29-aprel kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiev o‘ziga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqidagi xabarlar fonida fuqarolarga murojaat qilib, ularni qonunlarga rioya qilishga va norozilik namoyishlaridan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda uning Facebook sahifasida e’lon qilingan murojaatida ma’lum qilindi.
Tashievning ta’kidlashicha, jamiyatda yuzaga kelgan turli murojaatlar va xavotirlar sababli u ochiq bayonot berishga majbur bo‘lgan.
“Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha o‘zimni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarga egaman. Men aybsizman va Xudo xohlasa, oqlanaman”, dedi u.
Shuningdek, u aybdor shaxslar albatta javobgarlikka tortilishini, aybsizlar esa qonun asosida oqlanishini qayd etdi.
“Chunki mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan adolatli sud tizimini shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Masalan, ‘Qampirobod’ ishi bo‘yicha 25 kishi oqlangan”, deya qo‘shimcha qildi u.
Sobiq rahbar fuqarolarni faqat qonun doirasida harakat qilishga chaqirib, ulardan ortiqcha xavotirga tushmaslikni so‘radi.
“Men uchun xavotir olmang. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Barchangizga rahmat”, dedi Tashiev.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!