

Eng yuqori ko‘rsatkich: aholi xavfsizligi (3-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: iqtisod sohasi (26-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 1,5 foiz

Niderlandiya

Gollandlar har yili kuchli o‘nlikning quyirog‘idan o‘rin egallab kelishadi. Tahlilchilar bu davladdagi iqtisodiy sharoitlarni o‘tgan yilgi kabi past ko‘rsatkichda ekanini qayd etishgan. Lekin, ta'lim va sog‘liqni saqlash tizimidagi ahvol juda yaxshi baholangan.

Eng yuqori ko‘rsatkich: ta'lim tizimi (4-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: iqtisod sohasi (25-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 2,5 foiz

AQSh

AQSh o‘tgan yili o‘zining bu o‘nlikdagi o‘rnini Lyuksemburgga bo‘shatib bergan edi. Bu yil mamlakatdagi ahvol biroz yaxshilandi. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida ko‘plab islohotlar olib borilgan. Lekin, Qo‘shma Shtatlar endi "so‘z erkinliklari mamlakati" emas. Bu boradagi ko‘rsatkich bo‘yicha 21 chi o‘rinda qayd etilishgan. Hatto Urugvay va Kosta-Rika kabi sobiq diktatura rejimida yashagan davlatlar ham bu borada AQShdan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Amerikaliklarning eng yomon ko‘rsatkichi esa mamlakatda avj olgan jinoyatchilik va tashqi urushlar tufayli aholining o‘zini xavfsiz hiz qila olmasligi bilan bog‘liq.

Eng yuqori ko‘rsatkich: sog‘liqni saqlash tizimi (1-o‘rin)

Eng past ko‘rsatkich: aholi xavfsizligi (31-o‘rin)

Inflatsiya darajasi: 1,5 foiz

O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyalanganlik darajasi tadqiqotchilar tomonidan dunyo bo‘yicha eng yaxshi 16 chi ko‘rsatkichdan biri sifatida baholangan. Umumiy ro‘yxatda esa, yurtimiz 57 chi o‘rinda qayd etilgan. Bu borada O‘zbekiston MDH ga a'zo mamlakatlar orasida Belarus (53) va Qozog‘iston (55)dan keyingi 3 chi bo‘ldi. Shuningdek, Ukraina (63), Rossiya (68), Qirg‘iziston (74), Ozarbayjon (79), Gruziya (80), Turkiya (86), Tojikiston (94) va Armaniston (95) davlatlarini uchratishimiz mumkin quyiroq o‘rinlarda.


Bu ham qiziq

Farg‘onada yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Farg‘onada yer olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
21:15 / 02.09.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi.
16:39 / 03.09.2025
Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi

Turkiya va Bolgariyada halok bo‘lgan 6 nafar o‘zbekistonlik jasadi vatanga olib kelindi

Avgust oyida Istanbuldagi Bosh konsulxona tomonidan jazoni ijro etish muassasalari, deportatsiya markazlari, politsiya, sud …
15:04 / 03.09.2025
Vladimir Putin: “Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, biz buni Moskvada ham tashkil qilishga tayyormiz”

Vladimir Putin: “Zelenskiy muzokaralarga tayyor bo‘lsa, biz buni Moskvada ham tashkil qilishga tayyormiz”

Rossiya rahbari Xitoydagi tashrifi so‘ngida OAV vakillari bilan tashkil etilgan brifingda qatnashdi
22:05 / 03.09.2025
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi
22:44 / 02.09.2025
Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Ayniqsa talabalardan ayrim jihatlarda qattiq hushyorlik so‘raladi
20:23 / 02.09.2025
Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

Bu borada mutaxassis tavsiyasi bilan tanishamiz
22:53 / 03.09.2025
4-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

4-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 03.09.2025
3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:30 / 02.09.2025
Rasman AI-80 markali benzinning sotuvi to‘xtatildi

Rasman AI-80 markali benzinning sotuvi to‘xtatildi

“O‘zbekneftgaz” AJ bu borada rasmiy axborot taqdim etdi
19:45 / 02.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!