$
12900.00 UZS
-20.16
157.32 UZS
-1.29
14595.06 UZS
-86.12
28° Kechasi 15°

Ko‘p o‘tirib ishlaysizmi? U holda...

11:44 / 27.10.2019

Kamharakatlilik, kompyuter qarshisida soatlab o‘tirish ertami-kechmi salomatlikka bolta uradi. Nima ham qilardik, ishimiz shu-da!, deyish ham noto‘g‘ri. Bu holatni chetlab o‘tish uchun ovqatlanish ratsioniga biroz o‘zgartirish kiritishingizga to‘g‘ri keladi. Bu borada AdMe.ru sayti idorada ko‘p o‘tirish davomida yuzaga keluvchi kasalliklarga qarshi foydali bo‘lgan besh mahsulot ro‘yxatini taqdim etadi.

Ko‘zlar salomatligi uchun

Kompyuter qarshisida soatlab o‘tirish ko‘zning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir qilishi ko‘p bora aytilgan. Ammo idora, hujjat ishlarini ham kompyutersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ko‘zlar salomatligini saqlash uchun  har kuni tarkibi omega-3, lyutein, ruh va A,C,E vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar (ko‘katlar, tuxum, sitrus va rezavor mevalar, yong‘oq, yog‘li baliq turlari)ni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Immunitetni kuchaytirish uchun

Bir xonada ko‘pchilik bo‘lib uzoq vaqt o‘tirish kasallik chaqiruvchi bakteriya va viruslar uchun ideal muhit hisoblanadi. Bu holatda ularning bir odamdan ikkinchisiga tez tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmoqlik lozim. Eng avvalo, immunitetni mustahkamlash zarur. Bu borada sizga sitrus mevalari, bulg‘or qalampiri, brokkoli, sarimsoqpiyoz, zanjabil, kivining yordami tegishi aniq.

Moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun

Idora xodimlari uchun moddalar almashinuvining me’yoriyligi juda muhim. Doimiy ravishda bir yerda qimirlamay, harakatsiz o‘tirish moddalar almashinuvining sustlashishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi mahsulotlar moddalar almashinuvini yaxshilab, sizni bir tonusda saqlaydi:
•  dengiz karami;
•  qahva;
•  choy;
•  ziravorlar (zanjabil, qora murch);
•  dukkakli mahsulotlar;
•  tovuq go‘shti;

Miyaga darmon mahsulotlar

To‘g‘ri ovqatlanish faqat tana uchun emas, bosh miya uchun ham ahamiyatli. Bu narsa, ayniqsa, aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar uchun juda muhim. Ovqatlanish tarkibiga yog‘li baliq, yong‘oq, boshoqli mahsulotlar, anor, qora shokolad kabilardan ko‘proq kiritilsa,  miya o‘z sohibidan minnatdor bo‘ladi.

Ichaklar uchun

Amerikalik mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, ko‘p o‘tirish bilan bog‘liq faoliyat yo‘g‘on ichaklar saratonining xavfini oshirishi mumkin. Brokkoli, ismaloq, sitrus mevalari, rezavor mevalar va boshoqli mahsulotlar ichaklarni saraton kasalliklaridan saqlaydi. Qizil go‘sht va sosiska, kolbasa kabi go‘sht mahsulotlarini esa ovqat tarkibidan chetlashtirish lozim.


Bu ham qiziq

Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Joriy yilda Xorazmda jami 200 million dollarlik 91 ta loyiha ishga tushiriladi

Qoraqalpog‘istondan Xorazmga keladigan yo‘l sifati yomonligi bois yiliga qo‘shimcha 300-400 ming turist jalb qilish imkoniya…
13:56 / 02.05.2025
Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada 11 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik qotil umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ukrainada bir qator shafqatsiz qotilliklarda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
20:57 / 02.05.2025
Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi

Prezident yangi poyezdda jamoatchilik bilan birga Urganchdan Xivaga bordi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga qilgan safari davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan vagonlar va Urganch-Xiva elektrlasht…
21:04 / 01.05.2025
“Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q” – Husanovning agenti

“Menga “Barselona”dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q” – Husanovning agenti

Ijtimoiy tarmoqlarda Abduqodir Husanov “Barselona”ga ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
09:21 / 02.05.2025
Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
21:48 / 30.04.2025
Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Hududiy o‘rmon xo‘jaliklariga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tarqatildi

Ekologiya vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan o‘rmonlar barpo etish, qayta tiklash va o‘rmon yong‘inlariga …
12:24 / 02.05.2025
2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

2-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 16-18 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
22:15 / 01.05.2025
Farg‘onaga 24 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Farg‘onaga 24 ta zamonaviy avtobuslar olib kelindi

Farg‘ona viloyatiga jamoat transporti uchun Xitoydan 24 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokiml…
19:10 / 30.04.2025
Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

Apple O‘zbekistondagi IT-kompaniyalar orasida eng yirik soliq to‘lovchiga aylandi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistondagi xorijiy IT-kompaniyalardan soliq tushumlari qariyb 1,5 barobarga oshdi.
18:41 / 30.04.2025
Yashnobod tumanida BYD piyodani urib yubordi

Yashnobod tumanida BYD piyodani urib yubordi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
18:33 / 02.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!