$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

Jahondagi eng qimmat 10 ta yaxta

11:23 / 29.04.2015

Milliarderlar o‘rtasida hatto kimning yaxtasi eng katta va eng qimmati, degan ma'noda kuchli raqobat boradi. Xo‘sh, ular kim va yaxtalarining nimasi bilan maqatana olishadi?

10-o‘rin: Al Mirqab 

Narxi 250 mln. dollar

Al Mirqab Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad ibn Yassim ibn Jobir ibn Muhammad al-Taniyga tegishli. 133 metrli yaxtani qurish ishlari 2008 yilda o‘z nihoyasiga yetkazilgan. Uning bortida 24 nafar mehmonni qabul qila oladigan 12 ta kayuta bor. Har bir kayutaning o‘z yuvinish va yotoq xonalari mavjud.

Bundan tashqari yaxtada teatr, basseyn, vertolyot qo‘nish maydonchasi va 55 ekipaj a'zosiga mo‘ljallangan xonalar joylashgan.

9-o‘rin: Pelorus 

Narxi 300 mln. dollar

Rossiyalik oligarx Roman Abramovich dastlab ushbu yaxtani Saudiya arabistonilik bir biznesmen uchun 2004 yil uchun qurdirgan edi. Oilaviy ajrashuvdan so‘ng yaxta uning sobiq xotiniga o‘tib ketdi va kinomagnat Devid Geffenga 2011 yilda 300 mln. dollarga sotildi.

115 metrli ushbu yaxtada vertolyot qo‘nish maydonchasi, butun bir boshli garaj, turli ko‘ngilochar gadjetlar, jumladan, suv mototsikli mashg‘uloti o‘rin olgan.

8-o‘rin: Al Said 

Narxi 300 mln. dollar

Al Said Ummon sultoni va milliarderi Qobus ibn Said al-Said uchun qurilgan yaxta hisoblanadi. Ulkan 155 metrli yaxta o‘ziga 70 nafar mehmon va 154 nafar ekipaj a'zosini qabul qila oladi.

Unda vertolyot qo‘nish maydonchasi, lift va 50 nafar ijrochidan iborat orkestrli konsert zali mavjud.

7-o‘rin: Dubai 

Narxi 300 mln. dollar

Jahondagi eng katta yaxtalardan biri, uning uzunligi 162 metrni tashkil etadi. Bruney shahzodasi Jefri Bolkiaxning buyurtmasi asosida barpo etilgan. Uni qurish ishlari 10 yil davom etgan. Dubay amiri shayx Muhammad Rashid al-Maqtum uni sotib olgach, ishlar to‘xtatildi.

Yaxta o‘z bag‘riga 115 nafar mehmon va ekipaj a'zosini sig‘dira oladi. Unda 7 ta paluba, basseyn, vertolyot qo‘nish maydonchasi va hatto uncha katta bo‘lmagan suv osti kemasi ham bor.

6-o‘rin: Radiant 

Narxi 320 mln. dollar

Rus oligarxi Boris Berezovskiy tomonidan qurilgan 360 futli ushbu yaxta BAAlik avtomobil milliarderi Abdulloh al-Futamiyga sotib yuborilgan.

Yaxtada Jyeyms Bondga taalluqli barcha standart jamlanmalar mavjud.

U ovozli zambarak bilan ta'minlangan bo‘lib, unga hujum qilgan odamning quloq pardalarini yertib yubora oladigan darajada balandlashi mumkin. Bundan tashqari unda suv otadigan uskuna bo‘lib, u yaxtadan 100 yard uzoqlikda bo‘lgan qayiqni bemalol ag‘dara oladi. Yaxtada favqulodda evakuatsiya holatlari uchun maxsus tezyurar katerlar ham mavjud. Yuqoridagilardan tashqari unda jakuzi, trenajyor zali, garaj va 20 nafar mehmonga mo‘ljallangan joy mavjud.

5-o‘rin: Serene 

Narxi 330 mln. dollar

440 metrli ushbu gigantga Rossiya spirtli ichimliklari oligarxi Yuriy Sheffler xo‘jayinlik qiladi.

Yaxta maxsus o‘rnatilgan chiroqlar yordamida tunda oq qayin rangida nur sochadi.

Yaxta 48 000 kvadrat fut maydonga ega bo‘lib, 7 palubadan tashkil topgan. Unda ochiq va yopiq basseynlar bor. 12 kayuta va tomosha qilish maydonchasi ham mavjud. Sheffler uni 2011 yilda 330 mln. dollarga sotib olgan.

4-o‘rin: «A» 

Narxi 390 mln. dollar

Filipp Stark loyihasi asosida barpo etilgan ushbu super yaxta rus oligarxi Andrey Melnichenkoga tegishlidir. Yaxta jihozlarining o‘ziga 40 000 dollar, zinalariga 60 000 dollar pul ketgan. Yotoqxonada yotib quyosh chiqishi va botishini bemalol kuzatsa bo‘ladi.

Bu yaxta bilan hatto sud mash-mashmasi ham bo‘lib o‘tgan. Melnichenko buyoqlar ishlab chiqaruvchi golland kompaniyasi Akzo Nobelni sifatsiz buyoqlar bergani uchun sudga bergan.

3-o‘rin: Topaz 

Narxi 520 mln. dollar

147 metrli yaxta 2012 yilda Lürssen Yachs qurilish kompaniyasi tomonidan barpo etilgan. Hozirda uning narxini 527 mln. dollar deb baholashayapti. Unda jakuzi, vertolyot qo‘nish maydonchasi, garaj, fitness markazi va kinoteatr mavjud.

Yaxta BAA bosh vazir o‘rinbosari, Wealth-X bergan ma'lumotga qaraganda boyligi 8,7 mlrd dollar bo‘lgan Mansur Zaid al-Naxayyanga tegishli.

2-o‘rin: Azzam 

Narxi 600 mln. dollar

Yaxtaning uzunligi 590 futni (ayrim yuk ortish laynerlarining uzunligi shunaqa) tashkil etadi va u BAA prezidenti shayx Xolif ibn Zaid al-Nixayyanga tegishli.

Nemis kema quruvchi kompaniyasi Lürssen Yachs ushbu yaxtani qurish uchun 4 yil vaqt sarfladi. Aytishlariga qaraganda, unda 50 kayuta bor ekan. Weakth-X bergan ma'lumotga ko‘ra prezidentning moliyaviy ahvoloti 18 mlrd dollarni tashkil etadi.

1-o‘rin: Eclipse 

Narxi 1 mlrd dollar

536 futli bu yaxta jahondagi eng katta yaxta titulini qo‘lga kiritgach, uni rus oligarxi Roman Abramovich 2010 yilda sotib oldi.

“Eclipse”da ikkita vertolyot qo‘nish maydonchasi, disko klub, kinoteatr, go‘zallik saloni va restoran mavjud. Ovozalarga qaraganda yaxtada maxsus lazer uskunasi o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori martabali mehmonlarning suratini olish imkonini bermas ekan.

XABARDOR.UZ / Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.


Bu ham qiziq

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
14:55 / 24.06.2025
Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025
Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Isroil “ulkan tarixiy yutuqlarga” erishgan va mavjud bo‘lgan ikkita ekzi…
12:31 / 24.06.2025
Sergelida Spark yonib ketdi

Sergelida Spark yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
11:27 / 25.06.2025
O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘zbekistonda 5 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgan?

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–may oylarida turli rusumda…
11:39 / 24.06.2025
Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
11:54 / 23.06.2025
O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘…
12:25 / 23.06.2025
Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent metrosining “Quruvchilar” – “Yangiobod” bekatlari oralig‘ida harakat vaqtincha to‘xtatiladi

Shuningdek, xabarda yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida “Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq” metro bekatlari oralig‘ida…
10:13 / 24.06.2025
25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

25-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
16:30 / 24.06.2025
UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

UFC. Jon Jons faoliyatini yakunladi

Endilikda Tom Aspinall to‘laqonli chempionga aylandi.
11:45 / 22.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!