Kecha, 5-sentyabr kuni soat 18:18 larda da Surxondaryo viloyati, Uzun tumani “Kichik jonchekka” mahallasi Termiziy ko‘chasi 95-uy manzilida joylashgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo nuqtasining 20 metr kvadrat maydonida yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida 112 raqami orqali Uzun tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limiga murojaat kelib tushgan. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!