$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

“Tesla Motors”: kompaniya tarixidan qiziq faktlar

06:01 / 10.11.2014

9 oktyabrda Elon Mask kompaniyaning yangi “Tesla Model S P85D” avtomobilini taqdim etdi. Avtomobil atigi 3,2 soniyada tezligini soatiga 100 kilometrga chiqarishi mumkin esa. Bu esa uning “Porsche”, “Ferrari”, “Lamborghini”, “Audi” va boshqalarning superavtomobillari qatoriga qo‘shilishiga imkon beradi.

Quyida kompaniya tarixiga bir qur nazar tashlaymiz.

“Tesla” kompaniyasiga Elon Mask asos solmagan Sport avtomobili yaratish g‘oyasi muhandis Martin Eberxardning xayolida tug‘ilgan. U yoqilg‘ini kam sarflaydigan avtomobil yaratishni xohlagan. Biroq muhandis akkumulyator batareyalarini, avtomobillarni yaxshi tushunmasdi. Shuning uchun diqqatini litiy-ionli akkumulyator yaratishga qaratdi.

TESLA-1-new 

Loyihani amalda tatbiq etishga pul kerak edi. Eberxard ancha vaqtgacha homiy izladi, nihoyat uni “PayPal”dagi Elon Mask va “Google” asoschilari — Sergey Brin va Larri Peyj qiyofasida topdi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan 2003 yilda yangi kompaniya tashkil qilinib, serb olimi Nikola Tesla nomi berildi. Kompaniyaning hammuassisi boshqa muhandis — Mark Tarpenning bo‘ldi.

“Tesla”ning birinchi avtomobili — o‘zgartirilgan “Lotus Elise” Birinchi elektromobilga “Lotus Cars” kompaniyasi seriyali tarzda ishlab chiqaradigan “Elise” modeli asos qilib olindi. “Tesla” shunchaki avtomobilning “ichini” o‘zgartirdi. Dvigatel o‘rniga muhandislar 6381 akkumulyatorini o‘rnatishdi.

TESLA-2-new

Avtomobilni quvvatlantiruvchi qurilma tizimining murakkabligi sovutishning maxsus tizimi bo‘lishini talab qilardi. “Tesla Motors” asoschilari avtomobillarni tushunmagani sababli “Lotus Cars” mutaxassislarini o‘zlariga og‘dirishni boshlashdi, bu katta janjalga aylanib ketayozdi. Kompaniyada u paytda hammasi bo‘lib yuzga yaqin odam ishlardi.

“Tesla Roadster” 4 soniyada tezligini soatiga 100 kilometrga chiqarib, maksimal tezligini 210 kilometrga yetkazishi mumkin edi. Quvvat 400 kilometrga yetardi. Elektromobilni oddiy rozetka yordamida quvvatlantirish mumkin. Mashina 2006 yil iyunda 100 ming dollar narx bilan sotuvga chiqarildi.

“Tesla Motors” kompaniyasi 10 yoshdan oshdi Kompaniya 2003 yil iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi va “Tesla Roadster”ni taqdim etmaguncha uch yilgacha matbuotda tilga olinmadi.

“Tesla” 2007 yilda xonavayron bo‘lay dedi “Tesla” kompaniyasi sinish arafasida edi. 2007 yil dekabrda kompaniyaga Zeyev Drori, yuqori texnologiyalar sohasidagi omadli tadbirkor prezident etib tayinlandi. Drori rahbarligi xodimlarning 10 foizi ishdan bo‘shatildi, lekin kompaniya daromad keltira boshladi.

TESLA-3-new

Shunga qaramay, Drori bir yil ham ishlamadi. 2008 yilda Elon Mask bosh direktor lavozimini egalladi. Drori vitse-rais bo‘ldi, ikki oydan so‘ng kompaniyani tark etdi. Bu paytgagacha Mask “Tesla”ga o‘zining 70 million dollarini tikkandi.

Biroq Maks rahbarligida ham ishlar yurishib ketmadi. Kompaniya to‘rt yil ichida atigi 2250 ta elektrokar sotdi. “Tesla” mashinalarni vaqtida yetkazib berolmayotgandi. “Top Gear” avtomobil shousida qatnashish ham yordam bermadi.

“Daimler AG” avtokonsernining “Tesla”da hissasi bor Hamkorlik haqidagi bitim 2009 yil 19 mayda imzolandi. “Daimler AG” 50 million dollarga “Tesla”ning 10 foiz aksiyalarini sotib oldi.

TESLA-4-new

“Tesla” kompaniyasi AQSh hukumatidan kredit olgan 2009 yil iyunda “Tesla Motors” AQSh Energetika vazirligidan 465 million dollar kredit oldi. Kompaniya kreditni vaqtidan oldin (to‘qqiz yil oldin) — 2013 yil mayda to‘ladi.

Kompaniyaning ilk shiori Kompaniya ilk reklama posterlaridan biriga “Benzinni emas, rezinani yoq” degan yozuvni joylashtirdi.

TESLA-5-new

“Tesla Model S”ning faqat 6 ta detali vaqti-vaqti bilan almashtirib turilishi kerak Avtomobilni ishlatish shartlariga ko‘ra, to‘rtta g‘ildirak va oynatozalagichlarni almashtirib turish kerak. Avtomobilning tormoz kolodkalari deyarli ishdan chiqmaydi, chunki to‘xtash asosan rekuperativ tormozlanish yordamida amalga oshadi.

“Tesla” kompaniyasi “Fiat”, “Mitsubishi”, “Suzuki”, “Isuzu”dan qimmat Kompaniyaning bozordagi narxi (taxminan 21 milliard dollar) “Mitsubishi”, “Suzuki” va “Isuzu”dan yuqoriroq.

SeVINCh tayyorladi.


Bu ham qiziq

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Putin va Tramp yana telefonlashdi

Bu haqda Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
09:48 / 04.07.2025
Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda harorat 46 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 2–5-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:10 / 01.07.2025
Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ukraina dronlari Ijevskdagi korxonaga hujum qildi

Ma’lumot uchun, Ijevsk Rossiya Federatsiyasidagi Udmurtiya Respublikasining poytaxti hisoblanadi. Shahar mashinasozlik va qu…
14:42 / 01.07.2025
Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyadagi deportatsiya markazlaridan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Migratsiya agentligi hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi mas’ullari o‘rtasida Turkiyada noqonuniy…
13:13 / 02.07.2025
Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Andijonda IIB xodimi pichoqlab o‘ldirildi

Olgan jarohati natijasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan A. Abduvaliyev shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
14:45 / 02.07.2025
O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

O‘zbekiston kubogi chorak finali uchun qur’a tashlandi

Markaziy o‘yin Jizzaxda kechadigan bo‘ldi
20:43 / 03.07.2025
“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

“Sevimli” telekanali jarimaga tortildi

Telekanal mualliflik huquqini buzganligi aytilmoqda.
12:52 / 03.07.2025
Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

Xorazmda sudya pora bilan qo‘lga olindi

15 ming AQSH dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi
19:21 / 03.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!