Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Surxondaryo viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Denov tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Q.D. (muqaddam sudlangan) 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali “V., S.” toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 17,3 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!