Namangan viloyati hokimligi vakillari va Janubiy Koreya kompaniyalari rahbarlari uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “Hyundai” avtomobillar ishlab chiqarish zavodi qurilishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha investitsiya shartnomasi imzolandi.
Ilk “Hyundai” avtolari kelasi yilda ishlab chiqariladi
Zavodning ilk tayyor mahsuloti 2020-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Kelishuv prezidentning Koreyaga tashrifi vaqtida tuzilgan
Eslatib o’tamiz, Namangan viloyatida “Hyundai” tijorat avtomobillari ishlab chiqarish zavodini qurish loyihasi Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-25-noyabr kunlari Koreyaga davlat tashrifi doirasida ko‘rib chiqilgandi.
Mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi
Ushbu zavod qurib bitkazilgach yiliga 2500 ta kichik yuk mashinalari, mikroavtobuslar va avtobuslar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Zavod to‘la ishga tushgach mingdan ziyod yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!