$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

Avtomobil kompaniyalarining 1 aprel hazillari

18:16 / 02.04.2015

XABARDOR.UZ: Formula-1 poygasida “Moskvich”, kabob tayyorlash uchun Vauxhall va guruch qaynatgichi bo‘lgan Audi – “Motor” portali 1 aprel kuni avtomobil ishlab chiqaruvchilar bizni kuldirishga harakatga qilgan mashinalarni bitta galereyaga yig‘di.  

Mercedes-Benz kompaniyasi barcha marshrutkalar haydovchilarining orzusini amalga oshirdi 

1aprilcar

Sprinter 63 S AMG furgonini 503 ot kuchiga ega 4 litrli biturbinali V8 dvigateli, “sport” ko‘rinishidagi tutun chiqarish tizimi va osma bezaklar bilan jihozladi. 

2aprilcar

 

Vauxhall Vivaro Taxi Kebab. Britaniya markasi og‘ir ish kunidan keyin o‘zining yaxshi ko‘rgan kabob yoki doner tayyorlanadigan tamaddixonasiga kirish odatidan voz kecha olmaydigan taksichilar haqida g‘amxo‘rlik qildi.   

3aprilcar

Endi bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni manziliga yetkazish va shaurma tayyorlash bilan shug‘ullanish mumkin.

4aprilcar

 

Honda HR-V Selfie. Krossover selfi olish uchun 10 ta kamera bilan jihozlangan. Fotosuratlarni birato‘la instagramga yuborish mumkin.  

5aprilcar

 

Audi A8’ning Yaponiya uchun 5.5 indeksi ostida chiqarilgan maxsus versiyasi. Raqamlar “goxan” – yaponchasiga guruch degan so‘zni anglatadi. 

6aprilcar

Mashina, tabiiyki, guruch qaynatgich bilan jihozlangan.

7aprilcar

 

Skoda ShadeChange. Chex avtomobil markasi “Fabiya” uchun panellari rangini o‘zgartiruvchi yangi avlod kuzovini taklif etdi.  

8aprilcar

Panellar rangini multimedia tizimi ekranida kerakli rangni tanlash bilan o‘zgartirish mumkin. Bunday opsiya 670 yevro turadi.

9aprilcar

 

Nissan GYM. Yapon markasi X-Trail va Qashqai modellariga Gym (“Sportzal”) funksiyasini qo‘shdi. Tugmachani bosish bilan haydovchining ortiqcha vaznini kamaytirishga ko‘mak beruvchi dastur ishga tushadi. 

10aprilcar

Gym avtomatik parkovka rejimi, rul boshqaruvi kuchaytirgichi, elektr oyna ko‘targichlarni o‘chiradi, uzatish qutisi dastagi, tezlik, ilashish va tormoz pedallari qarshiliklarini oshiradi. Kardioma'lumotlar multimedia tizimi blokiga yoziladi.  

11aprilcar

 

BMW kompaniyasi regbida ishlatiladigan kapaga  (tishlarni zarbadan himoyalovchi rezinadan ishlangan moslama) o‘zining mashg‘ur radiator panjarasi shaklini berdi.    

12aprilcar

13aprilcar

 

Eng yoqimli va munosib 1 aprel hazili mukofotini Oklend (Yangi Zelandiya)dagi BMW dilerlik markazi oldi. 

14aprilcar

Markaz bepul treyd-in (eski avtomobilni qo‘shimcha pul to‘lab, yangisiga almashtirish xizmati)  haqidagi hazilomuz e'longa ishongan ayolga yangi 1-Series avtomobilini sovg‘a qildi.  

15aprilcar

 

Eng bema'ni hazil mukofoti Racecar Engineering nashriga berildi. Nashr “Moskvich”ning Formula-1 poygasiga qaytishini ma'lum qilgan. Aerodinamik sinovlar boshlab yuborildi.

16aprilcar

Nashrga ko‘ra, qayta tiklangan jamoa boshlig‘ining ismi Lyonya Golubkov (mash'um “MMM” reklamasidagi bosh qahramon) , bosh texnik xodimining ismi esa Mikula Golubev (Marvel komikslaridagi telekinez qobiliyatiga ega qahramon) deb ataladi. “Moskvich” bu fotosuratda jamoaning qaysi bir a'zosi tasvirlanganiga aniqlik kiritmadi.  

17aprilcar


Bu ham qiziq

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi

“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat …
17:15 / 14.05.2025
Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Xalq demokratik partiyasi o‘zini parlamentdagi muxolifat fraksiyasi deb e’lon qildi

Bu orqali partiya o‘z dasturining maqsad va vazifalarini samarali amalga oshirish, elektorati manfaatlarini kengroq ifodalas…
19:15 / 13.05.2025
Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra kamar uchun jang qiladi

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.
09:25 / 14.05.2025
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamrohligida, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi…
12:28 / 13.05.2025
Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda.
10:01 / 13.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

15-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja bo‘ladi.
02:30 / 15.05.2025
Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Toshkentda yangi BRT yo‘lagi quriladi

Mazkur yo‘lak yo‘lning chetki qismida emas, balki uning o‘rtasidan o‘tadi. Bu esa ilgarigi tramvay izlarini eslatadi.
12:08 / 13.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida o‘quvchilarning valsga tushishini taqiqlash bo‘yicha topshiriq berilmagan — vazirlik

Ta’lim vazirligi 25-may kuni bo‘lib o‘tadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning valsga tushishi taqiqlanmaga…
10:49 / 14.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!