$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

Nima uchun C vitamini bor mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak?

10:43 / 15.11.2019

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti har kuni tarkibida 60-80 milligramm C vitamini bo‘lgan mahsulot iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ushbu mikroelement tanada mustaqil ravishda sintez qilinmaydi, uni faqat tashqi tomondan olish mumkin. 

Quyida C vitaminiga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish qanchalik muhimligi haqida bilib olamiz.

Surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi

витамин с

Boshqa antioksidantlar singari, C vitamini tananing tabiiy himoyasini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Antioksidantlar immunitet tizimini rag‘batlantirishga, shuningdek, hujayralarni erkin radikallardan himoya qilishga yordam beradi. Yetarli miqdorda C vitaminini iste’mol qilsangiz, surunkali kasalliklar xavfi kamayadi. 

Podagraga qarshi yordam beradi

витамин с

Podagra – surunkali metabolik kasallik bo‘lib, unda buyraklar siydik kislotasini ajratish qobiliyatini yo‘qotadi. Natijada, u bo‘g‘imlarga birikadi va shish va yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. C vitamini qondagi siydik kislotasini kamaytirishga qodir.

Temir tanqisligining oldini oladi

C vitamini oziq-ovqatdagi temir moddasini yaxshiroq qabul qilishga yordam beradi va mikroelementni so‘rilish uchun yengilroq shaklga aylantiradi.

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi

Yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri bu – xolesterin miqdorining oshishi va yuqori qon bosimi hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, C vitaminini ko‘p iste’mol qilish yurak kasalligi xavfini keskin kamaytiradi.

C vitamini haqida muhim faktlar

витамин с

C vitamini suvda eriydi. Bu uning ortiqcha miqdori siydik bilan birga chiqarilishini anglatadi. Shuning uchun uning toksiklik chegarasini kesib o‘tish juda qiyin.

C vitaminining ko‘p qismi na’matak mevasi, chakanda moyi, bulg‘or qalampiri, karam va petrushkaning har xil turlarida uchraydi.

O‘tkir C vitaminining yetishmasligi qichishqoqni keltirib chiqaradi. Biroq, bu yuqumli emas.

C vitamini ko‘pincha antioksidant sifatida ishlatiladi va tayyor mahsulotlar u bilan boyitiladi. C vitaminini turli xil parhez bilan sintetik vitaminlar shaklida qabul qiling, ratsionga ko‘proq sabzavot va ko‘katlar qo‘shing.


Bu ham qiziq

Boks. O‘zbekiston U19 terma jamoasi qit’ada tengsiz bo‘ldi

Boks. O‘zbekiston U19 terma jamoasi qit’ada tengsiz bo‘ldi

Tailandda boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. E’tiborlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekis…
17:44 / 10.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025
“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

“Ukraina kelajagi ukrainaliklarsiz hal etilishi mumkin emas” — Makron

Fransiya Prezidenti bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
22:05 / 09.08.2025
Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trendlar tufayli yo‘qotilayotgan o‘zlik

Trend ortidan quvish, go‘yoki boshqalardan orqada qolmaslikka urinish insonni o‘zidan uzoqlashtiradi. U Instagram’dagi “idea…
12:17 / 10.08.2025
Odessadagi plyajda mina portladi

Odessadagi plyajda mina portladi

Keyinroq Odessa viloyati politsiyasi o‘z saytida suzish paytida yuz bergan ikkita portlash natijasida bir ayol va ikki erkak…
16:14 / 10.08.2025
Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025
G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

Uning ustiga insonparvarlik yordami yuklangan konteyner tushib ketgan.
11:58 / 10.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
11:27 / 11.08.2025
Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Poytaxt IIB bu haqda rasmiy bayonot berdi
20:45 / 10.08.2025
Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
11:04 / 11.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!