Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro markaziy bozorining ma’muriyati oldida sotuvchi ayollar o‘rtasidagi janjal aks ettirilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy izoh berdi.
Qayd etilishicha, ushbu videolavha kecha, 22-iyun kuni soat 10:05larda Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, fuqaro M.Z. va Sh.F.lar o‘rtasida suv va meva mahsulotlarini sotish uchun joy talashishlari oqibatida janjal kelib chiqqan va ushbu tortishuv atrofdagilar tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!