$
12557.56 UZS
-34.15
159.44 UZS
-0.74
14809.13 UZS
-12.57
43° Kechasi 27°

Kun tarixi: Bugun futbolning tug‘ilgan kuni. 1-jahon chempioni kim bo‘lganini bilasizmi?

12:34 / 26.10.2019

Bugun millionlar o‘yini – futbolning tug‘ilgan kuni. To‘g‘ri, bu o‘yin qachon, qayerda va kim tomonidan o‘ylab topilganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, quyida 26-oktabr nima uchun futbol kuni sifatida nishonlanishiga izoh beramiz.
 
Avvallari futbol o‘yinlarida turlicha qoidalar mavjud bo‘lgan. Masalan, o‘yin vaqtida darvozabondan boshqa ishtirokchilarga ham to‘pni qo‘l bilan uchlashga ruxsat berilgan. Hattoki, futbol to‘pi ham hozirgidek yumaloq emas, turlicha shakllarga ega bo‘lgan. To‘pning rangi nega aynan oq-qora, olti burchakli shakllardan iborat ekanligi haqida avval ma’lumot bergan edik

Xullas, 1863-yil 26-oktabr kuni futboldagi barcha tushunmovchiliklarga chek qo‘yish maqsadida Londonning “Free Masons” qovoqxonsiga 11 ta klub vakillari to‘planishadi. U yerda bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahslarga qaramay, Futbol Assotsiatsiyasiga asos solinadi. Yig‘ilganlarga o‘yin qoidalarini ishlab chiqish ancha qiyin bo‘lgan. 

O‘sha kuni yangi birlashma a’zolari qizg‘in bahs-munozaralarga kirishishgan. Masalan, “Leytstoun” klubining vakili janob Elkok, o‘yin vaqtida raqibni qasddan urishni va to‘pni qo‘li bilan o‘ynashni taqiqlash kerakligini aytgan. Keyin esa bunday “imtiyozlar” faqat darvozabon uchun berilgan. Uyushmada moliyachi lavozimiga tayinlangan Kempbell esa butunlay boshqacha fikr bildirgan. Ya’ni, u futbolchi har qanday zarbalarga dosh bera olishi kerak, deb hisoblagan. Darhaqiqat, avvallari o‘yin vaqtida kuchli zarbalar bo‘lishi hisobga olinib, futbolda faqat erkaklar ishtirok etishgan.
 
Ana shu kabi qiyinchilik va bahslardan so‘ng, 13 ta banddan iborat futbol qoidalari qabul qilinadi. Va o‘sha yilning 1-dekabrida qoidalar matni matbuot nashrlarida e’lon qilindi. 7-dekabrdan boshlab esa, Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga kirgan barcha klublar o‘yin vaqtida joriy qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart qilib belgilab qo‘yildi. Keyinchalik bu qoidalar butun dunyoda tan olindi.

Bu o‘yinning eng qiziqarli jihati bu, albatta, jahon chempionatlarini tomosha qilishdir. Biroq tarixda futbolga havaskorlar o‘yini sifatida qaralib, anchagacha xalqaro rasmiy musobaqalar qatoriga kiritilmagan. Faqat 1908-yilga kelibgina havaskorlar futboli Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 

Birinchi chempionat

Futbol ommaviylashgani sari unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib bordi. Va asta-sekinlik bilan havaskorlar o‘yinidan professionallar o‘yiniga aylandi. Nihoyat, 1928-yilga kelib, FIFA kongressida birinchi jahon chempionatini tashkillashtirilish haqida qaror qabul qilindi. 

Bu turnirni o‘z hududida o‘tkazish uchun bir necha mamlakatlar raqobatlashdi: Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Vengriya va Urugvay. Natijada Urugvay eng ko‘p ovoz bilan g‘olib chiqqan va futbol bo‘yicha ilk jahon chempionatini o‘z uyida o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan. 


Turnir qatnashchilari

Jahon chempioni nomiga sazovor bo‘lish uchun Montevideoda bo‘lib o‘tadigan turnirga bor-yo‘g‘i 13 ta jamoa tashrif buyurgan. Ulardan yettitasi Janubiy Amerika, ikkitasi Shimoliy va Markaziy Amerika va to‘rttasigina Yevropa manfaatlarini himoya qilish uchun kelgan. 
“A” guruhida Fransiya, Meksika, Argentina hamda Chili. 
“B” guruhida Braziliya, Boliviya va Yugoslaviya.
“C” guruhida Ruminiya, Urugvay va Peru.
“D” guruhida Belgiya, AQSh va Paragvay terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishgan.


Ilk o‘yinlar

Turnirning ilk o‘yinlari 1930-yilning 13-iyulida bo‘lib o‘tgan. Unda Fransiya-Meksika hamda AQSh-Belgiya terma jamoalari to‘qnash keladi. Fransuzlar 4:1, amerikaliklar esa 3:0 hisobi bilan g‘alaba qozonishgan.
Jahon chempionatidagi ilk golning muallifi esa Fransiya terma jamoasining yarim himoyachisi Lyusyen Loran bo‘lgan.

Qiziqarli faktlar

Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionatida taklifnoma olgan har qanday mamlakat qatnashishi mumkin edi. Ammo shunga qaramasdan, ko‘pgina Yevropa mamlakatlari iqtisodiy sabablar tufayli ushbu turnirda qatnashishdan bosh tortgan.

Birinchi jahon chempionatida “turnirning rasmiy to‘pi” bo‘lmagan. Bu jamoalar o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqarmasligi uchun birinchi taymda argertinaliklar to‘pidan, ikkinchi taymda esa urugvayliklar to‘pidan foydalanilgan. Musobaqaning rasmiy to‘pi esa 1970-yilda paydo bo‘lgan.

Futbol bo‘yicha birinchi jahon chempioni bo‘lgan Urugvay jamoasiga ushbu turnirni tashkillashtirgan FIFA prezidenti Jyul Rime nomli kubok topshirilgan. Unda g‘alaba timsoli bo‘lmish qadimgi yunon ilohi – Nika tasvirlangan edi. Keyinchalik bu kubok g‘olibdan g‘olibga o‘tib kelavergan. Biroq 1970-yilda bu sovrin futbol bo‘yicha jahon chempionatida uch marotaba g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasiga butunlay taqdim etilgan.
 
Millionlar o‘yini bo‘lgan futbol haqida yana ko‘p qiziqarli ma’lumotlar bor va ularga ko‘pchilik qiziqadi. Ammo o‘zbek futboli haqida esa bunday deya olmaymiz. Biroq o‘tgan asrda “Paxtakor” jamoasi orqali o‘zbek futboli ham ancha katta yutuqlarga erishayotgan edi. Balki o‘zbek futbolchilariga hamon o‘sha mudhish voqea ta’sir qilayotgandir. Avvalgi maqolalarimizning birida “Paxtakor-79” klubi haqida ma’lumot bergan edik.

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
10:02 / 02.07.2025
AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

AQSh urushdan chiqmoqda, Oq uy Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berishni to‘xtatdi

“AQSh uchun Ukraina endi ustuvor yo‘nalish emas, Vashington tashqi siyosatining markazida ham emas”, — dedi Ukraina Oliy Rad…
09:30 / 03.07.2025
Toshkentda 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 3 mln AQSh dollari miqdorida kredit olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bil…
09:23 / 02.07.2025
Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

Mirziyoyev Xonkendi shahriga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Xonkendi shahrida …
18:07 / 03.07.2025
Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Shomurodovning yangi jamoasi ma'lum

Futbolchi Turkiya chempionatidagi grand klub safiga o'tadi
23:16 / 03.07.2025
AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Senati Trampning “Yagona, katta va go‘zal” nomli qonun loyihasini ma’qulladi

Xabar berilishicha, AQSh Senati “One Big Beautiful Bill” nomli soliqlar va byudjet xarajatlariga oid keng qamrovli qonun loy…
16:40 / 02.07.2025
Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Yekaterinburgda hibsga olingan ozarbayjonliklarga ayblov e’lon qilindi

Ular odam o‘ldirish va suiqasd kabi bir qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.
12:03 / 03.07.2025
Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston yetakchisi Xonkendi shahrida o‘tkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ham ishtirok…
11:19 / 02.07.2025
“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

“Maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

Qarorga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kam…
10:49 / 02.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!