Toshkent shahrida sun’iy ko‘llar soni 12 taga yetkaziladi. Bu bo‘yicha topshiriq Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan gidroenergetika sohasini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishuv chog‘ida berildi.
Taqdimotda poytaxt hududidagi daryo va kanallar bo‘ylarini obodonlashtirish, shahar mikroiqlimini yaxshilash hamda sun’iy ko‘l va suv havzalarini barpo etish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, Chirchiq daryosining Toshkent orqali o‘tuvchi 16 kilometrlik qismi obodonlashtirilib, 306 gektar maydonda “Daryo bo‘yi” loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha doirasida qirg‘oqlar mustahkamlanadi, yashil hududlar yaratiladi hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.
Shuningdek, Bektemir kanali bo‘yida 187,3 gektar maydonda “yashil belbog‘” barpo etilib, sayilgohlar, piyoda va veloyo‘laklar, ichki yo‘llar hamda ko‘priklar qurilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Toshkentda 4 ta sun’iy ko‘l tashkil etish loyihasi ham taqdim etilgan edi. Prezident esa bu yetarli emasligini ta’kidlab, ko‘llar sonini 12 taga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!