$
12175.53 UZS
-4.28
155.08 UZS
-1.65
14151.62 UZS
12.08
31° Kechasi 18°

Birinchi yordam: bilishimiz zarur bo‘lgan 8 ta ko‘nikma

16:39 / 17.06.2019

Maqola birinchi yordam ko‘rsatishning asosiy ko‘nikmalariga bag‘ishlanadi. Siz ushbu maqolani o‘qib yoningizdagi kishi hushidan ketganda, qon yo‘qotayotganida yoki kuyganida nimalar qilish kerakligini bilib olasiz.

Birinchi yordam – inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar yig‘indisidir. Baxsiz holat, kasallikning favqulodda xuruj qilishi va ovqatdan zaxarlanish – mana shu kabi holatlarda kishi qanday qilib birinchi yordamni samarali ko‘rsatishni bilmog‘i zarur.

Qoidaga ko‘ra, birinchi yordam tibbiyot xodimlari yetib kelguniga yoki bemorni shifoxonaga yetkizgunga qadar ko‘rsatiladi. Birinchi yordamni vaziyat yuz berganda bemor yonida kim bo‘lsa, o‘sha ko‘rsatishi mumkin. Biroq shunday kasblar borki, ular birinchi yordam ko‘rsatishi majburiyat hisoblanadi. Gap politsiyachilar, FV xodimlari, harbiylar va o‘t o‘chiruvchilar haqida ketmoqda.

 Birinchi yordam ko‘rsatishni bilish juda jo‘n va shu bilan birga muhim ko‘nikmadir. Favqulotda holatlarda kimningdir hayotini saqlab qolishi mumkin. Hozir mana shu birinchi yordam ko‘rsatishning 8 ta eng muhim ko‘nikmalarini sizga taqdim qilamiz.

Birinchi yordam ko‘rsatish algoritmi

Birinchi yordamni o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan va tartib bilan ko‘rsatish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

1. O‘zingiz, jabrlanuvchi va yoningizdagilar uchun xavfsizlikni ta'minlang (masalan, jabrlanuvchini yonayotgan avtomobildan chiqarib oling).

2. Jabrlanuvchining hayotchanlik belgilarini (tomir urishi, nafas olishi, qorachiqlarning yorug‘likka ta'siri) va hushini  tekshiring.

Nafas olishni tekshirish uchun jabrlanuvchining boshini orqaga tashlab, nafas olishini bilish yoki sezish maqsadida uning og‘zi va burniga yaqin kelish;  tomir urishini bilish uchun esa, barmoqlarni uyqu arteriyasiga qo‘yish; es-hushini tekshirish uchun uni yelkasidan ushlab, qandaydir bir savol bilan murojaat etish kerak.

3. Maxsus xodimlarni chaqirish.

4. Kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi yordamni ko‘rsatish. Vaziyat qanday bo‘lishidan qat'i nazar, quyidagilarni bajarish mumkin:

  • Nafas yo‘llarining o‘tuvchanligini tiklash;
  • Yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish;
  • Qon oqishini to‘xtatish yoki boshqa choralar.

5. Jabrlanuvchida fizik hamda psixologik qulaylik yaratib berish, mutaxassislarni kutish.

Nafas berish san'ati

O‘pkaga sun'iy nafas uzatish bu – tabiiy nafas olishni tiklash maqsadida inson nafas olish yo‘llariga havo (yoki kislorod) yuborishdir. Bunda elementar reanimatsion chora-tadbirlar o‘tkaziladi.

Sun'iy nafas berishni talab qiluvchi holatlar:

  • Mashina avariyasi;
  • Suvda yuz bergan baxsiz holatlar;
  • Tok urishi va boshqalar.

Sun'iy nafas berishning turli xil usullari mavjud. Mutaxassis bo‘lmagan kishilar birinchi yordam ko‘rsatayotganda “og‘izdan-og‘izga” va “og‘izdan-burunga” berilgan nafas eng samarali sanaladi.

Agarda tekshirish chog‘ida jabrlanuvchining nafas olmayotganini sezib qolsangiz, zudlik bilan  unga sun'iy nafas berish kerak.

“Og‘izdan-og‘izga sun'iy nafas berish”

1. Yuqori nafas olish yo‘llarining o‘tuvchanligini ta'minlab bering. Jabrlanuvchi boshini yon tomonga o‘girib, uning og‘zini shilimshiq, qon va boshqa yod narsalardan tozalang. Uning burun yo‘lini tekshiring, zarur bo‘lsa, uni ham tozalang.

2. Boshni orqaga tashlab, bo‘ynini ushlab turing.

Agarda jabrlanuvchining umurtqasi shikastlangan bo‘lsa, uning holatini o‘zgartirmang!

3. Bosh va ko‘rsatgich barmoqlaringiz bilan jabrlanuvchi burnini qising. Chuqur nafas olib, jabrlanuvchi og‘ziga labingizni zich qo‘yib, uning o‘pkasiga puflang.

Dastlabki 5-10 ta nafas tez berilishi kerak (20-30 soniyada), keyingi 12-15 tasi minut davomida beriladi.

4. Jabrlanuvchi ko‘krak qafasi harakatlanishiga e'tibor bering. Agar nafas berayotgan paytingiz uning ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgan bo‘lsa, demak siz hammasini to‘g‘ri bajaryapsiz.

Yurakni yopiq massaj qilish

Agar jabrlanuvchining nafas olish bilan birga tomir urushi ham yo‘q bo‘lsa yurak yopiq massaj qilinadi.

Yurakni yopiq massaj qilish yoki ko‘krak qafasi kompressiyasi – bu yurak to‘xtab qolgan dam qon aylanishini saqlab turish maqsadida yurak muskullarini umurtqa va ko‘krak qisish. Bu ham elementar yurak faoliyatini tiklash tadbirlariga kiradi.

Diqqat! Agar puls mavjud bo‘lsa yopiq massaj qilish kerak  emas.

  • Barmoq bilan to‘shning quyi chekkasidagi chuqurchani topib, barmoq shu yerga qo‘yiladi. Jabrlanuvchining tovoniga yaqin bo‘lgan qo‘lni ishlatish zarur.
  • Boshqa qo‘lning kaftini jabrlanuvchining to‘shiga, barmoqlar turgan joydan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
  • Barmoqlarni chuqurchadan olib, birinchi qo‘lning kaftini boshqa qo‘ldan yuqoriroqqa qo‘yiladi.
  • Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.
  • Yurakni yopiq massaj qilish texnikasi:

1. Jabrlanuvchini tekis, qattiq joyga yotqizing. Krovat va boshqa yumshoq joylarda yurakni yopiq massaj qilib bo‘lmaydi.

2. Jabrlanuvchi ko‘kragining xojsimon qismini toping. Xojsimon qism – bu ko‘krakning eng qisqa va tor qismi hisoblanadi.

3. Ko‘krakning xojsimon qismidan 2-4 sm teparoqqa yuring. Bu joy kompressiya nuqtasidir.

4. Kaftingiz asosini kompressiya nuqtasiga qo‘ying. Shunda bosh barmoq jabrlanuvchining tomog‘ini yoki qornini ko‘rsatib turishi kerak. Bir qo‘lingiz ustidan ikkinchi kaftingizni qo‘ying. Bosim faqat kaft asosi orqali qilinadi. Barmoqni ko‘krak qafasiga tekizmaslik kerak.

5.  Ko‘krak qafasiga ritmik itarishlarni kuchli, bir tekisda hamda aniq vertikal holatda bajarish zarur. Tezlik - daqiqasiga 100-110 bosim. Bundan tashqari ko‘krak qafasi 3-4 sm ichkariga qayrilishi kerak.

Chaqaloqlarda yurakni yopiq massaj qilish bir qo‘lning ko‘rsatgich va o‘rta barmoqlarida o‘trkaziladi. O‘smirlarda esa, bir qo‘lning kafti bilan.

Agar yurak yopiq massaji sun'iy nafas bilan birgalikda qilinsa, har ikki nafas berish 15 ta bosish bilan o‘tkaziladi.

Geymlix usuli

Traxeyaga ovqat yoki yod narsalar tushsa, u yopilib qolib odam nafas ololmay qoladi.

Nafas yo‘llarining tiqilib qolganligi belgilari:

  • To‘laqonli nafas olishning yo‘qolishi. Agar tomoq qisman tiqilgan bo‘lsa, odam yo‘tala boshlaydi; agar to‘la tiqilsa, tomog‘ini ushlab qoladi.
  • Gapirolmaydi.
  • Yuzi ko‘karib, bo‘yin tomirlari shishadi.

Nafas yo‘llarining tozalanishi ko‘pincha Geymlix usuli bilan bajariladi:

1. Jabrlanuvchi orqasiga turib oling.

2. Uni qo‘lingiz bilan qovurg‘asi tagidan quchoqlang.

3. Jabrlanuvchi qornini qattiq bosib, barmoqlaringizni ichkari qayiring.

Homilador ayollardan tashqari boshqa jabrlanuvchilar ko‘kragini bosmang, chunki bosim ko‘krak qafasining pastki qismida o‘tkaziladi.

  • Nafas yo‘li ochilmaguncha, ishni bir necha bor takrorlang.

Agar jabrlanuvchi hushini yo‘qotgan bo‘lsa, uni yotqizib oyoqlariga o‘tiring va qovurg‘a yoyini bosing.

Agar yod jism kichkina bola nafas yo‘liga tushgan bo‘lsa, uni qorin bilan to‘ntarib,  kurak suyagi orasiga 2-3 marta urish kerak. Juda ehtiyotkor bo‘ling. Bola yod jismni tezda chiqarib tashlagan vaziyatda ham uni, albatta, vrach ko‘rigiga olib boring.

Qon ketishi

 

Qon ketishini to‘xtatish – bu qon yo‘qotishni oldini olish uchun o‘tkaziladigan chora-tadbirlardir. Qon ketishida birinchi yordam haqida so‘z borganda, tashqi qon ketishi nazarda tutiladi. Tomir turidan kelib chiqib ular kapillyar, vena va arterial qon ketishiga bo‘linadi.

Kapillyar tomirdan qon ketishi aseptik bog‘lam qo‘yish, shuningdek, qo‘l yoki oyoqdan qon ketayotgan bo‘lsa uni baland ko‘tarish bilan to‘xtatiladi.

Vena tomiridan qon ketsa, qattiq siqib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. Bunda yara bog‘lanadi: yaraga doka qo‘yilib, ustidan bir necha qavat paxta (yoki toza sochiq) ham qo‘yiladi. U qo‘lga mahkam qilib bint bilan bog‘lanadi. Mahkam bog‘langan venadan qon kelishi darhol to‘xtaydi.

Agar bog‘lam qon tufayli qattiq namlanib ketsa, yarani kaft bilan kuchli bosish zarur.

Arterial qon ketishini to‘xtatish uchun, tomirni qisish kerak.

1. Chakka

2. Jag‘

3. Uyqu

4. Bilak

5. Yelka

6. Qo‘ltiqosti

7. Son

8. To‘piq

Arterial qon tomirni siqish texnikasi: arteriyani barmoq yoki musht bilan suyakka qattiq siqish.

Arteriyani qo‘l bilan tezda topsa bo‘ladi. Shuning uchun bu usul samarali.

Agar jarohat tomir tugallanishida bo‘lsa, jgutdan foydalanish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

Qonni to‘xtatuvchi jgut qo‘yish texnikasi:

1. Jgutni kiyim yoki yumshoq taglik ustidan, yaradan sal tepa joyga qo‘ying.

2. Jgutni qo‘ying va tomir urishini tekshiring. Qon ketishi to‘xtab, jgut pastidagi teri biroz oqarishi kerak.

3. Yaraga bog‘lam qo‘ying.

4. Jgut qo‘yilgan aniq vaqtni yozib qo‘ying.

Jgutni ko‘pi bilan 1 soat qo‘yish, keyin jgutni 10-15 daqiqa bo‘shatish lozim. Zarur hollarda uni yana 20 daqiqacha qo‘yish mumkin.

Sinishlar

Sinish – bu suyak butunligining buzilishi. Sinish qattiq og‘riq, ba'zan hushdan ketish yoki shok, qon ketishi bilan birga keladi. Ochiq va yopiq sinishlar mavjud. Birinchisi to‘qimalarning yengil shikastlanishi bilan kechadi. Yaradan suyakning bo‘linganini sezish mumkin.

Sinishda birinchi yordam ko‘rsatish:

1. Jabrlanuvchining holatiga baho bering va sinish joyini aniqlang.

2. Qon ketishi kuzatilsa, uni to‘xtating.

3. Mutaxassislar kelgunicha jabrlanuvchini qo‘zg‘ash mumkinmi yo‘qmi aniqlab oling.

Agar umurtqa pog‘onasi shikastlangan bo‘lsa, jabrlanuvchini holatini o‘zgartirmang!

4. Singan joyni qimirlatmaslikka harakat qiling. Buning uchun singan joydan tepadagi va pastdagi bo‘g‘imlarni harakatsizlantirish lozim.

5. Shina qo‘ying. Shina sifatida tekis tayoq, yog‘och, chizg‘ichlarni qo‘llash mumkin.

Shina mahkam qilib bint yoki plaster bilan bog‘lanadi.

Ichki sinishda immobilizatsiya kiyim ustidan amalga oshiriladi. Ochiq sinishda shinani suyak sinib chiqqan joyga qo‘yish mumkin emas.

Kuyish

Kuyish – bu yuqori harorat va kimiyoviy vositalar ta'sirida organizm to‘qimalarining shikastlanishi. Kuyish jarohat darajasi va turiga qarab turlanadi.

  • Termik (alanga, suyuqlik, bug‘);
  • Kimiyoviy (kislotalar);
  • Elektrdan kuyish;
  • Nurdan kuyish;
  • Kombinatsiyalangan kuyishlar.

Kuyishda birinchi bo‘lib, kuyish manbasidan xalos bo‘lish lozim (olov, elektr toki, qaynoq va boshqalar)

Termik kuyishda kuygan soha kiyimlardan holi qinadi. Dezinfeksiya va og‘riqsizlantirish maqsadida yarani suv spirt eritmasi (1 k 1) yoki aroq bilan namlash kerak.

Yog‘li maz va kremlardan foydalanmang. Ular na terini dezinfeksiya qiladi, na og‘riqni kamaytiradi.

So‘ngra yarani sovuq suv bilan namlab, steril bog‘lam qo‘ying va jabrlanuvchiga salqin bo‘lishi uchun shamol berib turing.

Behushlik

Behushlik – bu miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik buzilishi tufayli tasodifiy hushni yo‘qotish hisoblanadi. Boshqa so‘z bilan aytganda, bu miyaning unga kislorod yetib bormayotganligi haqidagi signalidir.

Odatiy va epileptik behushlikni ajrata olish zarur. Birinchisi ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi bilan kechadi.

Odam hushdan ketishidan oldin ko‘zlarini ko‘p qimirlatadi, uni sovuq ter bosadi. Tomir urishi sekinlashib, tana oxirlari sovuq qotadi.

Hushdan ketishga quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • Qo‘rquv;
  • Hayajonlanish;
  • Havo yetishmasligi va boshqalar.

Agar odam hushdan ketsa, uni qulay qilib yotqizing va toza havo kelishi uchun sharoit yarating (kiyimlari tugmasini yeching, kamarini bo‘shating, eshik va derazalarni oching). Jabrlanuvchi yuziga sovuq suv seping, yanoqlariga kaftingiz bilan uring. Agar aptechkangiz bo‘lsa, jabrlanuvchiga nashatir spirti hidlating. 

Agar uning hushi 3-5 daqiqada kelmasa, darhol tez yordam chaqiring.

Jabrlanuvchi o‘ziga kelganida, unga kuchli qora choy yoki kofe bering.

Zaharlanish

Zaharlanish – bu organizmga zahar yoki toksin tushganligi sababli uning hayotchalik holatini yo‘qotishi.

Toksin turiga qarab zaharlanish quyidagicha tasniflanadi:

  • Is gazi;
  • Zaharli ximikatlar;
  • Alkogol;
  • Dori-darmon;
  • Ovqat va boshqalar.

Birinchi yordam zaharlanish turidan kelib chiqib ko‘rsatiladi. Keng tarqalgan ovqatdan zaharlanish ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi va qorindagi og‘riqlar bilan kechadi. Bunday vaziyatlarda jabrlanuvchiga bir soat davomida har 15 daqiqada 3-5 gramm faol ko‘mir qabul qilish, ko‘p suv ichish, ovqat yemay turish va albatta, vrach ko‘rigiga borish tavsiya qilinadi. 

Bundan tashqari,  dori-darmondan yoki alkogoldan zaharlanish ham mavjud.

Bu hollarda birinchi yordam quyidagicha ko‘rsatiladi:

1. Jabrlanuvchining oshqozonini yuving. Bunda u 2-3 stakan tuzli suv (1 litr suvga 10 gramm tuz va 5 gramm oshxona sodasi solinadi) ichishi kerak. Shundan so‘ng jabrlanuvchini qayt qilishga majbur qiling. Buni qo‘shilgan massa toza holga kelmaguncha takrorlang.

Oshqozon faqat jabrlanuvchi hushida bo‘lsagina tozalanishi mumkin.

2. 10-20 dona faol ko‘mir tabletkasini stakandagi suvga aralashtiring va uni jabrlanuvchiga ichish uchun bering.

 

3. Mutaxassislar kelishini kuting.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun “Daromadli ayol” dasturi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda xotin-qizlar uchun “Daromadli ayol” dasturi ishga tushiriladi

Ushbu maqsadlar uchun 25 trillion so‘mdan ziyod resurs yo‘naltiriladi.
16:28 / 06.03.2026
Isroil Eron mojarosi sababli Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi

Isroil Eron mojarosi sababli Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi

Fuqarolik ma’muriyati rahbari brigada generali Hisham Ibrohim cheklov Eronning “Isroil va butun mintaqaga” qarshi javob zarb…
16:01 / 06.03.2026
O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelmoqda

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelmoqda

9–12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 9–11-mart kunlari respublika bo‘ylab vaqt-v…
13:45 / 06.03.2026
Nodirbek Abdusattorov Prague International Chess Festival 2026 turniri g‘olib bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov Prague International Chess Festival 2026 turniri g‘olib bo‘ldi

Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazilgan Prague International Chess Festival 2026 turniri yakuniga yetdi. Kecha, 6-mart k…
09:34 / 07.03.2026
Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Oliy ta’lim vazirligi xodimi 100 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

DXX Tergov boshqarmasi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bil…
11:16 / 06.03.2026
Toshkentda tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlandi

Toshkentda tuman hokimligi mansabdorlari pora bilan ushlandi

Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokim yordamchisi fuqaroning ishini Yashnobod tuman hokimiyati bo‘linma rahbari ko‘magida…
10:29 / 07.03.2026
Xitoy Fors ko‘rfazidagi mojarolar fonida neft eksportini to‘xtatadi

Xitoy Fors ko‘rfazidagi mojarolar fonida neft eksportini to‘xtatadi

Mamlakat hukumat neftni qayta ishlash kompaniyalariga yangi eksport shartnomalarini tuzmaslik va kelishilgan jo‘natmalarni b…
16:45 / 05.03.2026
Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Xalqaro ayol sudyalar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi

Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonda ilk bor bir vaqtning o‘zida o‘n nafar ayol sudya davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Tasavvu…
17:13 / 05.03.2026
O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan tel…
09:17 / 06.03.2026
O‘zbekistonda ayollar soni 18,9 mln nafardan oshdi

O‘zbekistonda ayollar soni 18,9 mln nafardan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda ayollar soni 18 979,0 ming na…
16:37 / 07.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!