$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

Poʻlat Bobojonov: O‘zbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratildi 

13:06 / 20.12.2019

Toshkentda boʻlib oʻtgan “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taʼminlash – mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” mavzuidagi tadbirda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi. 

“Keyingi yillarda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shuning barobarida bevosita ichki ishlar organlariga doir 4 ta qonun, 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlar, 150 dan ortiq hukumat va idoraviy hujjatlar qabul qilindiki, mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy norma va vazifalar bugun hayotda oʻz ifodasini topmoqda”, deydi Ichki ishlar vaziri.

Shuningdek, tadbirda ta’kidlanishicha, mahallalarning oʻzida jinoyatchilikni jilovlash va har qanday huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish uchun profilaktika inspektorlarining soni 25 foizga koʻpaytirildi. Natijada ular tomonidan shahar sharoitida 2,5 ming, qishloqda 5 minggacha aholiga xizmat koʻrsatilishi taʼminlandi.

Mahalla posbonlari faoliyati tugatilib, ularning oʻrniga 9 mingdan ziyod profilaktika inspektorlarining yordamchilari lavozimlari joriy etildi.

Profilaktika inspektorlariga xizmat uylari, fuqarolar bilan samarali ishlash, ularning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish, yaqindan koʻmak koʻrsatish maqsadida zamonaviy xizmat xonalari ajratildi. Imtiyozli kredit asosida avtotransport vositalari bilan taʼminlandi.

Hududlarda xotin-qizlar bilan ishlash borasida alohida yondashuv shakllantirilib, 360 nafar ayol inspektorning faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Hozirgi kunda respublikada 115 ta onlayn radar ish olib bormoqda. Bu esa yoʻl-harakatini inson omili emas, balki zamonaviy texnologiya yordamida nazorat qilinayotganidan dalolat beradi.

Fuqarolarga xodimlarning nooʻrin xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun 24 soat faoliyat koʻrsatadigan “1102” qisqa raqamli koll-sentr, shuningdek, odam savdosi bilan bogʻliq holatlar boʻyicha yagona ishonch telefoni uzluksiz ishlab turibdi.

“Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mamlakatimizning turistik salohiyati kun sayin oshib bormoqda. Buni birgina joriy yilning 11 oyida 7,6 million sayyohning yurtimizga tashrif buyurganida ham koʻrish mumkin. Xorijlik mehmonlarning xavfsizligini taʼminlash uchun, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan respublikamizning 7 ta hududida Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari oʻz ishini boshladi”, deb qo‘shimcha qildi Poʻlat Bobojonov.


Bu ham qiziq

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEF O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunni olqishladi

UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakll…
10:28 / 16.10.2026
Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va kamsitishga qarshi milliy dastur boshlandi

Xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ko‘rilgan choralarni kuzatish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
09:14 / 16.10.2026
Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026
Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Qo‘g‘irchoq ichiga “gashish” yashirgan ayol ushlandi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida chaqaloq ko‘rinishidagi bolalar o‘yinchog‘i ichiga “gashish” yashirgan 56 yoshli ayol …
09:53 / 18.10.2026
O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

O‘zbekistonda energetika sohasiga 4,7 milliard dollarlik bitimlar imzolandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Uchrashuvda energet…
14:51 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!