$
12621.29 UZS
-103.87
158.44 UZS
-0.21
14596.52 UZS
88.57
35° Kechasi 21°

Nima uchun siniq ekranli telefondan foydalanib bo‘lmaydi?

22:31 / 14.10.2019

Ko‘pincha telefon qo‘limizdan sirg‘alib tushib ketadi. Yumshoq yuzaga tushsa-ku mayli, ammo qattiq yerga tushadigan bo‘lsa, butunlay sinib ketmasa ham, hech bo‘lmaganda ekran yuzasi darz ketadi. Ko‘pchiligimiz bunga e’tibor ham bermay telefonimizni ishlatishda davom etamiz. Chunki gadjet ekranini almashtirish qimmatga tushadi. Undan ko‘ra, yangi telefon olgan yaxshi deb, yangi xarid uchun qulay paytni kutib yuramiz. Biroq singan ekranli telefonni ishlatish zararli. Sababi… 

Картинки по запросу Почему нельзя использовать смартфон с разбитым экраном?

 Sog‘liq uchun zararli

Ekrani buzilgan smartfon sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin. Zamonaviy gadjetlar sensorli ekranlar bilan jihozlangan. Mobil qurilma ekrandagi imo-ishoralar va barmoqlar orqali boshqariladi. Buzilgan displey barmog‘ingizni kesishi va shisha parchalari chuqur yara qoldirishi mumkin.

Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga sabab bo‘ladi

Buzilgan ekran, barmoqlarni kesishdan tashqari, ko‘rish qobiliyatiga ham salbiy ta’sir etadi. Darz ketgan joylar tagidagi yozuvlarni o‘qish uchun ko‘zlar ko‘proq kuch sarflab, zo‘riqadi. Natijada, ko‘z odatdagidan 2-3 baravar tezroq charchaydi. Shuning uchun ekrani buzilgan gadjetdan uzoq vaqt foydalanish ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Gadjet vizual jozibasini yo‘qotadi

Ekrani buzilgan smartfonlarning yaqqol kamchiliklari bu vizual jozibadorlikni yo‘qotishdir. Hatto, ekrani singan telefon qimmatbaho bo‘lsa ham foydalanayotganingizda estetik zavq bermaydi. Bunday smartfonni ikkilamchi bozorda sotish qiyin. Xaridor uning narxini sezilarli darajada pasaytiradi. 

Разбитый смартфон

Ichki qismlariga zarar yetadi

Gadjetning barcha muhim tarkibiy qismlari bir-biriga yaqin joylashgan. Texnik tarkibiy qismlariga jiddiy shikast yetmasligi uchun ular metall, plastmassa va shishadan yasalgan maxsus monolit qutiga o‘rnatiladi. 

Displey buzilganda, asosiy plataga tushadigan yuk ko‘payadi, chunki singan shisha unga bosim o‘tkaza boshlaydi. Smartfondan faol foydalanish paytida mobil qurilma ichidagi tarkibiy qismlarning harakati ortadi. Bu protsessorga o‘rnatilgan tebranish dvigatelini, batareyani yoki boshqa tarkibiy qismlarning ortiqcha bosim tufayli ishdan chiqishini keltirib chiqaradi.

Телефон с разбитым дисплеем

Namlik ortadi

Smartfon ekrani shikastlanganda yoriqlar ichida kichik bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Ularga suv kirishi mumkin. Keyin namlik, albatta, mobil qurilmaning barcha muhim qismlari joylashgan metall platalarga, protsessor va xotiraga kiradi.
 
Suv tufayli korroziya jarayoni boshlanishi mumkin – platadagi tarkibiy qismlar zanglashni boshlaydi. Qisqa tutashuv ehtimoli katta bo‘ladi. Shuning uchun smartfonning asosiy qismlari tezda ishdan chiqadi.

Displeyni almashtirishning imkoni bo‘lmasa, nima qilishim kerak?

Телефон с разбитым экраном

Buzilgan ekranni almashtirishning imkoni bo‘lmasa, parchalanishni kuchaytirmaslik uchun qurilmani ehtiyot qilish kerak. Ekranga plyonkali yoki shishali himoya vositasi o‘rnatish mumkin. Bu gadjetning texnik bazasini himoya qilib, barmoqlaringizga zarar yetishidan saqlaydi va telefonga namlik tushmaydi. Agar ekrandagi yoriqlar haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, telefoningizni maxsus g‘iloflarga solib ishlatganingiz ma’qul.


Bu ham qiziq

O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

O‘tgan 6 oy davomida qancha xorijliklar tijoriy maqsadlarda yurtimizga tashrif buyurdi?

Statistika qo‘mitasi bu borada ma’lumotlarni ochiqladi
20:32 / 05.08.2025
Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Zo‘ravonlik va shilqimlik uchun 6 mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortilgan

Ma’lum qilinishicha, 2025-yilning birinchi yarmida mazkur moddalar asosida quyidagi huquqbuzarliklar aniqlangan.
10:55 / 05.08.2025
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi

Oliy maktabda o‘quv jarayoni 2025/2026 o‘quv yilidan boshlanadi
19:00 / 04.08.2025
Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Namanganda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosining oldi olindi

Hozirda mazkur ish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda
20:40 / 05.08.2025
6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
21:59 / 05.08.2025
Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025
Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Erdo‘g‘an Kiyevga boradi

Tashrif doirasida erkin savdo bitimi va Rossiya-Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi bildirild…
12:35 / 05.08.2025
Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Toshkentda soxta DXX xodimi ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
14:18 / 05.08.2025
Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

Braziliya sobiq prezidenti qamoqqa olindi

U o‘g‘illarining ijtimoiy tarmoqlaridagi postlari sababli aybdor deb topilgan va uy qamog‘iga hukm qilingan.
12:38 / 05.08.2025
Toshkentda Spark yonib ketdi

Toshkentda Spark yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.
15:11 / 05.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!