Bugungi kunda odamlar tabiat bilan aloqani mutlaqo uzib qo‘ygandek go‘yo. Shunga qaramay, sizga tabiat mo‘jizakorligini eslatib turuvchi eng g‘aroyib hodisalarni namoyish etmoqchimiz. Demak, boshladik:
Monarx kapalaklarining migratsiyasi
![]()
Monarx kapalaklari o‘zining ajoyib ko‘chib yurishlari bilan mashhur. Ular ob-havo sharoitiga qarab Shimoliy Amerikaning u yog‘idan bu yog‘iga oilaviy uchishadi. Biroq kapalaklar 3 200 kilometr masofani bosib o‘tgunlariga qadar bir necha avlod almashadi.
2. Geyzerlar (vaqt-vaqti bilan qaynoq suv va bugʻ favvora boʻlib otiladigan buloqlar)
Geyzerlar tabiat yer osti kuchlarining ta’sirchan namoyishidir. Odatda issiq suv va bug‘lar yer ostidagi yuqori bosim ta’sirida vaqti-vaqti bilan havoga ko‘tarilib turadi. Sayyoradagi geyzerlarning yarmidan ko‘pi bitta joyda – Yellouston milliy bog‘I (AQSh)da joylashgan.
3. Tunggi chiroqlar
Tabiiy tungi chiroqlar sayyoramizning dengiz mo‘jizalaridan biridir. Bu mayda organizmlar zulmatda nur taratish qobiliyatiga ega. Ularning suv yuzasida juda ko‘p miqdorda to‘planib turishini hatto fazodan turib ham kuzatish mumkin.
4. Olovli tornadolar
![]()
Tornadoning o‘zi juda qo‘rqinchli hodisa. Agar tornado olovli bo‘lsa, undan-da dahshatli ko‘rinish hosil qiladi. Yong‘indan iborat tornadolar bir nechta kichik gulxanlarning birlashib ketishidan hosil bo‘ladi. Bu yerdagi issiq havo bosimi dovul tezligiga teng keladi.
5. Nur ustunlar
![]()
Nur ustunlar atmosferadagi eng go‘zal hodisalardan biridir. Ularning paydo bo‘lishi uchun havo harorati 20 darajadan past bo‘lishi kerak. Aynan shu haroratda muz kristallari bulutlarda shakllana boshlaydi. Nur ustunlari kristallarga quyosh nuri tushganida paydo bo‘ladi.
6. Girdoblar
![]()
Badiiy adabiyotda uzoq vaqtlar davomida dengiz girdoblari dengizchilar uchun dahshatli xavf tug‘diradi, deb tasvirlangan. Aslida, katta yoki kichik kemalar ularning qurboniga aylangani borasidagi bironta ham hodisa qayd etilmagan. Dengiz bo‘ronlari to‘lqinlar va gelgit to‘lqinlarining to‘qnashuvi va yaqinlashib kelayotgan oqimlar tufayli sodir bo‘ladi. Girdoblar gorizontal tarzda o‘lchanganida o‘lchovlar bir necha santimetrdan bir necha kilometrgacha yetishi mumkin.
7. Lava ko‘llari
Lavalar odatda faqat jiddiy vulqon otilishi vaqtida paydo bo‘ladi. Ammo sayyoramizda nisbatan sokin turuvchi 5 ta lava ko‘llari mavjud. Ularning harakatlanishi, albatta, Yer yadrosiga bog‘liq. Erigan tog‘ jinslarning yuqori harorati ulardan kechalari juda qo‘rqinchli nur taratadi.
8. Qum bo‘ronlari
![]()
Qum bo‘ronlari tezligi 10 m/s dan oshadigan kuchli havo oqimlari bilan ro‘y beradi. Yon tomondan qaraganda bo‘ron bir necha yuz metr balandlikdagi zich devorga o‘xshaydi. Qum bo‘ronlari oqibatida har yili Amazonkaga sahrodan 40 million tonnaga yaqin chang va qum uchib o‘tadi.
9. Quyosh tutilishi
![]()
Quyosh tutilishi – bu qiziqarli tabiiy hodisadir. Bu hodisa nisbatan keng tarqalgan, ammo yer yuzining hamma joylarida ham uni ko‘rishning imkoni yo‘q. Bu odatda Oy Quyosh diskining foniga o‘tganida sodir bo‘ladi. Oy Yerga Quyoshga qaraganda deyarli 400 marta yaqinroq, shuningdek uning diametri Quyosh diametridan 400 marta kichik. Shuning uchun Yer va Quyoshning o‘lchamlari bir xil ko‘rinadi. Ana shunda yer aholisiga oy quyoshni to‘sib qo‘ygandek ko‘rinadi.
10. Shimol yog‘dusi
![]()
Shimol yog‘dusi haqiqatan ham ajoyib manzarani paydo qiladi. Ushbu tabiiy hodisa, asosan, kech kuzda, qishda yoki erta bahorda kuzatilishi mumkin. Bu hodisa quyosh shamolining zarralari sayyora atmosferasiga kirib, uning atomlarini ionlashtirganida sodir bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!