$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
33° Kechasi 20°

Kun tarixi: Shoh va shoir – Mirzo Bobur tavalludining 537 yilligi! 

12:21 / 14.02.2020

Hindiston tarixida o‘chmas iz qoldirgan, Osiyo tarixidagi hukmdorlar orasida eng yuqori mavqega ega hukmdor – Zahiriddin Muhammad Boburni tanimaydigan, bilmaydigan insonni topish qiyin. Shoh va ayni paytda shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda, sohibqiron Amir Temurning to‘rtinchi avlodi Sulton Umarshayx Mirzo oilasida dunyoga kelgan. 
1494-yili otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshli Bobur Farg‘ona hokimi etib tayinlanadi va mana shu kundan boshlab uning davlat boshqaruviga oid siyosiy hayoti boshlanadi.

“Yo‘lbars”
Bobur so‘zining ma’nosini bilasizmi? Bobur fors tilidan olingan bo‘lib, “babr” sher, bars, yo‘lbars ma’nolarini anglatadi. Bu nom jang-u jadallarda g‘oliblikka erishgan, jasoratli ma’nosini ham beradi.

Boburiylar sulolasi asoschisi
1526-yilda esa Hindistonda eng uzoq hukm surgan sulola, boburiylarning hukmronligi boshlanadi. Sulolaning boburiylar deb atalishi, uning asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan bog‘liq. Boburiy hukmdorlar 1848-yilga qadar mamlakatda hukmronlik qilishgan va inglizlarning bostirib kirishi bilan yakuniga yetgan. Sulola asoschisi Boburning o‘zi esa 1530-yilning 26-dekabrida Agra shahrida vafot etgan. Keyinchalik uning qabri vasiyatiga ko‘ra Kobul shahriga ko‘chiriladi.

Afsonaviy Toj-Mahalni Boburiy hukmdor qurdirgan

Hindistonning dur-u gavhari, dunyoning yetti moʻjizasidan biri bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi serhasham Toj-Mahalni kim qurganini bilasizmi? Ushbu saroyning barpo etilishi Hindistonda 332 yil hukmronlik qilgan Boburiylar imperiyasi hukmdorlaridan biri Shoh Jahon nomi bilan bog‘liq.  
Shoh Jahon suyukli yori, rafiqasi Mumtoz Mahal begim qabri ustida chiroyli saroy qurishni va’da qiladi va Toj-Mahal ana shu tariqa dunyoga keladi. Ushbu maqbara 21 yil davomida barpo qilingan. Saroyning qurilish ishlari malika Mumtoz Mahalning vafotidan (1632-yil) bir yil o‘tib boshlangan. Hozirgi hisob-kitoblar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, qurilishga, taxminan, 1 mlrd. AQSh dollari sarflangan.

Vafoti
Mirzo Bobur 1530-yilning 26-dekabrda 47 yoshida vafot etadi. Uni Agrada, Jamna daryosi qirg‘og‘idagi “Bog‘i orom” bog‘iga dafn etishadi. Oradan bir necha yil o‘tib, Bobur jasadi Kobuldagi “Bog‘i Kalon” bog‘iga ko‘chirib o‘tkaziladi. Hozirda bu bog‘ “Bobur bog‘i” deb ataladi.

Davlat boshqaruvi va ijodi 

Bobur o‘zining harbiy va siyosiy hayoti davomida, shohlikni shoirlikka singdirgan shaxs sifatida qadrlanadi. Uning shaxsiy hayoti, faoliyati, buyuk temuriylar tarixi (1494-1529 yillar voqealari), u tashrif buyurgan hududlarning tarixi, madaniyati, xalqlar hayoti, u yerdargi o‘simliklaridan tortib to hayvonot olamigacha bo‘lgan barcha kerakli ma’lumotlarni uning birgina nodir asari “Boburnoma”ni o‘qigach bilib olish mumkin.  
Mirzo Bobur nasriy janrlarda 10 dan ziyod she’rlar bitgan bo‘lib, ularning asosini ishqiy-nasriy mazmundagi she’rlar tashkil etadi. Ingliz tarixchisi Leyin Puul Mirzo Boburning asarlariga yuqori baho berib, “Bobur xotiralari va uning asarlari oldga yoki ortga chekingan jangchining kundaligi emas. Ushbu esdaliklarda shaxsiy kuzatuvlar, sharq adabiyotining mohir bilguvchisi, inson qalbini chuqur o‘rgangan va uning fazilatlarini baholashda o‘ta xolisona yondashgan olijanob, bilimli va kuzatuvchan insonning fikrlari jamlangan”, degan edi. 

Internet ma’lumotlari asosida Nargiza Utepova tayyorladi.


Bu ham qiziq

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ko‘magida Qozon shahrida og‘ir kasallikka chalingan hamyurtimiz vatanga qaytarildi”, – de…
09:30 / 06.09.2025
Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025
Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Masalan, yo‘llarda harakatlanayotgan “KOMIL”, “ERGASH”, “ZAFAR” yoki “QARSHI” deb yozilgan mashinalarni ko‘rish mumkin.
14:49 / 06.09.2025
Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025
Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va AQSH yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar: strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi
19:31 / 05.09.2025
AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

Ushbu faollikni Venesuela rahbari o‘z mamlakati uchun katta tahdid deb atadi
20:13 / 05.09.2025
Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Avtohalokatda jami 16 kishi, shu jumladan besh nafar bola ham jarohat olgan.
21:31 / 06.09.2025
Afg‘onistonda zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

Afg‘onistonda zilziladan keyingi qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi

Afg‘oniston hukumati 31-avgust kuni sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini to‘liq yakunladi.
09:29 / 07.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!